Aziz tamoshabin OzodlikFilm va UzCinema jamoasi sizni kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi. Alloh bu muborak kunda qilgan qurbonliklaringizni dargohida qabul qilib o’z mag’firati va rahmatiga olsin. Ishlaringizga rivoj, oilangizga barokot, tinchlik, totuvlik, xursandchilik, halol rizq-ro’z ato etsin. Iymoningizni Qur’on nuri bilan nurlantirib qadamlaringizni to’g’ri yo’lda sobit qilsin. Cheksiz ilm ummonidan ilm, hikmat ato etib haq bilan nohaqni ajratishga qodir suyukli bandalaridan, payg’ambarimiz Muhammad sollallahu alayhi vasallam suyukli ummatlaridan bo’lishlikni nasib qilsin.
O’tgan qismlarning birida ILON qanday ramzni anglatishi haqida so’ralgan ekan. Inshaalloh bugun sizga imkon qadar Ilonning masonlarda qanday ramzni aks ettirishi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Quyidagi ma’lumotni mason web sahifalarining biridan olib ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan holda taqdim etamiz. Maqola muallifi W.B. Harold Meij.
"Men ishonch bilan aytishim mumkinki, avvalambor ilonning ramziy ma'nosiga yetishga intilganimizda Injilning "Ibtido"(Bible,Genesis) qismida keltirilgan Odam ato va Ona Havoning hikoyasi ko'z o'ngimizga keladi. Nasroniy aqidasiga ko'ra ilon shahvat va yovuzlik ramzini anglatadi, ilon iblisning xizmatkoridir.
"Shunda Parvardigor Egamiz xotinga:
— Bu nima qilganing? — dedi.
— Ilon meni aldadi, men mevadan yedim, — dedi xotin.
(Injil, Ibtido bo'limi-13)
Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, ilon juda ko'p madaniyatlar , afsonaviy rivoyatlar va g'arbu-sharq dinlarida juda muhim o'rin tutadi. Bu qissalar va afsonlarda faqatgina ilonning tashqi ko'rinishi tasvirlanibgina qolmay balki uning o'ziga xos xislatlari, uning qanday hududlarda yashashi, daraxtlar bilan uning uzviy aloqasi xuddi Ibtido kitobida zikr qilinganiday uning terisini tashlashi vahokazolar...
Olam bo'ylab juda ko'p dinlarda ilon muhim o'rin tutadi
Ilon va Misrliklar
Men sizga buning bir necha misolini sanab o'tmoqchiman. Balkim Qadimgi Misr tarixini aytib o'tishning o'zi kifoya qilar. Qadimgi Misr mifalogiyasiga ko'ra yer yuzi 4 kuch yoki xudolar tamonidan yaratilgan.
Birinchisi Quyosh Xudosi Amun-Ra. U boshqa Xudolar tamonidan yaratilgan "kosmik tuxum”ni urug’lantirish maqsadida suvdan ilon holida paydo bo’lib chiqadi. Aytishlaricha yer yuzidagi butun jonliq ana o'sha tuxumdan vujudga kelgan.
Biz Set va o’lim Xudosi Osiris o’rtasida kechgan uzoq jangni ham yaxshi bilamiz. Horus otasi Set va Osirisning akasi birgalikda Osiris hayotiga suiqasd uyushtirib butun dunyoni o’z qo’llariga olmoqchi bo’lishadi. Hikoya davom etib, shunday suiqasdlarning birida Hazor ismli Xudo o’zi AGEP ismli zaharli ilon tusiga kirib barcha suiqasdchilarni o’ldiradi. Xuddi shu ilon bug’doy dalalarini ham ximoya qilgan. Bu dalalarda Horus xudosining ruhi yashagani uchun bug’doyzorlar Qaytatirilish ramzi sifatida ko’rilgan. Bu ramz bizning(masonlarning-tarjimon) 2- darajamizda ham qo’llanilgan(33 darajaning 2-darajasida-tarjimon).
Boshqa afsonaga ko’ra ISIS ismli Xudo olov purkagich Kobra iloniga aylanadi(grek tilida UREYUS deb atalgan) va uning ramzi "material dunyo” (o’tkinchi dunyo-tarjimon)sirlarini saqlovchisi bo’lgan. Barcha Misr fir’avnlari boshlaridagi tojlarida Ureyus ramzini taqib yurishgan. Bu mustaqillik, qirollik alomatlari bo’lib xizmat qilgan. Xuddi shunday boshga kiyilgan ilon ramzi bu dunyo va keyingi dunyodagi barcha narsalarni ko’ruvchi "Uchinchi ko’z” deb atalgan xislatga egalikni anglatgan.
Fikrlash qobiliyati tez o’quvchi ilonning masonlarda tutgan o’rnini nimadan iboratligini anglab yetgan bo’lishi kerak. Bu insonlarning har bir hatti harakati, aytayotgan so’zlariyu, e’tiqod qiladigan dinlari butun borliq yaratuvchisi Alloh taoloning haq dini Islomga qat’iy ziddir, kufrdir.
Alloh o’zi bizni Iblis va uning barcha xizmatkorlaridan panohida saqlasin.
Assalomu alaykum aziz ijodkorlar. Avvalambor sizlarga katta rahmat. Alloh rozi bolsin. Serialni kolgani yaqin kunlarda chikib koladimi? Qachon? intiqlik bilan kutib kolamiz. Yana bir bora rahmat.
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.