Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Dekabr » 17 » Muhammadqodirova Kubroga yordam bering
Muhammadqodirova Kubroga yordam bering
16:05



2010-yili sodir bo’lgan janubiy Qirg’iziston fojeasi insonlar xotirasida og’riqli nuqta bo’lib hali uzoq yashaydi. U keltirgan og’riqlar, ayanchli oqibatlar hali-hanuz yuzlab, minglab insonlarga azob bermoqda. Fojeada ko’plab begunoh insonlarning yostig’i quridi, minglar insonlar mayib-majruh bo’ldi. Millatchilikning manfur og’usi bilan zaharlangan olomon yoshu-qari, erkagu ayolni ayamay, barchani birma-bir yo’q qilishga tushdi. Millatchilarning daydi o’qiga uchgan, lekin omon qolganlar orasida besh yoshli qizaloq Kubro ham bor…

Kubro haqida otasi tayyorlagan video


Muhammadqodirova Kubro 2005-yilning 1-noyabrida tavallud topgan. 2o1o-yil fojeasi ro’y berganda hali yomonlik nima ekanini tushunib ham yetmagan, endi o’ynab-kulib, ota-onasini xursand qiladigan ma’sum bolakay yoshida edi.

2010-yilning 19-may kuni Qirg’izistonning Jalol-Obod viloyati Suzoq tumani Ichki ishlar bo’limida ro’y bergan otishma chog’ida Kubroning qorniga o’q tegib, jigari va umurtqasiga shikast yetadi. Qizchani nogironlikdan saqlab qolish uchun hukumat yordami bilan Rossiya Federatsiyasida jarrohlik amaliyoti o’tkaziladi, umurtqasiga metal parchasi o’rnatiladi.


Oradan bir yil o’tdi, ammo qizaloq hanuz yura olmayapti. Doktorlarning aytishicha, agar qo’shimcha tibbiy muolaja ko’rsatilsa, Kubro yana oyoqqa turishi mumkin.

Kubroning otasi Muhammadsodiq aka 2-guruh nogironi. Bir oyog’i yaxshi ishlamagani uchun hassaga tayanib yuradi.

"O’zimni qaratishga imkoniyatim yo’q bo’lganligi uchun o’zim hassa bilan yuraman, bir oyog’im ishlamaydi — deydi Muhammadsodiq aka. — Qizimni menga o’xshab nogiron bo’lib qolishini eslasam, ko’nglim orqaga tortib, bu dunyo ko’zimga qorong’u bo’lib ketmoqda”.

Muhammadsodiq aka hozir Rossiyada. Bu yerga qizi Kubroni davolatish uchun olib kelgan. Ammo moddiy tomondan qo’li kaltalik qilib, hanuz kerakli tibbiy muolajani amalga oshirishning imkoniyati bo’lmayapti. Fojeaning begunoh qurboni bo’lgan Kubroni to’la davolatish uchun barcha kerakli yordamni berishni va’da qilgan Qirg’iziston hukumati o’z va’dasining ustidan chiqmadi.

Kerakli tibbiy muolajani o’z vaqtida olish lozim bo’lgani uchun qizining sog’lig’idan jiddiy tashvishga tushgan Muhammadsodiq aka "Vatandosh”ga maktub yozib, o’zbekistonliklardan va barcha yaxshilardan yordam umid qilmoqda.

"Vatandosh” gazetasi ijodiy jamoasi savob ishga qo’l urib, Alloh roziligini topish umidida bo’lganlarni qizaloq Kubroga yordam berishga chaqiradi.


Muhammadsodiq akaga to’g'ridan-to’g'ri bog’lanib, yordamni u kishining o’ziga yetkazmoqchi bo’lganlar uchun:

E-mail: muhammed2164@mail.ru
            muhammed2164@gmail.com

Telefon:
+79035613998 (Rossiya)
              +996772649877 (Qirg’iziston)



 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Новости / Yangiliklar| Ko'rildi: 15816 | Joyladi: Ukkosha| Reytingi: 0.0/0 |
 
 
Barcha Izoxlar:36

36. Shakhlo (22:41 Shanba)
Bu saytgav osnovnom Evropada turadigan Uzbeklar kirishadi...rostdan ham kopchilik bolib yordam qilsa boladi....hamma ozginadan! Lekin buni uchun hakikatdan ishonchli bolish kere. Misol uchun video snimat kilsa boladi va yana unga dokumentla kushim intervyu itd. Hozir zamon boshkacha, odamladan har-narsa kutsa boladi!!! agar rostdanam kizga yordam kerak bolsa internetga faktlar bilan video joylash kerak.[size=17][size=22][i][b]

35. islomnurmatov (03:54 Chorshanba)
Barambayeva Zulhumar Moydinovna, Moscow
+79035613998 (Rossiya)

34. destino0707 (21:42 Seshanba)
Uzr yana bir savol, westerndan jonatamizu, lekin u opamizi lotinchadagi ismi shariflari zarur. Chunki bu erdagilar kirilchani o`qishdi bilishmaydida:-)

33. hamidullo_uz (14:14 Seshanba)
yana bu qiz 2005 yil noyabrda deb yozilgan.... 2006 yul 1 yanvargacha (2 oy) bunchali uzgarimdi.. haqiqattan gumon qilishimiz notogri

32. hamidullo_uz (13:58 Seshanba)
agar videoni sanasiga yahshilab e'tibor bergan buselar 1 yanvar turindi.... endi derazadan tushgan quyosh nurini qarelar menimcha qishda bunchali havo issiq bumidi gumon qilishimiz notogri.....

30. islomnurmatov (15:59 Dushanba)
Videodagi sana 2006 muammosini Men sizlarga aytsam. yukorida kommetlarda ham aytilganidek fotokameraning sanasi rostlanmagan. chunki u rasimni olgan odam sur'atchi emas. unday vakitda unaka narsani oylamaydi kishi. akliga ham kelmaydi. men ham Suzokdanman va u kishini men taniyman. savollaringiz bolsa sorang javob beramiz.

29. islomnurmatov (15:53 Dushanba)
destino0707, komil sizlar ve kayerga pul yuborishni kidirayotganlar uchun informaciya;

Muhammadsodiq aka ozlari bankka bora olmaganligi uchun unga ko'mak berayotgan ayol pullarni olib bermoqda ekan. buni Muhammadsodik akaning ozidan makulladik. siz ham sorashingiz mumkin. men sizlar uchun bilib yozmokdaman.

Барамбаева Зульхумар Мойдиновна, г.Москва,

Shubha qilganlar Muhammadsodiq akaga telefon qilib tasdiklasangiz boladi.

28. destino0707 (14:20 Dushanba)
Biz Birlashgan Arab Amirliklaridanmiz. Bu erdan westerndan jonatsa bolar-a?Rossiyaga boshqa qanday pul otkazmasi bor, bolsa aytib yuborila. Olloh yolida qancha sadaqa qilsak kam. Bu akamizi to`liq ismi shariflarini yozib yuborila imkon bolsa.

P.S.: Videoda 2006 yil deb soraganlarga, menimcha bu qizaloqni avvalgi rasmlari. Yordam beraolmasez, har hil gaplarni gapirishni keragi yoq, dostlar.

26. islomnurmatov (13:36 Dushanba)
Ha dostlarim men bu kilganlarimni minnat uchun emas albatta balki shubha kilganlarni shubhasini yo'kotish shuning bilan birga o'zi shunday ham dili ogrib turgan ota onasini yana ogritmaslikka chakirish uchungina yozdim. men borganda Muhammadsodiq aka bilan suhbatta bo'ldim. u koreadan Americadan va rossiyaning har hil shaharlaridan yahshi insonlar qongiroq qilib sabir tilab o'z yordamlarini aayamayotganini aytdi. shuningdek Uzcinema adminiga ham o'z minnatdorchiligimni bildirib kolaman.

24. islomnurmatov (13:23 Dushanba)
Men hamma kommentlarni birmabir okip chiktim. Ey musulmonlar. bu yozganlaringizni shu jajji kizalokni otasi ham okiyapti. Men shu honadonni ko'rip qizchaga sovga olip konglini kotarip ziyorat kilip keldim. shupha kilishingiz to'gridir lekin insonlarni o'zi nozik bolib turgan dilini ogritmang.

PS: Ha aytgancha qizalok judayam chiroyli va akilli ekan.

27. Ukkosha (14:02 Dushanba)
Mashaalloh! Alloh umurini ziyoda qilsin!

22. Asadulloh (12:33 Dushanba)
telfon qilib ozligidan soragan maqul menimcha.yozilgan hatdagi hatolar u4un hammangizdan uzr sorayman wowilgan edim. 0:)

21. yaro (10:55 Dushanba)
Janubiy koreadan qanday pul utkazsa buladi bu yirdayam yordam beradiganla topiladi insholloh

25. Ukkosha (13:29 Dushanba)
BUSAN IBK NONGHYUP KUKMIN banklaridan WESTERN UNION
orqali jo'natishiz mumkin oldin Muhammadsodiq aka b-n TEL: yoki E-mail orqali suhbatlashing ....

19. Komil (04:56 Dushanba)
[size=20][size=13]Assalamu alykum. qnday qilib pul utkazsak buladi. Paypal bilanmi, yoki qanday qilib iltimos javob berilaila, rahmat[/size].[/size]

20. simple-man (06:10 Dushanba)
telfon qilib surang ism familyasini i money grant ili boshqa pul utkazish shahobchasidan junatasiz

23. Ukkosha (13:23 Dushanba)
Assalamu aleykum yordam pulni VESTERN UNION orqali jo'natishiz mumkin oldin Muhammadsodiq aka bilan suhbatlashing

31. islomnurmatov (16:14 Dushanba)
Барамбаева Зульхумар Мойдиновна, г.Москва,
Muhammadsodiq aka ozlari bankka bora olmaganligi uchun unga ko'mak berayotgan ayol pullarni olib bermoqda ekan. buni Muhammadsodik akaning ozidan makulladik. siz ham sorashingiz mumkin. men sizlar uchun bilib yozmokdaman.

Барамбаева Зульхумар Мойдиновна, г.Москва,

Shubha qilganlar Muhammadsodiq akaga telefon qilib tasdiklasangiz boladi.

18. Komil (04:56 Dushanba)
Assalamu alykum. qnday qilib pul utkazsak buladi. Paypal bilanmi, yoki qanday qilib iltimos javob berila, rahmat.

17. MaHfiYa (01:27 Dushanba)
Assalamu alaykum

Asadullohni gaplariga 200% qöshilama. 100dollar bömasayam 10dollar imkoni boricha bersayam kotta gap, agar shubhela bösa oldin surushtirib körib kegin berselayam söraganni aybi yo diyishadiku,
Allah un bösa qancha berssekham kam ,chunki odammi özidagi (chöntagidagi)mol öziga qolishi gumon, yutganin seniki chaynaganin gumon,

bu dunyodi ehson ,sadaqa,hadiyyalarga shoshilish kk ,bugun bormiz ertaga Allah biladi, shun un qölimizda kesa qilishimiz kk, nochor.bemor. qiynalvotganla qaaaancha hozi,lek yaqinimiz yon atrofdan boshlasek yahshi böladi, majbur qilinmidi, OHIRATIMIZGA FOYDA zahira böladigan narsa bösa böldi bu dunyoda hamma narsa töpiladi ,usha beradiga pulimizz ishlatse yo bölib havoga uchib ketadi yiyilib ketadi, bersek SAQLANIB qoladi InshaAllah,
shifo bersn ,

16. Asadulloh (16:48 Yakshanba)
Assalomu aleykum.Alloh biz bandalarin ozi konglimizga salob halis yordam qolini chozishka sababchi qilsin.wu erdagi duo qilgan insonlar 100dollordan bersa ancha yordam boladi.afsizki hammamiza bizni bergan 00 nima ham bolar ei deb ozimizni olib qochamiza.toma toma kam bolur.

15. Ukkosha (13:08 Yakshanba)
Нўъмон ибн Башир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Мўминларнинг ўзаро дўстлашиш, бир-бирига раҳм-шафқат кўрсатиш ва меҳр-оқибатли бўлишдаги мисоллари битта жасад мисолидирки, жасаднинг бир аъзоси оғриса, бошқа барча аъзолари бедорлик ва иситмада бирга бўлади» (Муттафақун алайҳ).

Нўъмон ибн Башир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Мўминлар битта одамга ўхшашки, агар унинг боши оғриса ҳамма ери оғрийди, кўзи оғриса ҳамма ери оғрийди» (Муслим, Аҳмад ривояти, Саҳиҳул-жомиъ: 6668).

13. raap_2011 (10:44 Yakshanba)
ALLOH shifo bersin ALLOH ga shkur qilinglar Parvardigorimiz mehribon va rahimli barcha maktov
ALLOH ga bolsin ammin deng lar aziz musulmonlar

12. bek-boy1 (09:55 Yakshanba)
avvalo ollox shifo bersin

10. guliqiz (08:07 Yakshanba)
:( :( :( :(

9. zukhra1225 (05:51 Yakshanba)
Duo qilaylik hech bo'lmasam:ALLOH SHIFO BERSIIN!!)

8. gosa (05:16 Yakshanba)
haqiqattan ham nega rasmda 2006 yozgan?tu`g`risini aytsa manimcha yaxshiroq,lekin bolani orqasidan pul ishlash yaxshimas,xato fikrlagan bu`sam uzur!..

11. simple-man (08:16 Yakshanba)
kamera xatoligi bulishi mumkin date asini tugrilamagani bulishi mumkin telfonqilib gaplashinglar gumon qilishdan kura

14. Ukkosha (11:37 Yakshanba)
fotokamera sanasi to'g'irlanmagan hotirjam bo'ling!

7. Ukkosha (02:26 Yakshanba)
Birodarlar kelinglar har kim qo’lidan kelganicha yordam beraylik…. Mana hozir savob ish qilish uchun ayni vaqti!
Buyuk Alloh o’zi shifo bersin. Zora biz ham qizchani oyoqqa turishiga sababchi bo’lib qolsak. Qancha bo’lsa ham yordamimizni ayamaylik.

P.S. Har kim imkoniyati boricha, agar moddiy tarafdan imkonimiz bo’lmasa Bu beg’ubor qizaloq haqida boshqalarga yetkazaylik.

6. Musofirzoda (01:19 Yakshanba)
Alloh shifo bersin

4. Mubin-07 (20:39 Shanba)
АЛЛОХ шифо берсин лекин нега расимда 2006чи йил ёзилган шунисига тушинмадим

5. asadgood (00:34 Yakshanba)
Senga nima tushunmaseng

3. zamzam_suv (20:32 Shanba)
الله shifo bersin. ota onasiga iymon bersin. hali ota onasi Alloha iymon keltirmagan ekan. ex

2. palov (19:09 Shanba)
OLLOH shifo bersin ota onalariga sabr bersin Amin

1. Mumtoza18 (16:45 Shanba)
Allohim shifo bersin jajji qizaloqa omin
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Dekabr 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.