Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2010 » Noyabr » 15 » "Islomiy ahloqlar" [7-DARS]
"Islomiy ahloqlar" [7-DARS]
15:37



"Islomiy ahloqlar" [7-DARS]

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                   




ISLOMIY AHLOQLAR

Rasululloh s.a.v: Oliy hulqlarni barkamol qilishlik uchun payg'ambar qilib jo'natilindim dedilar.Oliy hulq nima? oliy hulqlar qanday bo'lishligi kerak? biror-bir kishi o'zini badhulq deb nomlagan kishi tarihda eshitilgan ham emas.Birov o'zini hozirda ham aytmaydi.Buni bu yog'ida ham aytmasa kerak Ollohu 'Alam.Hech kim o'zini badhulq deb nomlamaydi.Men yomon hulq egasiman degan kishi tarihda ham o'tgan emas,hozirda ham yo'q.Buni buyog'ida ham Qiyomatgacha ham bo'lmasa kerak.Demak,yer yuzidagi hamma odam ahloqli bo'lib chiqadi.Agar odamlar o'lchoviga qo'yib qo'yadigan bo'lsak.Birorta-bir beodob,behulq odam yo'q.Hamma odam ahloqli.Hamma odam hatto,hayoti bo'yi,hayoti davomida o'g'rilik bilan tirikchilik o'tkazayotgan odam,o'ziga falsafa qurib olgan.Hamma odam shirin uyquda istirohat qilayotgan vaqtida,men mehnat qilib,tashvishlar bilan topayotgan harakatim,nima uchun be ahloqlik bo'ladi deydi.Nima uchun meni topgan pulim harom bo'lar ekan deydi.O'zi fohisha bilan shug'ullanayotgan kimsalar ham,birovni manfaatlantirayotganligini,jasadini rohatini o'tayotganligini aytishlik bilan bu ham eng ahloqli odamman deb da'vo qilishlik mumkin.O'zini bozorda,ko'chalarda jamolini nomusini sotib,o'zini fohishabozligi bilan yurgan ayol ham,men jamiyatga ziynat bo'lib yuribman deb da'vo qilib,nimaga meni hulqlarim badhulqlik bo'ladi deb da'vo qilishligi mumkin bo'ladi.Men odamlarni foydalantiryapman deb da'vo qilishligi mumkin.Vaholanki,hayotda eng bir sharmandalik bo'lgan hulq,mana bu hulqdir.Shuning uchun bizda bir asosiy o'lchov bo'lmog'lig'i kerak.Bu o'lchov,o'zgarmas o'lchov bo'lishligi kerak.Bu o'lchov,davrlar o'tishligi bilan o'zgarmas bo'lib qolishligi kerak.Hayotning o'zgarishligi bilan hozirgi johiliy odamlarning talafuzi bilan aytganda,taraqqiyot rivojlangan sari degan so'zni iste'mol qilishadi.Bunday narsalar bilan o'zgarmas bo'ladigan o'lchov bo'lishligi kerak.Agar bu o'lchov bo'lmasa,bir davrda hulqlik bo'lgan odamlar,davrlar o'tishligi bilan badhulq odamlar bo'lishligi mumkin.Tarihda o'zlaricha odamlarning manfaati uchun ishlagan odamlar,keyingi davrda bular keraksiz jamiyatga zarar kunanda odamlar deb o'lchab qo'yishligi mumkin.Nima uchun? - o'lchov o'zgarishligi natijasida.Demak bu yo'lga na mol,na harakat,na quvvat sarf qilinishligiga hojat yo'q bo'lib qolinadi.Shuning uchun bu o'zgarmas o'lchov,savol qilamiz nima? qani kishilarga savol qilaylikchi.Bu o'zgarmas o'lchov kimda bor? tarih bizga guvohki,olib ketilinayotgan yo'llar hammasi o'zgaryapti.Odamlarning bir davrda bo'lgan pokizaliklari,keyingi davrdagi odamlarning o'lchovida bu qoloqlik bo'lib o'lchayapti.Demak,o'zgarmas o'lchov hech qaysi odamlarning oldida yo'q.Magar ahli Islom musulmonlarning oldidagina bu o'zgarmas o'lchov bor.Bu o'lchov - Islom o'lchovidir.Bu o'lchov - Olloh tarafidan kelgan o'lchovdir.Bu o'lchov - bashariyatning birinchi otasi vujudga kelgan vaqtda berilgan o'lchovdir.Va bu o'lchov - Qiyomatgacha o'zgarmas bo'lib qoluvchi o'lchovdir.Bu o'lchov - takomillashib borgan o'lchovdir.Ya'ni bashariyat go'yoinki,avvalgi payg'ambarlar tarihida go'daklik bosqichini bosib o'tgan bo'ldi.Bu go'daklik bosqichi - kamolot yoshiga yetguncha Olloh subhana va taolo ularni tarbiya qildi.Kamolot yoshiga yetdi.Bu davr Rasululloh s.a.v ning davrlari bo'ldi.Bu kishi bilan risolatga muhir bosildi.Risolat to'htadi.Rasululloh s.a.v o'zlaridan ilgari kelgan payg'ambarlarning ahloqi qurib ketayotgan ya'ni ahloq qurib borgan.Ahloqni rivojlantirib bergan birodarlarning komil takomillashtiruvchi zot bo'lib qoldilar.Mana shu so'zlarning ma'nosi ham.Men ahloqlarni vujudga keltirishlik uchun keldim demadilar.Oliy hulqlarning kamoliga yetkazishligi uchun payg'ambar qilib jo'natilindim dedilar.Dunyodagi qaysi bir insoniyatda turgan hulq bo'lar ekan,bu risolat mevasidan eyishligi natijasida,shu hulq vujudga kelgan.Hoh buni tan olishsin,hoh tan olishmasin.Insoflik toifalar tan olishmoqda.Shu yerda biz boshqa jamoalarni qo'yamizda,ular bilan bahs yurutmimizda,musulmonlar uchun bo'lgan jome' islomiy asosiy hulqlar haqida biz bahs yuritamiz.Bu bahs ya'ni jome' degan so'zimdan shuni bilinsinki,hamma tarafni o'z ichiga oluvchi asosiy hulqlar bu,musulmon kishi bilishligi zarur bo'lgan.Va hozirgi jamiyatimizdagi musulmonni da'vo qilgan kishilar,noqis qolib kelgan tarmoq ham shu bo'lsa kerak Va Ollohu 'Alam. Hammamiz yoddan biladigan sura *ASR*.Mana bu sura musulmon kishining 4 ta hulqini o'z ichiga olyapti.Asr surasida har-hil ma'nolar bor.Biz shu bittasini ihtiyor qilamiz.Vaqtga qasam ichib,vaqt qadr qiymatlik bo'lganligi uchun.Insonni ziyonda ekanligini qat'iy bayon qilib.4 ta hulq egasini mustasno qilyapti.1.Iymon keltirgan kishilar.2.Amali solih qilgan kishilar.3.Bir-birlariga haqni vasiyat qilgan kishilar.4.Sabrni vasiyat qilgan kishilar.Bir-birlariga nasihat qilgan kishilar.Mana shu 4 ta sifatni egallamagan kishilarning har-birini ziyonkor ekanligida shak-shubha yo'q deyapti.Agar shu sifatlar egallanmagan bo'lsa,bu odam ziyondan boshqa narsada emas.Avvalgi ikkita hulq,iymonu amali solih,Islomni da'vo qilgan kishilarning aksarlarida topishligi mumkin.Ammo haqni vasiyat qilish,haq yo'ldagi kurashdagi haqni vasiyat qilish.Bu hamma musulmonlarda topiladigan sifatlar emas.Musulmon kishilar,avvalgi zamoni saodatdagi musulmonlarga bir nazar tashlaymiz.Avvalgi musulmon kishi,Islom shariyatiga olim bo'lgan.Ya'ni sahobai kiromlar Islomni mukammal bilishgan.Va shu bilan birga zohid bo'lishgan.Ya'ni dunyoni qalblariga joylamagan.Qo'llarida bo'lgan dunyo.Olim bo'lishligi bilan birga *obid* (ya'ni ibodat qiluvchi) sifatiga ega bo'lishgan.Qaysi bir ibodatni tarmoqini olsangiz,shunda komil bo'lishgan.Va shu bilan birga olim bo'lib,dunyoni qalbiga joylamab,qo'liga joylab va shu bilan birga ibodatda *tahajjud* o'quvchi ibodatlarga nihoyatda mukammal bajaruvchi bo'lishi bilan birga,jang maydonida jangchi bo'lishgan.Shu bilan birga da'vat maydonida kuchlik do'iy bo'lishgan.Har qanday odamning kambag'alligiga rahmi kelib,haqni aytmay qoymagan.Davlatmand odamning davlatiga rioya qilib,haqni aytmay qo'ymagan.Zolimning zulmini rioya qilib,haqni aytmay qo'ymagan.Har bir o'rinda haqqa da'vat qiluvchi ham bo'lgan.Jur'atlik bo'lgan va ochiq bo'lgan.O'zini kimligini bayon qila olgan va hikmatlik ham bo'lgan.Va shunday tillik notiq bo'lgan.Ya'ni haqni oldida kim nutqni to'htatib qo'yadi? Agar har qanday notiq odam,o'zi jinoyatchi aybdor bo'lsa,nutqi yo'q bo'lib qoladi.Va hamda fikrda siyosiy bo'lgan.Har kim uni aldab ketaveradigan kishi bo'lmagan.Va har bir narsani bir idoriy o'ringa qo'ysa,idora qila olgan va zakiy bo'lgan.Nihoyatda farosatli bo'lgan (ya'ni birovga aldanmaydigan) bo'lgan.Bir musulmon kishini kechqurunda ko'rsangiz,tahajjudda sajda qilib yeg'layotgan bo'lsa,bu odam endi kunduzi bilan damoladi desangiz,kunduzi jang maydonida mujohid bo'lgan.Shu odamning o'zidan shariat ilmini so'rasangiz,olim bo'lgan.Shu odam yana birovga muhtoj bo'lmaydigan tamagir bo'lmagan.Davlati qo'lida bo'lgan.Yoinki kambag'al bo'lsa,ma'nan nihoyatda boy bo'lgan.Ma'naviy tarafdan qashshoq bo'lmagan.Agar buni har bir sohada tekshirib ko'rsangiz,Islomiy ahloq egasi bo'lgan.Mana bu birinchi zamoni saodatdagi musulmon kishining keyingi davrda paydo bo'lgan,musulmon kishidan farqi shu yerda birodar.Keyingi vaqtdagi musulmonlarning farqi qayerda? ular shariat olimi bo'lsa,tekshirib qarasangiz mutahasislik maydonida hech narsada yo'q.Agar biror-bir zolimga hitob qilishlik shunday bo'ladigan bo'lsa,eng orqada turuvchi kishi bo'lgan.Keyingi musulmonlarni tekshirib ko'rsangiz,biror-bir kishida jur'at haybat bo'ladigan bo'lsa,shariat ilmida mutlaqo behabar.Hozir biz o'zimizni ahvolimiz haqida bahs yuritsak,hozirgi shu fursatdan foydalanib.Ba'zi kishilarga Islom yo'lida agarki,oz bo'lsa ham hususan hozirgi davrda.Ollohni yo'lida shu molingizni sarg qiling? - desangiz,juda ko'p miqdorda sarf qila oladi.Lekin farzandingizni tarbiya qiling degan vaqtda mutlaqo behabar.Bir kishi kechasi bilan tahajjudni o'qiydi.Namozni yeg'lab o'qiydi.Ammo halol kasb qilish maydonida hech kim emas.Agar shariat jiddiy bo'ladigan bo'lsa,u shariatga hilof qiluvchi kishilarning birinchisi bo'lib qoladi.Ammo kechasi bilan yeg'lab ibodat qilish,5 vaqt namozni joyida o'qish,jamoat bilan o'qish maydonida hammasi joyida.Lekin farzandlarini tarbiya qilishlikda hech kim emas.Ba'zi bir kishi Qur'oni Karimni yod biladi,Qur'oni Karimni to'la o'qiy oladi,harflarini joyidan chiqarib o'qiydi.Ammo Islomiy ahloqlardan biror-bir jur'at maydoniga solsangiz,undan qo'rqoq odam yo'q.Ba'zi bir kishilar,zakotni shunday beradiki,birinchi kunida ado qila oladi.Lekin o'ziga qarasangiz,honadoniga qarasangiz,Islomdan boshqa hamma narsa bor.Ba'zi bir kishilar,ro'za tutish,nafl ro'za tutish maydonida juda mukammal.Lekin ilm talab qiling desangiz,mutlaqo bu ilmdan behabar.Qur'onni o'qishlikni hech qanday hohlamaydi.Umumiy qilib aytganda,musulmonlar ong nuqtai nazardan hammadan orqada qolgan.Mutahassis sohalarida mutlaqo hech kim bo'lmay qoladi.Shunday Islomni mukammal bilgan kishilar borki,tahassus maydonini agar ko'rsatadigan bo'lsangiz,hech kim bo'lmay qoladi.Ana bu keyingi musulmonlarning o'zgarish holati mana bu yerga kelib qolgan. Musulmonlar o'rtalaridagi munozaralarni qarasangiz,yahshilik tarafi bilan ko'rmoqchi bo'lsangiz,haligi aytib o'tgan zakot beradigan kishi juda vaqtida beradigan ulug' zot deb maqtashingiz mumkin! Ammo yomonlamoqchi bo'lsangiz,Islomda farzandlarini tarbiya qilishlikda hech kim emas.Hamma farzandlari namoz o'qimaydi.Ibodatda yo'q.Lekin zakotni birinchi kunda berishlikdan gapirsangiz,nihoyatda ma'qul bo'ladi.Farzandlarini mukammal tarbiya qilayotgan kishini bir qarasangiz,o'zi Qur'onni tajvid bilan o'qishda yo'q.Yoinki shariat ilmini bilishlikka harakat qilmaydi.Farzandlarini o'qitishlikda juda ham tayor.Molingizni har qanday joyga sarf qiling deb o'rgatsangiz,hop deb sarf qilgan kishi.Bu kishini boshqa Islomni maydonlarida qarasangiz,hech kim emas.O'rtadagi munozaralar ham bundan kelib chiqyaptiki,mobodo bir kishi bir kishini yomonlamoqchi bo'lsa,Islomga hizmat qilayotgan kishini,bu kim bo'lib qolibdi Qur'onni durust o'qiy olmaydi deydi.Gapi to'g'ri! Qur'oni durust o'qiyotgan kishini malomat qilayotgan kishi,bu kim bo'lib qolibdi,Qur'onni durust o'qigan bilan farzandlarini hammasi dinda yo'q deydi.Bir kishi farzandlarini ham tarbiya qilgan bo'lsa,o'zi ilmdan behabar,yoinki zakot berishlikka beparvo.Yoinki ibodatlarga beparvo.Mana bu tarafi bilan mazammat qilamiz.Misoli shunga o'hshaydiki,ba'zi bir amo kishilar,Hindiston viloyatiga borganlik haqida bir hikoya bor.Hindiston viloyatida eshitib yurgan edik.Ko'zlari amo bo'lganligi uchun fil degan narsani eshitib yurardik.Shu filni oldiga borib bir ushlab ko'rsak.Ular ko'ra olmaydi endi.Shuning uchun bir ushlasak.Filni oldiga olib borilgandan keyin,ba'zilari filni oyog'ini ushlab: - ho'o'o'o'o'o' bu fil ancha yo'g'on narsa bo'lar ekanda!?.Ikkinchilari bir qulog'ini ushlab: bir yapaloq bir yumshoq narsani his qilib,fil degani shunday bo'lar ekand-a?! Hullas bittalarini filni ustiga mindirilib ko'rilgandan keyin: fil bir keng joy bo'lar ekand-a?! Bittalarini shu ma'lumotlar bilan hullas diyorlariga kelgandan keyin,Hindistonga borib kelganligini habar qilinib,bu yerdagi ular hech bir ko'rgan narsalaringni aytib hitob qilinish mumkin emas.Hindistonga borib kelgandan keyin,bular fil degan narsani ushladik biz.Fil qanday bo'lar ekan? - desa! Fil bir yo'g'on narsa bo'lar ekan deb oyog'ini ushlagan odam aytsa.Bekor aytibsan,fil degan narsa yapaloq bir yumshoq narsa bo'ladi desa.Uchinchisi,bekor aytibsan,fil degan narsa keng maydon bo'ladi.Uni ustiga chiqib o'tirsa bo'ladigan deb,munozara qilib ketganga o'hshaydi hozirgi savollar.Islom nima? - desa.Siz o'zingizda faqat 5 vaqt namozni o'qiysiz.Farzandlarni tarbiya qilishlikda ishingiz yo'q.Islom nima? - desa.Siz Islomda 5 vaqt namozni gapirilsayu,faqat o'zingizni o'qishingiz haqida bo'lgan savollar,va'dalarni eshitsangiz holos.Farzandlar tarbiyasi haqida bir narsani eshitmasangiz.Farzandni tarbiya qilayotgan odam,o'zini tuzatishlik haqida bir gap eshitmasa.Farzandlarini tarbiya qilish haqidagi ajrni eshitsa,din nima? - desa.Farzandlarini tarbiya qilish desa.Ba'zi bir kishilar zakotni vaqtida berish.Bu ming amal qilgani bilan bekor zakot Islomdagi farzni qilmaydi.Islom zakot degani deydi.Ana bunga o'hshagan bizni o'zimizdagi tark qilingan narsalarni tekshirib qaraydigan bo'lsak,hammamizda Islomiy ahloqning bittadan oyog'i,qulog'i,tepasi borga o'hshaydi.Biz faqat filni ustida,yo o'tirgan odammiz,yo filni oyog'ini ushlagan odammiz,yo filni qulog'ini ushlagan odammizda,filni boshqa joyini bilmaymiz.Fil odamlar aytgan hammasi to'g'ri,hamda noto'g'ri.To'g'riligi aytgan qismida to'g'ri.Lekin noto'g'riligi mukammal emasligida noto'g'ridir.Bizning ba'zi bir Islomiy ahloqlarimiz ham shunday bo'lib qolgan.Va shu haqda eshitishlikni hohlaymiz.O'zimizga qarshi bo'lgan,o'zimizda yo'q bo'lgan narsani eshitishlikni hohlamaymiz.Mana shu bilan biz Islomni yo'qotib qo'ydik birodar.Va dushmanlar bizga boshqa narsani tushuntirishliklari ham oson bo'ldi.Masalan: dushman sizga Islomdagi maqsadini o'tashligi uchun Islomdagi narsadan foydalanadi.Mabodo sizni bir ishlatmoqchi bo'lsa,birovga hizmat qilishlikni savobi ko'p to'g'rimi? - deydi.Birovga hizmat qilishlikni savobi ko'p bo'lsa,siz menga hizmat qiling deng.Dushmanga ayting! Siz bilan bir dushman kurashayotgan bo'lsa,yengilib qolgan vaqtida Islomda kechirishlikni savobi ko'p-u desa,kechirishlikni savobi ko'p bo'lsa,men buni sizga qo'ydim,siz kechiring deng.Islom halimlikni yahshi degan.Lekin siz bilan bir odam kurashib turib yengilgandan keyin halimlikni yahshiligini sizga aytsa,halimlikni men sizga qo'ydim deng.Ana dushman tarafidan musulmon kishi onglik bo'lib,zakiy bo'lishligi shuki,dushmanga aldanmasligi.Dushman Islomda bor narsalarni hammasini o'zining foydasiga ishlatmoqchi bo'ladi.Agar musulmon kishi ahloqi jome' bo'lsa,hamma tarafdan komil bo'lsa,u dushmanning makriga aldanmaydi.Shuning uchun bizning hozirgi vaqtdagi musulmonlar Islomiy jome' ahloqning egasi emas.Lekin Islom hulqlardan yo'q demoqchi emasman.Islomiy hulqlardan bor.Yo oyog'i bor,yo qulog'i bor,yoinki tepasi bor.Boshqa tarafini ko'rmaydi.Yoinki ko'rishlikni hohlamaydi.Mana bu narsaning natijasida musulmon shahsiyat vujutga kelmagan.Rasululloh s.a.v ning davrlarida ota-onaga yahshilik qilishlikni bilgan musulmonlar bo'lishligi bilan birga dindan boshqa bo'lsa,ota-onadan voz kechishlikni ham bilgan.Farzandga yahshilik qilishlikni otalar bilgan va shu bilan birga farzandi dinda bo'lmasa,farzandi bilan o'zini o'rtasidagi aloqani uzgan.Dinda har qancha mol-davlatni dinni rivoji uchun bera olgan.Ammo bir tangani dinga zarar bo'ladigan bo'lsa bermagan.Hatto zolim podishohlar namoz o'qiydigan,ro'za tutadiganu,lekin zolim podshoh.Shu podishohlar bir olimdan qalamini so'ragan vaqtda,bir narsani yozishlik o'rtasidagi qalamim yo'q desam,yolg'on gapirgan bo'laman.Qalamim bor bo'lib senga bersam,biror-bir zulmni kitobot qilsang,shunga sheriklik bo'lishlikdan Ollohdan qo'rqaman deydigan musulmon ham bo'lgan va jonini va molini din yo'lida berolgan.Ammo qalamida yozishlikni zulmda yozib qo'yishligidan Ollohni huzuridan turushligidan qo'rqgan.Biz mana bu tomondan nuqsonlimiz.Biz Qur'onni har bir harfini o'qisa,qancha savob bo'lishligini bilamiz.Ammo Qur'onni buyrug'ini mutlaqo qilmaymiz.Rasululloh s.a.v ga muhabbat qilamiz.Ollohni yahshi ko'ramiz deb tilimiz bilan da'vo qilamiz.Lekin,Ollohni yahshi ko'rgan,Rasululloh s.a.v ga ergashsinlar degan buyruqqa itoat qilmaymiz.Mana bu hulq bizda topilmaydi birodar.Bizni noqis bo'lgan tarafimiz shu yerda. Hozirgi vaqtda biror masjid qurulishida fidokor bo'lib,harakat qilishimiz mumkin.To'g'ri,bir kishining imkoniyatida hamma ishni qilishlik mumkin bo'lmay qoladi.Lekin asosiy Islomiy ahloqlarni qilishlik,toqatdan tashqari narsa emas.Shuning uchun mana bu sohada biz fikrlab qo'ymog'lig'imiz kerak.Ba'zi kishilar namozni ham o'qishadi,ro'zani ham tutishadi.Hamma Islomdagi amallarni qiladi.Olloh uchun Ollohni do'stini yahshi ko'rish,Olloh uchun Ollohni dushmanini yomon ko'rish sifati yo'q.Qaysi bilan bo'lsa,dinsizmi,bu narsani mutlaqo qalbidan dindor ahli tavhidni yomon ko'rib,bu bilan murosa qilmaydi-yu,lekin dinning ashaddiy dushmani bilan murosa qilib ketaveradi.Mana bu sohalarda biz tekshirib qarasak,jome' bo'lgan Islomiy ahloqlarni o'zimizda gavdala olgan emasmiz birodar.Mana bu narsa bizning Islomdagi nuqsoni eng kattasi shudir.Olloh s.t Rasululloh s.a.v ga shunday zotlarni berdiki va ularni ogohlantirdiki,agar shu yo'ldan qaytib ketsalar,Olloh boshqa bir 4 ta sifatga ega bo'lgan kishilarni vujudga keltirishligini.Olloh taolo: Ey iymon keltirgan kishilar,sizlarni ichinglarda kim qaytib ketadigan bo'lsa,Olloh s.t o'zi yahshi ko'radigan va ular ham Ollohni yahshi ko'radigan jamoani vujudga keltiradi.Birinchi eng Islomiy ahloq bo'lgan jamoa kim? Olloh yahshi ko'rgan va Ollohni yahshi ko'rgan jamoadir.Mana bu sifat bo'lishligi kerak.Biz Ollohni hammamiz yahshi ko'ramiz deymiz.Lekin Ollohni yahshi ko'ramiz degan kishining da'vosi nima bo'lishi kerak? bu da'voni isbotlashligi - Olloh taolo: ayting ey Muhammad alayhissalom,Ollohni yahshi ko'radigan bo'lsanglar,menga ergashinglar deng.Shunda Olloh sizlarni yahshi ko'radi va Olloh gunohinglarni mag'firat qiladi deyapti.Demak Olloh bizni yahshi ko'rishligi uchun Rasululloh s.a.v ga ergashmog'lig'imiz kerak.Shunda Olloh bizni yahshi ko'rishligida shak-shubha qolmaydi.Chunki o'zi yahshi ko'rgan bandalarini gunohini kechiradi.Biz bir ishni qilishlikdan ilgari,Rasululloh s.a.v nimaga buyurganlar degan narsa haqida bosh qotirish kerak bo'ladi.O'zimizni hamma sohada o'hshtmog'lig'imiz kerak.Ikkinchi sifat mo'minlarga muloyim.Ba'zi kishilar juda muloyim.Lekin hammaga bir hil muloyim.Lekin Olloh yahshi ko'rgan jamoa kim? Mo'minlarga muloyim,kofirlarga izzatlik.Ya'ni nihoyatda g'ayur.Hech bir narsada tama' qilmaydigan.Izzati nafs,ya'ni o'zini oliy tutuvchi.Dinsiz odamni oldida o'zini oliy tutuvchidir.Ammo mo'minlarga qanotini pastlatib muloyim bo'luvchidir.Mana bu Olloh yahshi ko'rgan jamoani sifatlarini ikkinchisi.Mo'minlarga muloyim ikkinchisi.Kofirlarga izzati nafs o'zini oliy tutuchi uchinchisi.To'rtinchisi Ollohni yo'lida mujohid.Hamma imkoniyatini Ollohni yo'lidan sarf qiladi.Mana bu Olloh yahshi ko'rgan jamoani sifatlaridandir.Va beshinchi sifati.Malomatchining malomatidan haq yo'lda hech qanday qo'rqmaydi.Har bir ishda malomatchining malomatidan qo'rqmaydi.Avval Olloh va Rasululloh s.a.v ning buyrug'ini bilib olgandan keyin malomatchining malomatidan qo'rqmaydi.Mana bu ashobu kiromlarning sifati bo'lgan.Olloh s.t mana shu sifatlarni yo'qotsanglar,dindan qaytganinglarni belgisi deyapti.Agar shu sifatlardan qaytsanglar,Olloh sizlarni o'rniylarga mana bunday pokiza jamoani keltiradi deb,sahobadek pokiza zotlarni shunday qo'rqityapti.Bu Ollohning fazli.Olloh hohlaganga beradi.Bizni hozirgi vaqtdagi har bir kishi o'zini bir holatiga tekshirib qarasa,shu sifatlarni bitta-bittadan har bir kishida topilishligi mumkin.Ammo bu sifatlarni ko'pini bir kishida topa olmaymiz.Mana bu narsa musulmonlar nuqsonlik bo'lib qolgan sifatlar.Shuning uchun Rasululloh s.a.v oliy hulqlarni barkamol qilishlik uchun payg'ambar qilib jo'natildim dedilar.Rasululloh s.a.v oliy hulqlarning barkamol qilishlik uchun jo'natilgan bo'lsalar,oliy hulq nima edi? Rasululloh s.a.v da to'la shakllangan edi va u kishiga ergashgan sahobalarda shakllangan edi.Payg'ambarimiz s.a.v aytdilar: avvalinu ohirin ilmi menga berildi dedilar.Qur'on va Qur'oncha ilm menga berildi dedilar.Rasululloh s.a.v olim bo'lishlik bilan birga obid edilar.Ya'ni ibodatda bu kishiga hech bir misl yo'q edi.U kishini kechalari bedorligi hammamizga ma'lumki,u kishi kechaning uchdan bir qismini hayotlari bo'yicha uhlamasdan tahajjudda bo'lganlar.Tahajjud Rasululloh s.a.v ga nisbatan aksar mufassirlarning fikrida farz bo'lgan.Boshqalarga mustahab bo'lsa,ammo Rasululloh s.a.v ga farz bo'lgan.Rasululloh s.a.v ning obidliklari shu darajada ediki,tahajjudda ko'p tilovat qilganliklaridan,surai Baqaracha miqdorda ruku sujudda qolganliklari rivoyat qilinadi.Rasululloh s.a.v ninig oldilariga kechqurunda keldim.U kishi namozda turibdilar.Go'yoinki qozon qaynayotgan tovush ichlaridan chiqib turibdi yig'i bilan.Har bir holatni Payg'ambarimiz s.a.v ibodatlaridaka-ibodatni biror-bir kishi rivoyat qilgan emas. Rasululloh s.a.v ning ro'zalari haqida! Ro'za ibodatlarida.Bu kishi 3 chi - 4 chi kungacha saharlik qilmasdan ro'za tutar edilar.Ashoblar bu kishiga ergashmoqchi bo'lganlarida qaytardilar.O'tkarma ro'za tutishlikdan qaytardilar.Shu bilan birga o'tkarma ro'za tutgan odam,shunchalik behol bo'lib qoladigan kishi hech qanday *qiyom layldan* qolmasdilar.Kechqhurunda namoz o'qib,kunduzida ro'za tutgan kishi jismoniy tarafdan shunday quvvatlik edilarki,sahobalar Handaqda kavlashayotganlarida,bir tosh chiqib,shu toshni ko'tara olishmaganlarida,o'zlari shuni ko'tarib olib qo'ydilar.Rasululloh s.a.v ning shunday jihod maydonida,bu kishidan dovyurak kishi yo'q edi.Ish og'irlashib ketsa,Payg'ambarimizning orqalariga o'tib olardik deyishadilar.Eng jur'atlik Umar ibn Hattob,Holid ibn Validdek kishilar ham ish og'irlashayotganda,Payg'ambarimiz s.a.v ning oldilariga kelib olardik deydilar.Har bir sohani tekshirib qaralsa,Payg'ambarimiz s.a.v bunchalik o'tkarma ro'za tutgan ibodatda bo'lgan kishi yer yuzini siyosiy arboblariga hat yozganlarida,hatlarining ta'siri bilan ular larzaga kelardi.U kishini oldilariga,u kishini haybatlarida har qanday jur'atlik kishi o'zini yo'qotib qo'yardi.Payg'ambarimiz s.a.v ning kechqurunda obid,kunduzida zohid,mujohid.Hamma ashoblar Payg'ambarimiz s.a.v ga shu sohada ergashgan edi o'zlarining imkoniyatlari boricha.Ammo bizchi! biz dunyo topish haqida ketsak,tamomiy ilmdan behabar bo'lib turib,dunyo topamiz.Mabodo ilm o'qiydiga bo'lsak,hayotdan tamomiy judo bo'lib qolamiz.Hayotda nima bo'lyapti!? - odamlar nima dard tortyapti buni bilmaymiz.Hayot bilan odamlarning dardi bilan ovora bo'lsak,Qur'onni haftalab qo'limizga ushlamaymiz.Yagona Olloh subhana va taolo tarafidan bashariyatga mukarram qilib tushurilgan Qur'onni ushlamay o'tib ketamiz.Nafl namoz o'qiydigan bo'lsak,tamomiy fuqarolarni haqqini esdan chiqaramiz.Qaysi bir sohada bo'lsak,mabodo ilm o'qishlikka kattalarni targ'ib qiladigan bo'lsak,farzandlarni tarbiyasidan voz kechib yuboradi.Mana bu narsa bizning noqisligimiz va Islom ummatining pastlatib borayotgan narsa shudir.Qaysi bir sohani tekshirib qaralsa,hayo manzilatida kelinlardan ko'ra Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hayolik edilar deb rivoyat qilinadi.Lekin boshqalarning falsafasidan hayolik kishidan hech qanday bir yahshilik chiqishi mumkin emas deb tushuntiradi.Ko'zi tik qaragan ayollardan,hayosiz ayollardangina madaniyat chiqishligi mumkin deb tushuntiriladi.*Hayo*- kishining jur'at yo'lidan to'smagan.*Jur'at*-muloyimlik yo'lidan to'smagan.*Muloyimlik*-dushmanlardan qisos olishlik yo'lidan to'smagan.Dushmalardan qisos olishlik,adolat yo'lini to'smagan.Bunday katta harakat kishining faqirlarga mehribon bo'lishlikdan to'smagan.Shunchalik kunduzi harakat,kechqurunda bedor bo'lishlikdan to'smagan.Kechqurundagi bedor bo'lishlik,kunduzidagi harakatlardan to'sa olmagan.Bizchi,mabodo kechqurun bedor bo'lib qolsak,kunduzi bilan uyquga g'arq bo'lib qolamiz.Biz mana bu sohada muvaffaqiyatsiz bo'lib qolgan narsa shudir.Dushman shuning uchun odamlarning mafkurasini,ularning g'arizalari orqali yo'lga kirishadi-da,dinu Islomga hizmat qilishlikdan boshqa tarafga burib tashlaydi.Huddi hozirgi davrda kishilarni hammasini iqtisod tarafiga bog'lab turib,boshqa tarafdan tortib olayotganga o'hshagan.Iqtisod tarafdan mohir bo'lishliginglarni hohlayman,lekin bu narsa dindagi harakatni to'smasligi sharti bilan bo'lmoqligi kerak.Bizni o'tgan ajdodlarni ham hayotiga nazar tashlansa,shuncha ming-ming kitoblar talif qilgan zotlar,halqlarning g'amidan behabar qolmagan.Ularning maktablardagi talif kitob yozishlari,halq bilan birga bo'lishlikdan to'sa olmagan.Va shu bilan birga ularning shunday maktablardagi kitob yozishlari,ju'ratdan yo'lini to'sa olmagan va fuqarolarning g'amidan habar olishlikdan to'sa olmagan.Abu Hanifa (rahimahulloh) ni hayotlariga nazar tashlaydigan bo'lsak,bu kishining katta miqdorda dasmoyalari bor ekan.Shu bilan tijorat qilar ekanlar.1 yilda-2marta va shundan topgan joydani tamomiy birinchi bo'ladigani Sufyoni Savriy va Sufyon ibn Uyayma ikkita muhaddis katta olimga mollarini bir yillik maoshlarini bo'lib turib,qolganini tolibi ilmlarga ajratib,bir qismini o'zlarining qarindosh urug'lariga berib,yana dasmoyani yurg'izar ekanlar.Abu Hanifani bir odam savdogar deb tanimaydi birodar.U kishini katta olim deb taniydi.Lekin u kishi savdo maydonida mana bunday yuqori qismni egallab turib,ko'p yahshiliklar qila olganlar.Shu bilan birga savdoga kirib ketishlik bilan birga,taqvodan mahrum bo'lib qolmaganlar.Abu Hanifa (rahimahulloh) ning bir g'ulomlari bor ekan.Shunda to'n purusht qilganliklarida,savdoda to'nni ikki hil narhini ikki hil to'nni savdosida bir shubha paydo bo'lib qolganligi uchun keltirganlarida,shu yahshi to'n ham orasiga kirib qolganligi uchun shu savdoda shubha bo'lib qoldi deb,aslida masala shuki,bir odam savdo qilsa,savdoda shubha paydo bo'ladigan bo'lsa,shu savdodan bo'lgan foydani birovga aytmasdan berib yuborishligi kerak.Harom bay bo'lib qolsa,lekin dastmoyaga putr yetmaydi.Bu kishi shu dastmoyasini ham qo'shib turib berib yuborgan ekanlar.Shunda shu to'nni sotgan odam olib aytgan ekanki,men bu to'nni bundan ortiqqa sotolmasdim deb,biz tarafda bundan ozroqqa sotardi.Men roziman deganlarida.Sen men uchun rozi bo'lsang,men mo'min birodarim uchun bunga rozi emasman degan ekanlar.Shuncha katta savdo maydonida katta maydonni egallagan zotni taqvodan to'sa olmagan.Agar kishida iymon jamlanadigan bo'lsa,shu maydonning hammasida harakat qila olishligi mumkin birodar.Bir narsa bir tarafga ketib qolmaydi.Savdodagi yuqorilik - taqvodan to'sa olmagan.Taqvodagi yuqori bo'lishlik - odamlardan tama' qiladigan holatlarga olib kela olmaydi.Biz agar tarki dunyo qilib,taqvo qilib,o'zimizni tuzatadigan bo'lsak,odamlarga qaram bo'lib qoladigan holatda bo'lib qolamiz.Mana bu sohalardagi narsalar,bizni Islomdagi millatni orqaga tushirgan narsadir.Olloh taolo shu darsimizdan manfaatlanishligimizni nasib qilsin.Olloh taolo shu darsga amal qilishlikni nasib qilsin.Olloh taolo dini Islomga hizmat qiladigan kishilardan qilsin.Gunohlarimizni mag'firat qilsin Parvardigoro.Ajdodlarimizni hammasini rahmat qilsin.Qiyomatgacha avlodlarimizni solih-solihalardan qilsin.
 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 6398 | Joyladi: Abdullax| Reytingi: 0.0/0 |
 
 
Barcha Izoxlar:1

1. AFSONA14 (05:28 Seshanba)
KOTA RAXMAT.
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Noyabr 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2024 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.