Peshin, Asr, Shom, Hufton Namozlari
Peshin, asr, shom, xufton namozlari
PESHIN NAMOZI Peshin namozi to‘rt rakat sunnat, to‘rt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat.
To‘rt rakat sunnat quyidagicha o‘qiladi:
1. Niyat qilinadi.
2. Iftitoh takbiri aytiladi.
3. Sano duosi o‘qiladi.
4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib «Attahiyyat» o‘qiladi.
11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. «Allohu akbar» deb to‘rtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura.
15. Ruku.
16. Sajda.
17. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari o‘qiladi.
18. Salom berib namozdan chiqiladi.
Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o‘qiladi. Faqatgina niyat qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining to‘rt rakat farzini o‘qishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura qo‘shilmaydi.
Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o‘qiladi.
ASR NAMOZI
Asr namozi to‘rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining o‘qilishi bir xil. Niyatda «Asr namozining to‘rt rakat farzini...» deyilsa bo‘ldi.
SHOM NAMOZI
Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o‘qilishi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Turib, Fotiha, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat».
11. Turib, faqat Fotiha.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
15. Salom.
Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o‘qiladi.
XUFTON NAMOZI
Xufton namozi to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Xufton namozining to‘rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o‘qilib, faqat niyatda farq bo‘ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida o‘rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda o‘qiladi.
VITR NAMOZI
Vitr namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.
Quyidagi tartibda ado etiladi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat» duosi.
11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.
12. Zam suradan keyin o‘sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.
13. Qo‘l qovushtirilib, Qunut duosi o‘qiladi.
QUNUT DUOSI
[size=10]All`ohumma inn`a nasta’`inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakalu ‘alayka va nusn`iy ‘alaykal xoyr. Kullah`u nashkuruka va l`a nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.
All`ohumma iyy`aka na’budu va laka nusoll`iy va nasjudu va ilayka nas’`a va nahfidu narj`u rohmatak(a). Va naxsh`a ‘az`abaka inna ‘az`abaka bil kuff`ari mulhiq.
Ma’nosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni so‘raymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha ne’matlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonko‘rlik qilmaymiz. Senga qarshi nonko‘rlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz.
Allohim! Biz yolg‘iz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina o‘qiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu’-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating ko‘p bo‘lishini so‘raymiz, azobing-dan qo‘rqamiz. Hech shubha yo‘qki, Sening azobing kofirlargadir.
14. Ruku.
15 Sajda.
16. O‘tirib «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
18. Salom.