Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2009 » Dekabr » 17 » HIJRIY YANGI YIL (1431) MUBORAK, AZIZLAR!
HIJRIY YANGI YIL (1431) MUBORAK, AZIZLAR!
16:29



HIJRIY YANGI YIL (1431) MUBORAK, AZIZLAR!

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                              


Muharram oyi hijriy – qamariy taqvim bo‘yicha yilning birinchi oyidir. Birinchi Muharram yangi yilning boshlanish kunidir. Odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabrik etadilar. Biz ham barchalaringizni 1431 hijriy yilning boshlanishi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Alloh taolo bu yilni barchamiz uchun xayr-baraka yili bo‘lishini nasib etsin. Aziz vatanimizni tinch va osoyishta bo‘lishini, xalqimizning baxti-saodati ziyoda bo‘lishini nasib etsin! Omiyn!

Hijrat, Hz Muhammad(s.a.v.)ning Haq dinni yoyishda muvaffaqiyat qozinishini ta`minlagan eng muhim voqealardan biridir.
Allohu Taoloning hijratga ruhsatidan so`ng kam sonli musulmonlar guruh-guruh bo`lib yashirin ravishda Makka-I Mukarramadan Madina-i Munavvaraga hijrat qilganlar.
Hijriy taqvim qamariy oy asosiga tayanadi va 354kundan tashkil topgan bir yil, 29yoki 30kundan tarkib topgan 12oydan iboratdir. Bu taqvimning boshlanishi Muharram oyidir

Hz Umar(r.a.)xalifaliklari davrida ya`ni hijratning 21-,milodiy 642-yilida Payg`ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ning Makkadan Madinaga hijrat qilishlari taqvim boshlanishi sifatida qabul qilingan.

MUHARRAM OYINING FAZILATLARI

Muharram oyi arabiy oylarning birinchisi ,ya`ni islomiy yilning birinchi oyidir.Oylar orasida Ramazon oyidan keyingi eng barokatli oy muharram oyidir.
"-Farz namozlaridan tashqari qaysi namoz,Ramazon ro`zasidan tashqari qaysi ro`za fazilatliroqdir?”
"-Farz namozlaridan tashqari eng fazilatli namoz tahajjud namozi,ramazon ro`zasidan tashqari tutilgan eng fazilatli ro`za esa Allohu Taoloning oyi hisoblangan Muharram oyida tutilgan ro`zadir.(Hadis,Muslim)
Shuning uchun Muharramning 1-sidan 10-sigacha 10kun ro`za tutish juda fazilatlidir.Bunga qurbi etmaganlar Muharramning 9-10-va 11-yoki 9-10-yo bo`lmasa 10-11-kunlari ro`za tutishlari sunnati muakkadadir.
Bu oyda iloji boricha ko`proq tavba istig`for aytish kerak.
Kimki harom oylarda(Rajab,Zulqa`da,Zulhijja,Muharram) 3kun ya`ni payshanba,juma,shanba kunlari ro`za tutsa Alloh uni ikki yillik tutilgan ro`za o`rniga qabul qiladi.Agar chorshanba kunidan boshlab tutsa va juma kuni bir sadaqa bersa Alloh uning butun gunohlarini kechiradi.(Hadis)
Ulamo-I kirom bu oyning 9,10,11-kunlari yoki payshanba,juma va shanba kunlari krtma-ket ro`za tutgan kishiga 900yillik nafila ro`za savobi berilishini rivoyat qilganlar.
Muharram oyining 1-kunidan 10-sigacha krtma-ket ro`za tutgan kishining Hz Hasan va Hz Husayin(r.a.)lar bilan birga jannatga kirishlari xushxabari berilgan.

Kim Muharram oyida1kun ro`za tutsa tutgan har kuni uchun 30kunlik ro`za savobi beriladi,keyingi yilga ham kafforat bo`ladi.(M.A.Jo`shon.”Allohning g`azabi va rizosi” kitobidan olingan hadis)
Zulhijja oyining oxirigi kuni va Muharram oyining 1-kuni ro`za tutish 50yillik gunohlarga kafforat bo`lishi haqida hadis bor. .(M.A.Jo`shon.”Allohning g`azabi va rizosi” )
Bundan tashqari bu oyda o`qiladigan ko`plab fazilatli namoz(nafila)va duolar bor,umuman bu oyni unumli o`tkizish lozim.
Yangi yil va muharram oyi barchamizga muborak bo`lsin!

(RUSCHA SUBTITL BILAN) 



 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 4598 | Joyladi: YaYa| Reytingi: 5.0/2 |
 
 
Barcha Izoxlar:4

4. Arabicgirl (06:36 Payshanba)
Assalomu aleykum . ummussaid siz qayodan eshitgansiz Juma kuni bilan tabriklash bidatligini? Juma kunini bizga yani musulmonlarga muborak kunku , islomda nimaga tabriklash yo unda hayitda musulmonla tabriklashi keremasmi bir birlarini. albatta ibodati har doim harminut qilishimiz kerakdir. kechirasizu siz gulruhbonu opaga islom haqida bilasanmi? deyishiz ham manimcha islom dinniga noloyiq, chunki siz o'zi zo'r bi8laman yani manmanlikga kirmidimi? uzr qopol gapirib yuborganim uchun. yomon yoki notog'ri gapirgam bo'lsam Alloh kechirsin. omin, Alloh hammamizdan rozi bo'lsin. omin.

3. madiyor (15:30 Juma)
Assalamu alaykum roxmatullohi va barokatuh.Man bir solih,tavhidga chaqiruvchi olim kishining ma'ruzalarida eshitganmanki:"melodiy,hijriy yillar kirib,chiqib ketaveradi buni Islomda e'tibori yo'q.Ammo yangi oyni ko'rganda-Bu oyni bizlar u-n tinchlik va salomat oyi qilgin,sening va mening robbim Allohdir; deyyish kerak"(Rosululloh s.a.w. shunday qilgan ekanlar).
Keyin u olim kishi shunday dedilarki:"Oylarning sayidi Ramazon kirib kelayotganligi b-n bir-birinini tabriklab muborakbod etish joiz.Rosululloh s.a.w. ashoblarini Ramazonu sharif yaqinlashayotganini xabarini berar ekanlar".
Dinsizlar melodiy yilning kirib kelishi b-n bir-birini tabriklashsa,endi musilmonlar hijriy yilning kirib kelishi b-n tabriklashlari tugrimikin?
Agar M.S.Muhammad Yusuf hazratlari buni durust desalar,demak bir asosga tayanib aytgan busalar kerak.Vallohu a'lam.

2. ulugbek_1987 (23:08 Payshanba)
Alloh hammamizga haqni bildirsin amiyn

1. ummusaid (19:24 Payshanba)
ARE YOU SURE WHAT ARE YOU TALKING ABOUT, DO YOU NOW ABOUT ISLAM RELIGION??

ISLOMDA VATANIM DEGAN TUSHUNCHA YOQ DINIM DEGAN TUSHUNCA BOR , ODATDA QAYSI MUSULMONLAR YANGI YIL BILAN BIR BIRLARINI TABRIKLASHIBDI ? BU TUHMAT BIRON BIR DALIL HADISINGIZ BORMI?
MUSULMONLARGA TUHMAT !

YAHSHI MUBORAK OYLARDA RO'ZA TUTIB IBODAT QILINADI ZIKR DUOLARNI KO'PAYTIRILADI AMMO TABRIKLANMAYDI, GAYRI DINDA TABRIKLASH BOR ISLOMDAMAS ADASHTIRMEN. HATTO JUMA MUBORAK DEYISH HAM BID'AT, DINGA YANGI KIRITILGAN

ASSALAMU ALEYKUM VA ROHMATULLAHI VA BAROKATUHI.

Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Dekabr 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.