Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (hafizahulloh) hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biriga to’xtalib o’tadilar. Ayni damda, zamonamiz kishilari tomonidan inson kalimai-shahodatni (’La ilaha illa Allah’ni) aytsa kifoya degan tushuncha tarqalib, bir birlariga naql qilinib bormoqda. Va bu gapni aytib, dinga amal qilmasa bolaveradi deganlar musulmonchilik da’vosini qilmoqdalar. Shayx hazratlari ayni shu masalaga to’xtalib o’tadilar. Bunday deydiganlar qanday hadislarga “suyanishi”, va ular suyanadigan hadislarning asosiy ma’nolari nima ekanligini tushuntirib o’tadilar. Shu bilan bir qatorda, bunday tushunchani tarixan kelib chiqishi, kim tomondan ilgari surilishi haqida bilib olamiz. Mavizadan esa, umumiy ma’noda ulkan tarixiy, ma’naviy va albatta ilmiy foydalar olamiz. Masalan, dinga amal qilmasa ham o’zining ishlarini diniy “ilm” bilan baxs qiladiganlarga qanday javob berishni o’rganamiz. Shayx hazratlari va bu audioni yetkazishga sababchi bo’lganlar haqqiga duo qilishlaringni so’rab qolamiz. Ko’chirib olish uchun maqolaning davomi bilan tanishing.
|