Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Iyun » 24 » OVQATDAN ZAHARLANISH!
OVQATDAN ZAHARLANISH!
21:02



OVQATDAN ZAHARLANISH!
                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                   



Bu yilgi yoz Yevropada bodring mojarosidan boshlandi. Hozircha noma’lum bo‘lib qolayotgan sabzavotdan zaharlanish holati butun Yevropani sarosimaga solib qo‘ydi. O’zimizda ham har yili meva-sabzavotlar pisha boshlashi bilan oddiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida zaharlanish holatlari uchraydi. Xo‘sh, zaharlanish o‘zi qanday yuz beradi? Uningqanday turlari mavjud? Zaharlanish alomatlarini qanday bilib olish mumkin? Zaharlanishning qanday oldi olinadi va, Xudo ko‘rsatmasin, agar zaharlanib qolsangiz, nimalar qilish kerak? Bugun va keyingi postlarimizda ana shu savollarga javob beramiz.

 


Ovqatdan zaharlanish: qanday turlari mavjud?

Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridagi bakteriyalar va o‘z hayot faoliyati davomida ular tomonidan ishlab chiqariladigan zaharli moddalar, ya’ni toksinlar zaharlanishga sababchi bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotida toksinlar va bakterial hujayralar qancha ko‘p yig‘ilsa, zaharlanish alomatlari ham shunchalik keskin va xavfliroq bo‘ladi. Aynan bakteriyalarning toksinlari keltirib chiqargan zaharlanishlar alohida toksikoinfeksiyalar guruhiga ajratilgan.

 

Eng keng tarqalgan ichak infeksiyalari

Agar issiqda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga stafilokokklar, salmonella yoki klostridiyalar kabi mikroblar tushgan bo‘lsa, unda bakterial zaharlanish yuz beradi. Mikroblar juda tez ko‘paya boshlaydi, bu paytda ular o‘ta kuchli zaharlarni ajrata boshlaydi, o‘z navbatida, bu zaharlar asta-sekinlik bilan butun mahsulotga tarqaladi. Agar bu mahsulot iste’mol qilinsa, kishi ham mikroblar bilan, ham ularning toksinlari bilan zaharlanadi. Toksokoinfeksiya kasallikka aylanishi uchun qo‘zg‘atuvchi va uning toksinlarini katta miqdorda iste’mol qilish kerak.


Salmonellyozlar

Cho‘chqa, qo‘y, sigir, suvda suzuvchi parrandalar va boshqa hayvonlarsalmonellyozni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning tashuvchilari hisoblanadi.Ularning go‘shti, tuxumi va suti mazkur bakteriyalar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu mahsulotlarga termik ishlov berilmasa (100 gradusgacha) va bir necha soat 7 gradusdan yuqori haroratda saqlansa, ular toksik bo‘lishi mumkin.

 

Mahsulotda to‘plangan toksinlar va mikroblar kishida xavfli va ko‘ngilsiz alomatlarni keltirib chiqaradi: umumiy intoksikatsiya, tana harorati 40 gradusdan oshadigan isitma, qorindagi og‘riqlar, qusish va ich ketishi. O’tgan yili Rossiyada salmonellalar oqibatida 45 mingdan ziyod zaharlanish holatlari kuzatilgan.


Stafilokokkli zaharlanishlar

Ushbu kasallik ham salmonellyozga o‘xshaydi, uning sababchisi –stafilokokklar. Mikrob mahsulotlarga terisi va tomog‘ida yiringli kasalliklari (teridagi yiringli toshma, surunkali tonzillit) bor kishilardan hamda mastit bilan xasta sigirlardan o‘tadi. Singish omili bo‘yicha sut va sut mahsulotlari, pashtet, kotletlar, liver kolbasasi, ilvira (studen), vetchina, kremli pirojniylar, tuxum yoki kartoshka solingan salatlar juda xavfli hisoblanadi. Qorinning yuqori sohasidagi kuchli og‘riq, qusish ushbu turdagi zaharlanish belgilariga kiradi.   

 

Botulizm

Botulizm – kam uchrasa-da, juda xavfli toksikoinfeksiyadir. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi oziq-ovqatBotulizm mahsulotlariga tuproq bilan birga tushadi, chunki tuproqda uning sporalari ko‘p uchraydi.


Yangi mahsulotning o‘zi xavfli emas; konservalar xavfli hisoblanadi. Botulizm sporalarini yo‘q qilish oson ishmas – ular hatto 120 gradus haroratda ham o‘lmaydi. Kislorodsiz ular uchun juda qulay muhit yuzaga keladi, sporalar o‘sa boshlaydi va shu bilan birga o‘zlaridan juda kuchli zaharni ajratadi. Mikroblarning hayot faoliyati mahsulotning ta’mini o‘zgartirishi, gazlar hosil qilishi mumkin. Konserva ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi qopqoqning markazini ataylab yupqa qilishadi. Agar qopqoqning markazi shishgan bo‘lsa, bunday konserva iste’molga yaroqsiz bo‘ladi.

 

Botulizmni keltirib chiqaruvchi zahar ta’siri bo‘yicha asab tolalarini falaj qiluvchi hisoblanadi: zaharlangan kishini davolash odatda bir necha oyni egallaydi, zaharlanish o‘ta kuchli bo‘lsa o‘lim ikkinchi-uchinchi kuni yuz berishi mumkin.


Qo‘ziqorinlardan zaharlanish

Qo'ziqorinZaharli qo‘ziqorinlarni oziq-ovqat mahsulotlariga kiritishmaydi, ammo ular adashib ovqatga tushib qolishi mumkin. Qo‘ziqorin toksinlarining yettita sinfi ma’lum, ularning har biri kuchli ta’sir qiluvchi hisoblanadi.


Zaharlanishning og‘irlik darajasi davolashni talab etmaydigan yengil holatlardan o‘lim holatlarigacha bo‘lishi mumkin. Hammasi iste’mol qilingan qo‘ziqorin miqdori va turiga hamda ularda toksinlar bor-qo‘yligiga bog‘liq.

 

Masalan, qurbaqasalla (poganka) qo‘ziqorini buyrak va jigarning qaytarib bo‘lmas shikastlanishiga olib keladi; boshqa qo‘ziqorin toksinlari umumiy intoksikatsiyani va asab tizimining haddan tashqari qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi.

 

Ko‘k kartoshkadan zaharlanish

Solanin –
 bu po‘stida murtak chiqargan va ko‘kargan kartoshkada hosil bo‘ladigan toksinlar aralashmasi. Zaharlanish belgilari: qusish, ich ketishi zaharlangan kishini 11 kun, ya’ni organizm toksinlardan batamom tozalanmagunicha azoblashi mumkin.

 

Dengiz mahsulotlaridan zaharlanish

Ko‘p hollarda yangi tayyorlangan skumbriya yoki tunets balig‘ini iste’mol qilgan kishida quyidagilar yuzMollyuskalar beradi: ovqatdan so‘ng qichiydigan qavariqlar, ko‘ngil aynishi, ich ketishi,bosh og‘rig‘i paydo bo‘aldi. Teri qizarishi kuzatiladi, og‘izda achishish hissi paydo bo‘lishi, yuz shishishi, bosh aylanishi mumkin.

 

Gap shundaki, skumbriyaning tanasida ko‘p miqdorda gistamin moddasi bor, u allergiyaning alomatlarini keltirib chiqaradi. Alomatlar o‘z-o‘zidan sakkiz-o‘n soatdan keyin yo‘qoladi.


Ba’zi ovqatga toksinlarga ega mollyuskalar (midiyalar va h.k.) tushib qoladi. Ularni tashqi ko‘rinishidan bilib bo‘lmaydi. Kishi mollyuskalar bilan zaharlanganida asab tolalarini falaj qiluvchi zahar hisoblangan saksitoksin moddasi ta’sir qiladi. Ovqatdan keyin 30-60 daqiqa o‘tgach, kishida muvozanat hissi, barmoqlarda va oyoq kaftlarida sezuvchanlik buziladi, bosh aylanadi. Og‘ir holatlarda nafas olish mushaklarini shikastlanadi. Zaharlanish asta
-sekin sustlashadi va o‘tib ketadi, zaiflik bir necha hafta davom etadi.

 

Ta’m beruvchilardan zaharlanish
 
"Xitoy taomlari sindromi” degan atama mavjud bo‘lib, u Xitoy taomlariga ko‘nikmagan kishilarning psevdoallergik reaktsiyasini izohlaydi. Ba’zi bir o‘ziga xos souslarni, krevetka pastasini, qora dukkaklilarni tayyorlashda allergiya alomatlari bilan birga kechadigan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi gistaminga o‘xshash moddalar hosil bo‘lishi mumkin.

 

Zahar – eng qo‘rqinchlisi emas…

Yuqorida aytilganlardan toksinlar va mikroblar bizni har bir ovqat bo‘lagida kutib turganday tuyulishi Sabzavotlarni yuvamizmumkin. Aslida, zaharlanishning oldini olish unchalik qiyin ish emas, bor-yo‘g‘i ba’zi qoidalarga amal qilish kerak xolos. Masalan, tez buziladigan mahsulotlarning saqlanish sharoiti va muddatiga e’tibor qiling, ushbu holatlar buzilgan mahsulotlarni iste’mol qilmang.


Qo‘ziqorinlar yoki sabzavotlarni uyda konserva qilishda ular tuproqdan yaxshi tozalanganiga e’tibor qiling, aynan tuproqda botulizm sporalari bo‘ladi.


Oziq-ovqat qo‘shimchalari va dengiz mahsulotlaridan zaharlanish kam holatlarda uchraydi. Biroq, har ehtimolga qarshi, allergiklar ularni iste’mol qilmagani ma’qul. 

 

Ammo hech kim ko‘ngilsizlikdan kafolatlanmagan, shu bois zaharlanish holatlarida har bir kishi tezkor yordam berish qoidalarini bilishi zarur.

 

Shunday qilib, zaharlanishda nima qilish kerak?Agar ovqatdan zaharlanganlik shubhasi bo‘lsa, birinchi navbatda, oshqozonni tozalash lozim, bu zaharning organizmga singishini to‘xtatadi.Oshqozonni tozalash uchun yarim litrgacha iliq suv ichish va qusib tashlash zarur. Keyin, intoksikatsiyani kamaytirish uchun toza suv ichish mumkin. So‘ngra zaharni shimib oluvchi preparatni qabul qilsa bo‘ladi, masalan aktivlashtirilgan ko‘mir yoki enterosgelni. Va albatta, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Статья / Maqola| Ko'rildi: 4639 | Joyladi: M_A_T_X_X_X| Reytingi: 5.0/1 |
 
 
Barcha Izoxlar:1

1. donni (17:08 Shanba)
ITNI SICHGAN BQQINNI ESA OZI MING DARDGA DAVO BOLADI SHUNI ENGLAR
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Iyun 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.