Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Iyun » 24 » Ozishni istaganlar uchun...
Ozishni istaganlar uchun...
21:04

Parhez

Ozishni istaganlar uchun...
                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                   



Cho‘milish mavsumi ham boshlanib ketdi. Ko‘pgina qizlar sanoqli kunlar ichida ideal qomatga ega bo‘lishni istaydilar. Ammo, afsuski, yaxshi natijaga erishish oson ish emas. Maqsad sari eng asosiysi – kurashish uchun yaxshi vositalarni tanlash va yo‘ldan qaytmaslik kerak. Biz bugun sinalgan va 5 haftaga mo‘ljallangan parhezni taklif qilamiz. Ko‘rsatilgan muddatdan qo‘rqmang, chunki ushbu parhez sizni kam yeyishga yoki mutlaqo och qolishga majbur etmaydi.


Mazkur usulning asosiy tamoyili asta-sekinlik bilan, ammo muntazam ravishda ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lish va siz istagan qomatga ega bo‘lishdan iborat. Ushbu parhezga amal qilar ekansiz, dastlabki vazningizga qarab, 15 kilogrammgacha vazndan xalos bo‘lishingiz mumkin.Quyida so‘z boradigan usul ko‘pchilikka Kim Protasovning parhezi nomi ostida ma’lum. Istalgan miqdordagi sabzavotlar va yog‘liligi 5 foiz bo‘lgan sut mahsulotlari asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga kiradi. Bunday ozuqaning afzalligi shundaki, sutkaning istalgan vaqtida ovqatlanish mumkin. Choy va qahvani esa, albatta, qandsiz istaganingizcha ichishingiz mumkin. Suvning tavsiya etiladigan miqdori – kuniga kamida ikki litr. Menyuni kuniga bir nechta olma bilan xilma-xil qilish mumkin.

 

Ratsion:                                           

1 va 2 hafta: faqat pishirilmagan yangi uzilgan sabzavotlar, pishloq, yogurt. Kuniga bir dona qaynatilgan tuxum yeyish mumkin.

 

3-hafta: sabzavotlar va sutli mahsulotlarga 300 gr qovurilgan yoki qaynatilgan mol go‘shti, parranda yoki baliq go‘shtini qo‘shish mumkin, pishloq va qatiq iste’moli bir oz cheklanadi. 

 

4 va 5 hafta: sabzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht, tuxum, olma iste’mol qilishda davom eting. Bu haftalar ichida organizmdagi ortiqcha yog‘ning (aynan yog‘ning) yo‘qolishi juda faol kechadi.

 

Sizni ratsionda un mahsulotlari yo‘qligi bezovta qilyaptimi? Ishonavering, ulardan voz kechish juda oson bo‘ladi. Dastlabki bir necha kun yengil va tez o‘tib ketadi. Birinchi haftaning oxiriga kelib, biror bir zararli mahsulotni yegingiz kelib qolar, ammo qorningiz to‘q ekan, siz un mahsulotlari tomonga hatto qiyo ham boqmaysiz.

 

Sut mahsulotlari va sabzavotlarni iste’mol qilish 40% ga 60% nisbatida bo‘lishi lozim.

 

Ushbu parhez go‘shtni yaxshi ko‘ruvchilar uchun bajarib bo‘lmaydigan vazifaday tuyulishi mumkin. Ammo aytish joizki, go‘shtsiz kechgan ikki hafta organizm uchun foyda keltiradi. Dastlabki bir necha kun sizni organizmda yig‘ilib qolgan ortiqcha suv va zararli moddalardan xalos etadi. Uchinchi kuni va keyingi haftalarda tanangiz aynan ortiqcha yog‘ qatlamlaridan xalos bo‘la boshlaydi.

 

Besh haftadan so‘ng, ushbu parhezdan chiqish uchun sizga taxminan yana shuncha vaqt kerak bo‘ladi. Parhezdan chiqish jarayoni asta-sekin, ratsionga boshoqlilardan tayyorlangan bo‘tqa, o‘simlik yog‘ida tayyorlangan sabzavotli ragu va shunga o‘xshash taomlarni qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Parhez davri davomida siz organizmingizni to‘g‘ri oziqlanishga o‘rgatasiz, moddalar almashinuvini tezlashtirasiz, sog‘lomroq bo‘lasiz va ajoyib qomatga ega bo‘lasiz.

Parhezning yana bir ijobiy tomoni – quvvatingiz oshadi, demak, jismoniy mashqlarni yengillik bilan bajarasiz.

 

Kim Protasov parhezi to‘yimli va samarali, ammo har qanday parhezdagi kabi alohida kayfiyatni va judayam kuchli o‘zgarish istagini talab etadi.

 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Статья / Maqola| Ko'rildi: 8493 | Joyladi: M_A_T_X_X_X| Reytingi: 5.0/1 |
 
 
Barcha Izoxlar:0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Iyun 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.