QUR'ON MO'JIZALARI - Yomg'ir hosil qiluvchi shamollar
13:56
QUR'ON MO'JIZALARI - Yomg'ir hosil qiluvchi shamollar
Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo'lgan hollarida yubordik, osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni to'plab olguvchi emassiz (balki Biz daryo va ko'llar yaratib, u suvni sizlar uchun to'plab berurmiz).(Hijr surasi 22-oyat)
Qur'on mo'jizalari 25. Miyaning harakatlarimizni yo'naltirib turuvchi qismi
Yo'q! Qasamki, agar u (bunday gumrohlikdan) to'xtamasa, albatta Biz uning peshona sochidan — o'sha yolg'onchi, adashgan peshona sochidan tutarmiz-da, (jahannamga oturmiz)!(Alaq surasi 15-16 oyatlar)
Qur'on mo'jizalari 26. Chaqaloqning jinsi
Va albatta U zot otilib chiqadigan nutfadan erkak-ayol juftlarni yaratgandir.(Najm surasi 45-46 oyatlar) Axir u (bachadonga) to'kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?! So'ngra laxta qon bo'ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, raso (inson) qildi. So'ng undan erkak va ayol juftlarini (paydo) qildi.(Qiyomat surasi 37-39 oyatlar)
Qur'on mo'jizalari 27. Ona qorniga osilib turgan lahta qon
(Ey Muhammad, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo'lmish Parpardigoringiz nomi bilan (boshlab) o'qing!
U insonni laxta qondan yaratgan (zotdir).(Alaq surasi 1-2 oyatlar)
ALAQ SURASI: Makkada nozil bo'lgan bu sura o'n to'qqiz oyatdan iboratdir. Suraning o'qib-o'rganishga va Yaratganning qanday zot ekanini, insonning nimadan yaratilganini anglashga da'vat etuvchi avvalgi besh oyati zaminni osmon bilan bog'lab turguvchi Kalomullohning, barcha insonlar uchun ilohiy dasturul-amal bo'lmish Qur'oni Karimning ilk oyatlaridir, Alloh taoloning so'nggi payg'ambari Muhammad alayhissalomga qilgan ilk ilohiy xitobidir. Suraning keyin nozil bo'lgan oyatlarida inson tabiatidagi bir qusur — o'zini boy-behojat ko'rishi bilan tug'yonga tushishi to'g'risida so'z yuritilib, ana shunday hadlaridan oshgan kimsalar hali Parvardigor dargohiga qaytib, hisob-kitob berishi borligi haqida ogohlantiriladilar. So'ngra o'shalardan biri, o'zining mol-dunyosi va hamtovoqlarining ko'pligiga ishonib haddidan oshgan va Payg'ambarimizga tinimsiz ozor-aziyatlar yetkazgan Abu Jahl (Jaholat otasi) laqabli bir mal'un kofirning kirdikorlari keltirilib, agar u o'zining kufru tug'yonidan qaytmasa, oxir-oqibat duchor bo'ladigan halokati haqida xabar beriladi. Bu surada inson quyuq -- laxta qondan yaratilgani to'g'risida ilk bora aytilgani sababli, uni «Alaq — Laxta qon» deb nomlangandir.
Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.