36. Inson o'zini (bu dunyoda dinu iymonga buyurilmasdan, oxiratda esa qayta tirilib hisob-kitob qilinmasdan) bekor tashlab qo'yilishini o'ylarmi (tama' qilurmi)?!
37. Axir u (bachadonga) to'kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?!(Qiyomat surasi) U sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi, so'ngra undan juftini (ya'ni Havvoni paydo) qildi va sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkizta juftni tushirdi (ya'ni dunyoga keltirdi). U sizlarni onalaringizning qornida uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh Parvardigorlaringizdir. Barcha podshohlik yolg'iz Unikidir. Hech qanday iloh yo'q, magar Uning O'zigina bordir. Bas (ana o'sha zotga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmoqdasizlar-a?!
I z o h: Ushbu oyati karimadagi sakkizta juft chorva hayvonidan murod tuya, mol, qo'y va echkining erkak va urg'ochi jinslaridir. Chunki ulardan har bir jins vakili o'z muqobilidagi jins vakiliga nisbatan juft hisoblanadi. Binobarin mazkur to'rt tur hayvon erkak va urg'ochi bo'lib sakkizta juftdir. Endi ona qornidagi uch qavat zulmat — ona qorni, bachadon va bolaning yo'ldoshidir, bolaning asta-sekin yaratilishi esa uning ona qornida avval nutfa, so'ngra bir parcha laxta qon, so'ngra bir parcha go'shtga aylanib borishidir.(Zumar surasi 6-oyat)
Qur'on mo'jizalari 6. Inson embrion a'zolarining rivojlanishi
(Alloh) sizlar uchun quloq(lar)ni, ko'zlarni va dillarni paydo qilgan zotdir. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar.(Mu'minun surasi 78-oyat)
Alloh sizlarni onalaringiz qornidan biron narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukr qilishingiz uchun sizlarga kuloq, ko'zlar va dillarni berdi.(Nahl surasi 78-oyat)
Qachon biron sura nozil qilinsa, ulardan (ya’ni, munofiqlardan) bo‘lgan kimsalar (masxara qilishib): «Qani, bu sura qaysi birlaringizning iymonlaringizni ziyoda qildi?» deyishadi. Bas, u (sura) iymon keltirgan zotlarning iymonlarini albatta ziyoda qilur va ular shod-xurram bo‘lurlar.
Ammo dillarida maraz bo‘lgan kimsalarni esa dinsizliklariga yana dinsizlik qo‘shur va ular kofir hollarida o‘lurlar.
Ko‘rmaydilarmiki, ular har yili bir-ikki marta baloga – fitnalarga yo‘liqmoqdalar. Shundan keyin ham na tavba qiladilar va na pand-nasihat oladilar.
Qachonki biron sura nozil qilinsa, (u munofiqlar) «Sizlarni bironta (musulmon) ko‘rib qolmadimi?» deb bir-birlariga qarab oladilar-da, so‘ngra (uylariga) jo‘nab qoladilar. Ular (haqni) anglamaydigan qavm bo‘lganlari sababli, Alloh dillarini (Qur’onni fahmlashdan) burib qo‘ygandir.(Tavba surasi 124-127- oyatlar)
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.