Donation for Refugees: Korea
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar,
Qirg'izistonda bo'layotgan daxshatli voqealar barchangizga ma'lum bo'lsa kerak. Albatta, bunday fitnalar va bo'layotgan voqealar barchamizni qalblarimizni larzaga soldi. Ohirgi ma'lumotlarga ko'ra O'zbekistonga 75.000 dan oshiq O'shlik millatdoshlarimiz o'tishgan. Asosan ayollar, bolalar, qariyalar va yaradorlardan tashkil topgan bu zulm ko'rayotgan qondoshlarimizga hozirda qo'limizdan keladigan barcha yordam juda muhim o'rin tutadi. Hoh u holis moddiy yordam yoki Duo bo'lsin, hoh yordamlarni tashkillashtirishda ajratilgan vaqt.
Bilamizki, Koreada ham o'qiyotgan, ishlayotgan va boshqa O'zbeklar ko'p. Oralarida mana shunday qiyinchlik va fitna vaqtida holis yordam beraman deb lekin yordam berish yo'llarini topa olmayotganlari ham yo'q emas deb o'ylaymiz.
Ushbu tashkil qilingan yordamlar aynan Koreada yashayotgan va ayni vaqtda zulm ko'rayotganlarga yordam bermoqchi bo'lganlar uchundir. PayPal va boshqa tizimlarda ishlash bu yerda qiyinchlik tug'dirgani va komissiyalarni hisobga olgan holda va pul o'tkazmalarini oson qilish maqsadida Kookmin Bank (KB) dan alohida hisob raqam ajratildi.
Koreaning hohlagan bankida hisob raqamiga ega bo'lgan, yordam qo'lini cho'zmoqchi bo'lganlar mana shu hisob raqamidan foydalanishlari mumkin:
Kookmin Bank (국민은행): 624202-04-090425
Account holder: Shuhrat (Arbuz Forum user: master)
Reference: https://spreadsheets.google.com/pub?key=0AqYa0zIxfUPvdFBKRlNWQVFtUEhLZnNjWkh0R1M2YVEBalance:Phase 1 (finalized): 1 350 500 ₩ (as of 2010-06-16 22:20:08 GMT+9)
Phase 2 (ongoing): 210 000 ₩ (as of 2010-06-18 05:47 GMT+9)
Barcha kelib tushayotgan yordam pullari haqida quyidagi linkda Balanceni ko'rib turishingiz mumkin:
Balance Hozirda O'zbekistondagi vakillarga hatlar jo'natilgan, javob kutilayabti. Yig'ilgan pullar naqd pul shaklida Uzbekistondagi vakillarga jo'natilishi mo'ljal qilinayabti.
Alloh barcha mazlumlarni panohida asrasin, yordam qo'lini cho'zayotganlarga ikki dunyo saodati nasib qilsin!
P.S: Rasululloh s.a.v:
"Kimki bir mo'minni dunyo mashaqqatlarining bittasidan halos etsa, Alloh uning Qiyomat mashaqqatlarining bittasidan halos etadi. Kim-ki qiynalganning ishini yengillatsa, Alloh unga dunyoda ham Oxiratda ham yengillik yaratadi..." (Imom Muslim, Abu Hurayra r.a. dan rivoyat qilingan)