Ғарбликлар соатларини Гринвичга қараб тўғрилашса, араб олами учун ушбу вазифани Макка бажаради.
Айни шу муносабат билан Ислом оламининг энг муқаддас қадамжосида муборак Рамазон ойининг илк кунида дунёдаги энг йирик соат ишга туширилди.
Саудия қироллигининг "Биг бен"и Британия қироллигидагисини ҳам ортда қолдириб кетди. Ўзиям соатмисан соат - ҳозирча дунёда ҳеч бир томонлама унга тенг келадигани йўқ.
Лондон "Биг Бен"идан ўзиям олти марта катта.
Узунлиги нақ 40 метр келувчи соат ердан 400 метр баландликда жойлашган. Соат механизми ўрнатилган минора эса, 601 метрни ташкил этади.
Дунёдаги бундан баланд минора фақат Дубайдаги "Бурж Халифа"дир. Унинг узунлиги 828 метрни ташкил этади.
Янги мажмуа меҳмонхона ва турар-жой биноларини ҳам ўз ичига олган жаъми етти минорадан ташкил топган. Бутун механизмнинг оғирлиги эса, 36 тоннани ташкил этади.
Мажмуадан дунёдаги энг катта лифт ҳам ўрин олган.
"Ал-Арабия" телевизион каналининг хабар беришича, Макканинг энг асосий соатига ниҳоятда аниқлик билан ишлашини таъминлайдиган механизм ўрнатилган.
Бу эса, қироллик аҳолиси ва ҳар йили Ҳажга келувчи зиёратчиларга соатга қараб, намоз вақтини аниқ белгилаб олишларига имкон беради.
Азон вақтида соатни Саудия Арабистони байроғини акс эттирувчи оқ ва яшил рангдаги 21 мингта чироқ ёритиб туради.
Чироқларнинг ёғдусида соатни 30 чақирим узоқликдан кўриш мумкин бўлади.
Ердан кўкка қараб 10 чақиримга йўлланган 16 та нур эса, соатни ҳатто самолётдан туриб ҳам кўришга имкон яратади. Ҳар бир нурнинг қуввати 10 кВтни ташкил этади.
Миноранинг ўзидан туриб эса, бутун Маккани томоша қилиш мумкин бўлади.
Замонавий технологиялар воситасида дунёдаги энг йирик соат шамол, чанг ва ёмғирдан муҳофаза қилинган.
Соатнинг асосий механизми ниҳоятда кучли қуёш батареяларидан баҳра олади.
Assalomu aleykum wr wb:) hamma mominlani Ramazon oyi bilan tabriklimiz:)... endi shu Makkayu Mukkarramada ham oziga yarasha ulamolar bordir... Ulayam sila bilgan narsaladan habari bordir, lekin hadis ham bor Masjidila pastroq kamtarona bolsin Lekin qurvotgan binoilar baland chiroyli bolsin deyilgan,chunki imoratlarga qarab korgan insonlar musulmonlani aql idrokini, qudratini bilsin degan! anigini ALLOH bilguvchidir... ALLOHU AKBAR!!!
Alloh quronda Rasululloh(s.a.v)ga ergashishga buyurgan, kofirlarga emas. Islom ummatini XOINi iflos arablarga boshqa ish qolmabdimi deyman. Rasululloh(s.a.v) "Mo'minlar bir jasaddirlar, agar musulmon birodari dardlanib og'risa , usha og'riqni xuddi o'zining tanasini bir a'zosi og'riyotgandek his qiladi" deganlar Qo'llaridagi MOL-DUNYO Allohni OMONATi, u OMOMATni o'z egalariga etkazmog'ligi kerak. Dunyoda qanchadan qancha musulmonlar Afrika, Afg'oniston va hokazolarda etishmovchilik, ochlikdan o'lib qirilib ketayotgan bir paytda bu iflos arablarning ko'zlarini parda qoplagan, qiyomatda so'rovi juda qattiq bo'ladi "Kim haq yo‘lni aniq bilganidan keyin payg‘ambarga xilof ish qilsa va mo‘minlarning yo‘llaridan boshqa yo‘lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo‘yib beramiz. So‘ngra jahannamga dohil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!(Niso so'rasi 115-oyat) "Albatta iymon keltirib, so‘ng kufrga qaytgan, keyin yana iymonga kelib, so‘ngra yana kofir bo‘lgan, keyin esa kufrlari yanada zyyoda bo‘lgan kimsalarni Alloh hargiz mag‘firat qilmaydi va ularni zinhor haq yo‘lga hidoyat qilmaydi.
Bunday munofiqlarga ular uchun alamli azob borligidan «xushxabar» berib qo‘ying!
Ular mo‘minlarni qo‘yib kofirlarni do‘st tutadilar. Ular o‘sha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo‘ladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir.( Niso surasi 137-139 oyatlar
EXE XE XEY DODASINI KURIB KOYISHIBDIKU AAA DOSLAR OLLOH ROZI BOLSIN ENDI NIMA BOLDI MEN ORZU KILIB BIGBEN KORAMAN DEB LONDONGA KELUVDIM ENDI DUBAYGA KANAKA KILIB BORAMAN LEKIN KOYILMAN ARABLARGA
kim o'zarga Hotel va Baland g'arbona stildigi binola qurish Islomdan kelmagan. Bu g'arbona fikrlash. Uni o'rniga shu osmono'par hotellarni pulini islom rivojiga. Islom millatini kam ko'stiga ishlatilsa yaxshiroq bo'masmidi? Rosululloh SAV isrofdan qaytarganlar. o'rniga infoqqa, kambag'al bechoralarga yordamga muhtojlarga molidan bo'lberishni buyurganla. Hozir shu bugunni o'zini olsek Minglab Millionlap odamlar Pokistonda uysiz yordamga muhtoj, Afrikada qancha musulmonlar nonga , suvga muhtoj. Falastinda qanchalik musulmonlar xor. Bu bilganlarim. Bilmagan joylarimizda qanchalik kamchiliklar bor. Arab podshoxlari shu narsalarga ishlatganlarida balki yaxshi bo'lardi. Walohu a'lam. bu ojiz fikrim. hatolarim bo'sa oldindan uzr. Olloh biluvchiroq. Kim o'zarga bino qurip falon Big bendan buncha oshdik diyish bu kibrga kiradi. Nega endi musulmonlar o'zini yevropaga qarab o'lcham oladigan bo'p qoldi. Yevropalikla musulmonladan o'lcham olsin. Ular adashgan, Musulmonlar xaq dinda. Endi musulmonlar ko'p kereksiz narsalarga vaqt sarflamela. Kim nima desa ketavurmela. sal aqlilani ishlatip ish qilila. Mantiqni ishlatila. Bu NewYorkmas, Londonmas bu Makka. Makkaligicha tursin. Odamlar bino ko'rishgamas Ollohni uyiga ibodatga borsin. Wallohu A'lam. Olloh gunohlarimni kechirsin!!!
Yuqoridagi voqealar janob Paygambarimiz SAVni ohirgi zamon va qiyomat haqidagi bashoratlarini to'g'ri chiqayotganigini bir isbotidir. Muhammad SAV Jabroil ASning ohirgi zamon alomatlari nimalar deb so'ragan savollariga ulardan birinchisi "Oyoq yalang (oyoqkiyimsiz yoki English "barefooted") cho'ponlarni bir biri bilan eng baland binolar qurish bo'yicha kim uzarga o'ynayotganini ko'rasiz" deb eng asosiy belgiardian birini aytganlar. Mana yuqoridagi video va Dubaydagi imoratlar bunga yaqqol misol. Va bular arablar bo'lishi ham nazarda tutilgan. Sizni gaplarizga ham qo'shilmasdan boshqa choram yuq.
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.