Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Dekabr » 9 » Demokratiyaning "ikkinchi yuzi" yohud AQSH ning asl maqsadi (1-qism)
Demokratiyaning "ikkinchi yuzi" yohud AQSH ning asl maqsadi (1-qism)
21:03



Demokratiyaning "ikkinchi yuzi" yohud AQSH ning asl maqsadi (1-qism)

                                                                              
                                                                              
                                                                           
                                                                              
                                                                                
                                                                               




 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Документальные / Hujjatli| Ko'rildi: 10741 | Joyladi: alptim| Reytingi: 2.5/2 |
 
 
Barcha Izoxlar:5

5. lezgin (17:01 Dushanba)
SHAHİDLAR 2.http://www.furqon.com/ovozlar/darslar/ustoz/shahidlar2.mp3

4. Musofirzoda (15:19 Dushanba)
Allohga hammasi ayon hatto qurt qumursqalarham parvardigorning hohishi ila risqlanur firavnlarni qanday yoq bolgani eslaridan chiqqanlarni Alloh vaqti kelganda ozi eslatib qoyadi har ish Allohning iznisiz bolmaydi

3. Ukkosha (17:55 Shanba)
Пол Крейг Робертс* (p-w-w.ru)
Абу Муслим таржимаси

Пол Крейг Робертс, АҚШ молия вазирининг собиқ ўринбосари, “Wall Street Journal” газетасининг собиқ муҳаррири, Жоржтаун университети стратегик ва халқаро тадқиқот марказининг сиёсий иқтисод фанлари профессори.

2. Ukkosha (17:36 Shanba)
Американинг “олабўжи” сиёсати


Ўтган ўн йиллик ичида Вашингтон “террорчиликка қарши кураш” баҳонасида жаҳоннинг олти мамлакатида миллионлаб мусулмонларни ўлдирди, майиб қилди, ватанидан қувди, бева ва етимга айлантирди.

Америкалик онгида қириб ташланишга муносиб бир миллиард “саллали” террорчилар тўдасига айланмоқда, деган фикр ўрнашиб қолган.

АҚШ ҳукумати дунёга ҳокимлик қилишни ва ҳарбий саноатнинг янада кўпроқ фойда кўришини янгича услублар ёрдами билан кун тартибига киритиш мақсадида янги-янги ваҳимали тадбирлар ва фитналарни ўйлаб топяпти. Ўн йилдирки, Америка халқи, “буюк давлат”нинг халқи ҳукумат ёлғонидан қўрқиб мум тишлаганича пусиб ўтирди. Америкаликлар аслида бўлмаган “террор хавфи” қаршисида қўрқувдан даҳшатга тушиб, ҳайратдан бармоқларини сўриб юришганида, Америка ҳукумати дунёнинг олти мамлакатида миллионлаб одамларнинг ҳаётларига зомин бўлди. Мавжуд исбот-далилларга кўра, америкаликларнинг мутлоқ кўпчилиги АҚШ аҳолиси ҳатто харитадан ҳам топиб бера олмайдиган мамлакатлардаги одамларнинг ваҳшийларча ўлдирилишига бутунлай бефарқ қарашди.

Дўстларим ва ватандошларимнинг кўпи урушқоқлик ва полиция давлатига айланган, даромад тақсимланиши бўйича бошқа ривожланган мамлакатлар орасида энг ёмони бўлган Американи таний олишмаяпти. Ўз мамлакатини дунёнинг ягона буюк давлати деб ҳисоблайдиган жуда кўп америкаликлар ва мамлакат фуқароларининг ҳарбий флотга ҳам, ҳарбий-ҳаво кучларию, ядро қуролига ҳам, узоқни нишонга олувчи ракетларга ҳам эга бўлмаган тарқоқ мусулмонлар томонидан қандайдир хавф борлигига ҳақиқатан ҳам ишонишлари ажабланарлидир. Дарҳақиқат, “аҳолига хавф” солиб турган бу мамлакатларнинг аксар фуқаролари, айниқса ёшлари Америкадаги мавжуд жинсий муносабатлардаги эркинликка кўнгил қўйишган. Ҳатто МРБ бошқариб турадиган Эроннинг “Яшил инқилоб” ташкилотидаги содда-лақмалар ҳам Вашингтон эллигинчи йилларда улар сайлаган ҳукуматни ағдариб ташлаганини унутган кўринишади. Мусулмон халқларга қарши ўн йилдан бери давом этаётган ҳақоратли ҳарбий амалиётларга қарамай ҳали ҳам кўплаб мусулмонлар Америкага ҳар хил балолардан қутқарувчи пуштипаноҳ сифатида қарашади. Чунки уларнинг “пешво”лари катта пулга сотиб олинган.

1. Ukkosha (15:27 Shanba)
MALUMOT U-N:

1945-yili Markaziy Razvedka boshqarmasi xodimi (keyinchalik MRB direktori) Allan Dalles Kongressda AQShning Sovet ittifoqiga qarshi kurash strategiyasini quyidagicha bayon qilgan:

«Biz nimaga ega bo‘lsak, ya’ni hamma oltinlarimiz, moddiy boyliklarimizning barchasini ularni laqillatish va aldash uchun sarf qilamiz! Inson ongi, insonlarning fikrlashi o‘zgarib turishga moyil. Alg‘ov-dalg‘ovlik bilan ularning qadriyatlarini soxta narsalarga almashtirib, shu soxta narsalarni qadriyat sifatida qabul qilishga majbur qilamiz. Qanday qilib deysizmi? Biz fikrdosh va ittifoqchilarimizni Rossiyaning o‘zidan topib olamiz.
Bosqichma-bosqich katta miqyoslarda bo‘yin sunmas xalqning tarix sahnasidan o‘chishi fojiasini amalga oshiramiz. Ularning onglari o‘chib boradi. Adabiyot va san’ati yo‘qotiladi…

Adabiyot, teatr va kinolari faqat eng tuban insoniy tuyg‘ularni maqtab, ularni «chiroyli» qilib ko‘rsatib boradi. Biz fahsh, zo‘ravonlik, xoinlik va umuman olganda har qanday axloqsizlikka topinishni («kult») madh etayotgan va ularning ommalashuviga sabab bo‘layotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Mamlakatni boshqarishda chalkashlikni ko‘paytirib tashlaymiz.
Biz kishi bilmas, ammo o‘ta faol darajada amaldorlar orasida poraxo‘rlikni, qat’iyatsizlik (printsipsizlik) va o‘zboshimchalikni rivojlantiramiz. Rasmiyatchilik va qog‘ozbozlikni «fazilat» darajasiga ko‘taramiz.

Insof va vijdon o‘tmishda qoladi, ularga sohib kimsalar kulgi ostiga olinadi.

Surbetlik va bezbet bo‘lish, yolg‘on va aldamchilik, ichkilikbozlik va giyohvandlik, hayvoniy qo‘rqish hissi va uyatsizlik, xoinlik, millatchilik, rus xalqiga nisbatan nafrat va dushmanlikni targ‘ib qilishimiz gurkirab rivojlanadi.

Buni ulardan juda ozchilik payqab qolishi, anglab-tushunishi mumkin. Ammo biz bunday kimsalarni kulgiga qoldiramiz, ularga nisbatan yolg‘on ishlatib, jamiyatda ularning yuzlarini qora qilish, obro‘sizlantirish yo‘llarini albatta topamiz.

Biz shu usulni bir necha avlodga qo‘llaymiz. Biz ularni bolalik chog‘laridan boshlab, keyin esa yigitlik vaqtlaridan buzishga harakat qilamiz, fahsh yo‘llarini ochib beramiz. Biz ularni surbetlarga, yaramaslarga aylantiramiz. Ana shunday qilamiz».

Ularning rejasi amalga oshib, muvaffaqiyat qozondi. G‘arbga qarshi turgan sotsialistik «qo‘rg‘on» yo‘q qilindi.

Endi esa G‘arb farovonligining asosi hisoblangan sudxo‘rlikka qarshi markscha-lenincha utopik nazariyalar bilan emas, balki diniy pozitsiyalarga asoslangan va ijtimoiy adolatni doim targ‘ib qiladigan Islom dunyosining navbati kelganga o‘xshaydi.

(balki diniy pozitsiyalarga asoslangan va ijtimoiy adolatni doim targ‘ib qiladigan Islom dunyosining navbati kelganga o‘xshaydi.)

hozirgi
Xantington rejasini yaxshiroq tushunish uchun undan oldin o‘tgan ALLAN DALLESning Sovet ittifoqiga qarshi doktrinasiga murojaat qilish kerak. Chunki hech kimga sir emas, endi «kommunistik xavf» tushunchasi o‘rniga «ISLOM HAVFI» merosxo‘r bo‘lib keldi.

Dallas dokladidagi Sovet ittifoqiga bog‘liq ba’zi joylar o‘rniga musulmonlarning voqeligidagi narsalar bilan almashtirilsa, Xantington rejasi o‘zining barcha «go‘zalligida» namoyon bo‘ladi!

Ammo Xantington «ola-bula» qilib, aniqrog‘i qog‘ozga o‘rab, asosiy maqsadlarni ustalik bilan yashirmoqda, G‘arbning «jangovar fili» sifatida yolg‘ondan G‘arb nasroniyligini Islom bilan to‘qnashadigan qilib ko‘rsatmoqda.
Aslida esa Xantingtonning “troyan oti”da nasroniylar va musulmonlar to‘qnashuvi emas, balki Yangi G‘arb nasroniy dunyosi bilan Islom dunyosining to‘qnashuvi haqidagi fikr yotibdi.

G‘arb dunyosi butun demokratiya, erkinliklar, farovon hayot, barqarorlik va taraqqiyotning barcha sohalarini o‘zida mujassam etgan. Islom dunyosi esa go‘yoki buning aksi.

Shunga binoan, bu rejada ommaviy axborot vositalarida Islom o‘rta asr tajovuzkorligi, vahshiy (varvar) din ekanligi, o‘zga din vakillari, ularning madaniyat va qadriyatlariga toqatsizligi va har qanday dunyoviy boshqaruvga qarshi qilib ko‘rsatilishi kerak.
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Dekabr 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.