Qur'onning tarixiy mo'jizalari
Alif, Lom, Mim. Juda yaqin joyda Rum mag'lub bo'ldi. (Lekin) ular (ya'ni rumliklar) bu mag'lubiyatlaridan so'ng bir necha yil ichida albatta g'alaba qilajaklar. Avvaluoxir barcha ish Allohning (izmida)dir. O'sha kunda mo'minlar Alloh (rumliklarni) g'olib qilgani sababli shodlanurlar.(Rum surasi 1-4 oyatlar)
I z o h . Rum mamlakati arablarga yaqin bo'lib, rumliklar nasroniy diniga mansub, forslar esa majusiy edilar. Shuning uchun ham forslar g'olib bo'lgani haqidagi xabar Makkaga yetib kelganida, Makka mushriklari quvonishib mo'min-musulmonlarga «Senlar Qur'onga ishonganlariig kabi rumliklar Injilga ishonishadi, forslar esa xuddi bizlarga o'xshab hech qanday ilohiy kitobga iymon keltirishmagan. Mana bugun forslar rumliklarni yengishganidek, yaqinda bizlar ham senlarni yengamiz», der edilar. Shunda yuqoridagi oyatlar nozil bo'lib, mo'minlarga taskini dil baxsh etdi va darhaqiqat u oyatlarning bergan bashorati rost bo'lib chiqdi. Barcha islom ulamolarining nazdida, ushbu oyatlar g'ayb-kelajak haqidagi bu haq xabarni berganligi Muhammad alayhissalom Allohning payg'ambari ekanliklariga, Qur'on esa Allohning kalomi ekanligiga yana bir dalildir.
Davomi bor inshaAlloh...