O'zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni: "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'n to'qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"
Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko'p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo'jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo'shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin