Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2010 » Dekabr » 7 » "Muharram Oyining fazilatlari" haqida
"Muharram Oyining fazilatlari" haqida
15:06



"Muharram Oyining fazilatlari" haqida

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                   


Hurmatli Muslim va Muslimalar!

Bugun sizlar bilan musulmonlar uchun ahamiyatli bo’lgan mavzuda suhbatlashmoqchiman. Muharram oyi muborak oydir va bu oyda tutilgan ro’zalar evaziga Alloh (S.V.T.) ning buyuk ajri bor. Ammo Muharram oyining Ashura deb nomlanuvchi o’ninchi kuni mazkur oyning boshqa kunlariga nisbatan yanada ahamiyatliroqdir.

Hisob bo'yicha bu oy yo ertaga yo seshanba kuni boshlanishi kutilmoqda.

Ashura kuni ro’za tutish musulmonlar uchun farz edi. Keyinchalik Ramazon oyida ro’za tutish farz etilgandan so’ng, Ashura kuni ro’za tutish yoki tutmaslik insonlarning o’zlariga havola etib qo’yildi. Oyisha (r.a.) onamizdan quyidagicha rivoyat qilinadi:

"Ramazon oyida ro’za tutish farz etilishidan oldin Ashura kuni (Muharram oyining o’ninchi kuni) odamlar ro’za tutar edilar. Va u (Ashura) kuni Ka`ba (mato bilan) qoplanar edi. Qachonki, Alloh Ramazon oyida ro’za tutishni farz qilgandan so’ng, Allohning Payg’ambari dedi: "Kimda-kim u (Ashura) kunda ro’za tutishni hoxlasa, tutishi mumkin; kimda-kim ro’za tutmasdan o’tkazishni hoxlasa, shunday qilishi ham mumkin.”

Buxoriy rivoyati

Ashura kuni ro’za tutish o’tgan yilgi gunohlarning kechirilishiga sabab bo’ladi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bu haqida shunday deganlar:

"Abu Qatoda al Ansoriy (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Allohning Payg’ambari (s.a.v.) Ashura (Muharram oyining o’ninchi) kunida ro’za tutish haqida so’ralganlarida, "O’tgan yilning gunohlarini yuvadi,” degan ekanlar."

Muslim rivoyati

Nuh alayhi salomning kemasi ham toshqindan saqlangan va Judi (YUdi) tog’iga qo’ngani ham Muharram oyida, aniqorg’i Ashura kunida edi, deb imom Ahmad (r.h.) rivoyat qiladi.

Muso Payg’ambar (a.s.) va uning qavmi Bani Isroil ham dengizning mo’jizaviy ikkiga bo’linishi natijasida Firavn lashkarlaridan qutulishi va Firavn o’z lashkarlari bilan birga suvga g’arq bo’lib ketish voqeasi ham Ashura kunida sodir bo’lgan edi.

Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladi:

"Payg’ambarimiz (s.a.v.) Madinaga kelganlarida, Ashura (ya`ni Muharram oyining o’ninchi) kuni yahudiylarning ro’za tutayotganining guvohi bo’ldilar. Ular (yahudiylar) shunday der edilar: "Bu kun buyuk kundir, qaysidaki, Alloh Musoni qutqardi va Firavn lashkarlarini suvga cho’kdirdi. Allohga hamd (shukr) ifodasida bu kuni Muso ro’za tutar edi.” Payg’ambarimiz (s.a.v.) dedilar: "Men Musoga ulardan ko’ra yaqinroqman”, va bu kunda ro’za tutdilar va bu kunda ro’za tutishni musulmonlarga ham buyurdilar."

Buhoriy rivoyati

61 hijriy yil Muharram oyining 10-kuni Islom tarixida juda achinarli voqea sodir bo’ldi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning nevaralari Husayn ibn Ali (r.a.) ko’pgina oila a`zolari bilan (hozirgi Iroq hududidagi) Karbala cho’lida shahid qilindi.

Hurmatli Muslim va Muslimalar!

Muharram oyi muborakdir, Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning nevaralari shahid etilgani uchun EMAS, balki Alloh (S.V.T.) yana boshqa uchta (Zil Qada, Zil Haj, va Rajab) oylar qatorida muborak etgani va bu haqida Qur`oni Karim (9 sura, 36-oyat)da marhamat qilgani uchun muborakdir.

Husayn (r.a.)ning shahid qilinishi shubha yo’qki, bizning tariximizda eng musibatli voqealardan biridir. Ammo, Ashura kunining muborakligi bu musibatli voqea sabab deb talqin qilib bo’lmaydi, chunki, Ashura kunining muborakligi Husayn (r.a.) tug’ilishidan avval boshqa payg’ambar (a.s.)lar tomonidan o’rnatilgan edi.

Bu oy bilan bog’liq Husayn (r.a.) shahid qilinishi xotirasiga dod-faryod solib yig’lash va aza (motom) tutish kabi noto’g’ri marosimlar mavjud. Karbala cho’li voqeasi bizning tariximizda eng musibatli voqealardan biridir, ammo, Payg’ambarimiz (s.a.v.) biror kimsaning o’limiga motom marosimlarini o’tkazishni ta`qiqlaganlar.

Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) deganlar:


"Kimda kim johil odamlar qilgani kabi yuzlariga shapati ursa, liboslarini yirtsa va yig’lasa bizning jamoatimizdan emas."

Buhoriy rivoyati

Kelinglar, barchamiz Alloh (S.V.T.)dan yaxshi amallarimizni qabul aylashini va hayotimiz davomida bilib va bilmay qilgan gunohlarimizni kechirishini chin qalbdan so’raylik.

 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 6399 | Joyladi: Malika_khan| Reytingi: 5.0/1 |
 
 
Barcha Izoxlar:7

5. fsdhfg (21:18 Chorshanba)
Assalomu alaykum wr wb Allah rozi bo'lsin amin bu oyning 10 kunidan boshlanadimi manga bilib berilar iltimos Allah nasib qilsa inshaallah roza olaman oldindan kotta rahmat

6. Malika_khan (22:33 Chorshanba)
muharram oyining 10 kuni 16- dekabrga tog'ri keladi. Agar kimni kuchi yetsa 9 va 10 kunlari röza tutsa yaxshiroq boladi.

7. ZARINA=18 (12:48 Payshanba)
ALLOH ozi qollasin. Musulmonlarni erodasini mustahkam qilsin.Rozamizni qabul qilsin.

4. enough (10:37 Chorshanba)
Alhamdulillah, Yana bir muqaddas oyni kutib oldik, va shu qatorida muqaddas yini ham

3. mis (17:55 Seshanba)
Olloh rozi bo'lsin sizdan kattakon raxmat

2. Allohuakbar (16:59 Seshanba)
Assalamualeykum va rahmatullohi va barakotuh.qilgan shu yahshiliklariz uchun Alloh sizlarga ajru savob bersin Amin.va Allohimiz u buyuk zotga hamdu sanolar bolsin bizga shundek imkoniyatlar bergani uchun.uzot Rahmon bizni ham bilib yo bilmay qilgan gunolarimizni mahfirat qilsin hammani özpanohida asrasin amin.ötkan barcha onalarmizni va otalrimizni to qiyomatkacha qabir azoblaridan asrasin va qabirlarni janat boqchalaridan bir boqcha qilsin Amin.ALLOHU AKBAR

1. Malika_khan (16:58 Seshanba)
Bugun muharram oyining 1- kuni hammamizga muborak bo'sin!
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Dekabr 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2024 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.