Ushbu voqea Amerikaning Florida shtatida 23 Iyul kuni bo'lib o'tgan
Amerikaning Florida shtatidagi uyali aloqa telefonlarini sotadigan Do'konga o'g'rilikga tushgan talonchi bilan Magazin sotuvchisining o'rtasida bo'lib o'tgan qisqa suhbat
O'g'ri yigit qizni vahimaga tushurib va qo'rqitib yubormaslik uchun, qo'lidagi qurolni yashirib, gaplashishga harakat qiladi
TARJIMASI:
O'g'ri:Mendan qo'rqmagin, o'zingni yaxsh his qil!
Sotuvchi qiz: Yo'q, men qo'rqganim yo'q. Bilaman, sen hohlaganingni qilishing mumkin
Men sen bilan Jesus(Xristiyanlar Hudosi) haqida gaplashmoqchi edim.
O'g'ri:Nima haqida deding?
Sotuvchi qiz: Jesus meni Hudoyim, ketmasindan oldin u haqida gaplashmoqchi edim sen bilan
O'g'ri:Hudo seni mukofotlasin bu uchun!
Sotuvchi qiz: Men Xristiyanman
O'g'ri:Men ham Xristiyanman, va qilayotgan ishimdan hazar qilaman, lekin meni boshqa ilojim yo'q...
Sotuvchi qiz: Bilasanmi, seni ajoyib hayoting bor, bu yomon ishlarni qilishing yaxshi emas
O'g'ri:Ha bilaman, shuning uchun bu ishlarni, boshqalarga zarar berishni aslo hohlamayman, hatto oldin ham bunday ishlarni qilmaganman
Sotuvchi qiz: Men qo'lingdagi qurolga ishora qilayotgandim...
O'g'ri:Men ham Calvary cherkoviga borib turaman, Hudojoy odamman
Sotuvchi qiz: Men ham albatta ko'p boraman, ayniqsa rohib Bobni juda yaxshi ko'raman
O'g'ri:Rohib Bob? Bu haligi ispancha gapiradigan rohibmi?
Ikkallari ham bir cherkovga borishlari ma'lum bo'ldi :)
Sotuvchi qiz: Men bilmayman seni oilang bormi yoki sen bilan bog'liq qanday muammolar yuz bergan ekan, lekin seni tushunaman
O'g'ri:Muammoyim borligi uchun ham shu ishni qilyabman
Sotuvchi qiz: Agar hohlasang men senga yordam beraman, ish topishda ham. Meni tanishlarim ko'p
O'g'ri:Meni o'zimni ishim bor, ishli odamman
Sotuvchi qiz: Seni ish joying bormi? Unda nega bu ishlarni qilyabsan?
O'g'ri:Agar men tez orada 400$ topmasam, shu ishimdan ayrilaman, shuning uchun ham pul kerak edi menga
O'g'ri:Men tanishlarimdan ohirgi uch kunda qarz topishga ko'p urundim, ammo...
- Bilaman, sen hozir Policega telefon qilishing kerak va bilaman men yaxshi ish qilmayabman
- Kassangda umuman pul yo'qmi? Kassani ko'rsata olasanmi menga?
Sotuvchi qiz kassani ochib ko'rsatib: bizda bu yerda faqat qaytim pullari bor halos deb tushuntiradi
O'g'ri:Ushbu do'kon senga qarashlimi?
Sotuvchi qiz: Yo'q, menga qarashli emas, men faqat do'konni boshqaraman va do'konga javobgarman
O'g'ri:Agar men shu qolgan pullarni olsam senga ziyoni tegmaydimi?
Sotuvchi qiz: Agar sen bu pullarni olsang, meni oylik maoshimdan kesib tashlashadi shu pullarni
O'g'ri:Senga to'latishadimi bu pullarni agar men olsam?!
- Unday bo'lsa, men bu pullarni olmayman va seni boshingni muammoga qoldirishni istamayman, meni kechir
- Agar Policega habar bersang, seni tushunaman
Sotuvchi qiz yigitni ketishidan oldin: bunday ishlarni qilma, senga Hudomiz yordam beradi va sen undan so'ra va Hayotingni o'zgartirishini so'ra undan, deb kuzatadi
O'g'ri bola esa, sotuvchi qizdan qattiq uzr so'rab, hech qanday pul olmasdan do'konni tark etadi
bularni maqsadi ozini diyniga davat kilish,kiristyanlar ogirlik kimidi din shuni buyuradi demoqchi arzimagan narsani shov shuv kilib televizorlardan chikarishadi islom mojizalarini tan olgisi kelmaydi.hidoyat ollohdan shun korib ham kalbi suz odamlar krsga kirib ketiwi mumkun astagfirulloh
he iymon yok insof bor olloh bulardi bizga misol keltirib koyganda ollohim hammamizga iymon insof ber shu kotori kyrgyzstanlik kirgizlarga ham ozindan soranamiz yaraaaatgan egam
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.