Ermatov jahon chempionatlarida boshqarilgan matchlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Gap shundaki, Ermatov jahon chempionatlarida to‘qqizta o‘yinga hakamlik qilgan tarixdagi birinchi arbitrga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2010-yil JARda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida beshta uchrashuvga hakamlik qilgan. Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan joriy turnirda esa o‘zbekistonlik arbitr to‘rtta o‘yinni boshqardi. Hamyurtimiz Shvetsariya – Ekvador (1-tur guruh bosqichi), Xorvatiya – Meksika (3-tur guruh bosqichi), AQSh – Germaniya (3-tur guruh bosqichi) hamda Gollandiya — Kosta-Rika (chorak final) uchrashuvlariga hakamlik qildi. Bungacha o‘rnatilgan rekordlar sakkizta matchdan iborat edi. Joel Kinyu (Fransiya), Xorxe Larrionda (Urugvay) va Benito Archundia (Meksika)lar futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida boshqarilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekord sohiblari bo‘lgan
|