«Auzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym» Assalamu alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barokatuh! ALLOH SUBHANAHU VA TAOLO QUR'ONI KARIMDA IYMON KELTIRGAN MO'MINLARGA BASHORAT QILADIKI: «Sizlar qaytarilgan gunohlarning kattalaridan tiyilsanglar (ishtinoq qilsaylar), Xatolaringizni kechiramiz va Sizlarni xatolaringizni kechiribgina qolmasdan balki, Ulug' O'rin (Jannatga) kiritamiz» deydi Alloh bandalariga Gunohi Kabira so'zi - Gunohlarning Kattalari deganidir, shularni bilib eshitib, amal qilmoqlikni hamma mo'min-musulmonman deb shahodat berganlarga ham Farz ham Qarz Alloh Nazdida InshaAlloh Gunohi kabiralar: Gunohlar ikki xil bo‘lib, ba’zilari sag‘ira, ya’ni kichik gunohlar deyilsa, yana ba’zilari esa kabira, ya’ni katta gunohlar deyiladi. Quyidagi hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kabira gunohlarning bir nechtasini sanab o‘tganlar, ya’ni: Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Halokatga eltuvchi yettita gunohdan saqlaninglar! ” — dedilar. Sahobalar: Yo Rasululloh, ular qaysilar? — deb so‘rashdi. U Zot: "Allohga shirk keltirish, sehr-jodu bilan shug‘ullanish, Alloh harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, sudxo‘rlik qilish, yetimning molini yeyish, yov bosgan vaqtda orqaga qochish hamda iffatli, mo‘mina, buzuqlik nimaligini bilmaydigan ayolni fohishalikda ayblash”, — deb javob berdilar (Muttafaqun alayh). 1.Gunohi Kabira (Allohga Shirk keltirish)
2. Allohning Sinovidan Xotirjam Bo'lish
3. Kaliti Aroq
Gunohi kabiralarning soni bundan ham ko‘p bo‘lib, ulamolar ushbu mavzuda alohida kitoblar yozganlar. Alloh taolo bandalarini ogohlantirmoq uchun O‘zining Rahmon va Rahiym sifati bilan kabira gunohlarni bayon qilib bergan ekan, biz mo‘min-musulmonlar ulardan saqlanishimiz lozim bo‘ladi. Zero, Parvardigorimiz O‘zining kalomida: "Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangiz, kichik gunohlaringizni sizlardan o‘chirurmiz va sizlarni rohatbaxsh manzil (jannat) ga kiriturmiz”, — deb va’da qilgan (Niso surasi, 31-oyat). Alloh taolo barchalarimizni gunohi kabiralardan saqlanib, solih amallar qilib yashashga muvaffaq qilsin. (Omiyn).
|