QUR'ON MO'JIZALARI - Osmon gumbazining aylanib turishi
13:15
QUR'ON MO'JIZALARI - Osmon gumbazining aylanib turishi
Qayta-qayta tushguvchi (yomg'ir) egasi bo'lmish osmonga qasam(Toriq surasi 11-oyat)
Qur'on mo'jizalari 11. Urg'ochi asalari
(Ey Muhammad), Parvardigoringiz asalariga vahiy — amr qildi: «Tog'larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya solgin.
So'ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson-qulay qilib qo'ygan yo'llardan yurgin!» Uning qornidan odamlar uchun shifo bo'lgan alvon rangli ichimlik -- asal chiqur. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.(Nahl surasi 68-69 oyatlar)
Qur'on mo'jizalari 12. Vaqt mezonining nisbiyligi
Ular sizdan (istehzo bilan Alloh va'da etgan) naqd azobni talab qiladilar. Holbuki Alloh O'z va'dasiga hargiz xilof qilmas. Darvoqe', Parvardigoringiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir.(Haj surasi 47-oyat) U osmondan yergacha bo'lgan barcha ishni tadbir qilib -- boshqarib turur, so'ngra (bu ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizga ming yilga teng bo'ladigan bir kunda (ya'ni qiyomatda) Uning O'ziga ko'tarilur.
I z o h: Islomiy aqidaga ko'ra, qiyomat kuni — kofirlar uchun hisob-kitobning og'ir kechganligi sababli ming yilga, yana boshqa bir oyati karimada xabar berilishicha, ellik ming yilga tengdek tuyular, mo'minlar uchun esa, hadisi sharifda kelganidek, bir vaqt namoz o'qigudek muddat kabi qisqa va oson o'tar ekan. Ana o'sha kunda hayoti dunyoda ro'y bergan barcha ishlar Alloh taoloning dargohiga ko'tarilib, U zot O'zining haq hukmini chiqaradi.(Sajda surasi 5-oyat)
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.