Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2012 » Fevral » 4 » Juma kuni bo'lgan voqea! (Bir yigitning hikoyasi)
Juma kuni bo'lgan voqea! (Bir yigitning hikoyasi)
21:26


Assalomu alaykum! Men boshimdan o'tgan bir voqeani aytib bermoqchiman.

Men Juma kunini o'zimga dam olish kuni qilib olganman. Bir kun, Payshanba kuni kechasi Juma tonggi edi, men nafl Namozini o'qish uchun turdim va nafl Namozimda Hudodan so'radim: ey Hudo, Juma Namoziga o'z vaqtida borib, ado qilishlikka nasib etgin va duolarimni qabul qilgin, deb. So'ng namozni tugatgach yana uyquga ketdim. Undan so'ng chamasi 4 soatdan keyin Bomdod Namoziga turdim, yana Hudodan so'radim, bugungi kunim ibodatda o'tishini. Juma kuni dam olish kuni sababli Bomdoddan keyin yana uhladim, uhlashdan oldin uyg'otgichimni 12:30ga qo'ydim. 

Usha Juma kuni juda charchagan ekanman, hattoki uyg'otgichimni ovozini eshitmabman. So'ngra kimdurlar uyimizni qo'ng'irog'ini rosa chalishdi, ammo uni ham ovozini eshitar-eshitmas, yana shirin uyquda davom etibman. Bir ozdan keyin kimdurning ovozi eshitildi: "Hey, hey biror kishi bormi bu uyda" deb. Men tushimdami deb o'ylabman, aslida unday emas ekan...

...uyqudan shosha-pisha turdim-da va: Ha, ha, bor, bor dedim. Agar 5 sekund kechroq qarasam edi u odam honamga kelayotgan ekan, biz ikki kishi edik. Qarasam bir ingliz millatiga mansub usta ekan. Haligi odam kechirasiz, kechirasiz uyg'otganim uchun deb, 4-5 marotaba takrorlayverdi va usta aytdiki: Men hojat honani tuzatgani keldim dedida, hojat honaga kirib ketdi, qizig'i qo'lida hech qanday uskuna va asboblari ham yoq edi. Men esa uyqu aralash bo'layotgan holatni tushunmay qolaverdim. Buni qarangki... uyimizga kirish uchun 3 ta eshikni ochish kerek bo'ladi, biri tashqi eshigi, ikkinchisi yo'lakniki, uchinchisi honamniki edi. Agar Hudo hohlasa 10ta eshiklik bo'lsa ham bo'laverarkan...

Buni qarangki, soatga qarasam 13:05 bo'libdi, eh dedim Jumaga kech qoldim-ku deb, sochig'imni yelkamga qo'yib, endi qayerda tahorat olaman deb shoshib qoldim va oshxonaga kirib, endi qo'llarimni yuvishim bilan haligi usta: bo'ldi, bo'ldi raxmat deb, yana uzur, uzur uyg'otganim uchun deb, tezlik bilan chiqib ketdi. Men ham raxmat deganimcha hech narsani tushunmay qolaverdim. Buni qarangki... ustani Hudo yuborganligini keyin his qildim, chunki u hojat honada 2 daqiqa ham qolmadi.

Men tezlik bilan do'stimga aytdim, hey turing bizga ustani Hudo yubordi, tezda Jumaga ketdik dedimda o'zim tezlik bilan chiqib ketdim. Soat 13:15 edi, Juma 13:30da o'qilardi. Odatda Juma Namoziga ulgurishim uchun soat birda uydan chiqib ketishim kerek edi, negaki har Juma avtobusda borar edik va avtobusni esa kamida 15-20 minut kutish ham lozim bo'lardi. Lekin bu safar Allohimning yordamini qarang-ki, bekatga chiqishim bilanoq qarasam, 2ta avtobus orqama-ketin kelib turgan ekan. Yugurib avtobusga chiqib olishim bilan joyidan qo'zg'aldi.

...Juma Namozimni o'qar ekanman ko'zlarimdan yoshlar oqardi... Ey Allohim, yetqazganingga shukur! deb, yana 2 rakat shukrona Namoz uchun saf tikdim... 

Mana birodarlar, agar Allohim istasa boshqa dindagi bandasini ham sababchi qilib jo'nataverar ekan. Balki bu voqea kimlargadir, oddiy va tasodifiy bir holatdir ammo oddiy bo'lgan holatda shuncha tasodif bo'lishi mumkinmi?! Albatta Allohimning va'dasi ya'ni so'raganga beraman degan va'daga dalil emasmi bu?!

Birodarlar, sizlarni ham fikringizni bilmoqchi edim, nima deysizlar? Shu bo'lgan holatga? Bu barchasi Hudodan emasmi?

Akbarov, London

 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Статья / Maqola| Ko'rildi: 13315 | Joyladi: akbarov| Reytingi: 4.8/4 |
 
 
Barcha Izoxlar:9

9. (20:07 Juma)
niyatga yarasha buladi har ish

8. (09:54 Shanba)
Alloh rozi bölsin namozingizdan

7. (17:10 Chorshanba)
To'g'risi o'qib ko'zimdan yosh qiqib ketdi.

6. jaguar81 (20:44 Yakshanba)
Koreyadagi ishchilar uchun KIM chiqaradigon zavodda ish bor erkaklarga 1mln600 dan 1mln 700gacha oylik ayollarga 1million 500ming.zavod Chindo va Henamda joylashgan. murojaat uchun tel:01071165366 Bunyod.Hizmat holis.

5. Dastin (11:38 Yakshanba)
Olloh niyatimizni vojib qilsin, Olloh rozi bulsin nomozingdan

4. kuksha (05:46 Yakshanba)
OLLOX rozi bulsin sizdan juda tugri gap bulibdi xamma narsa niyatdan boshlanar ekan avalo niyatni tugri qilailik OLLOX uzi etkazadi

3. Muslim1990 (23:05 Shanba)
Allohu Akbar,Biz birodarlarimiz haqida yahshi gumondamiz,Olloh albatta Qodir zotdir,Jazokallohu Hoyran birodar.......

2. layloshka (21:20 Shanba)
Alloh taolo suygan bandalariga shundey o'zining rahmatini va habarlarini berib turadi bu maqolani o'qib yuregim g'alati bo'lib ketdi Alloh taolo bizni yaratganingga va qalbimizga iymon solganingga cheksiz shukrlar bo'lsin

1. layloshka (21:16 Shanba)
avvalombor assalomu aleykum har bir bandaga Alloh taolo hidoyat bersin uzr men ushbu maqolani kecha savol.uz saytida o'qigan edim o'sha yerga ham siz qoldirgan edizmi oldindan rahmat sizga doimo ishlariz o'ngidan kelib yursin Alloh taolo rozi bo'lsin qilgan ibodatlarizdan
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 
Login:
Parol:
 
Eslab qolsinmi

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Fevral 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2024 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.