Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh!
RAMAZON VIKTORINASI
Hurmatli Muslim va Muslima aka-uka va opa-singil dindoshlar! Avvalo barchangizga kirib kelayotgan muborak mohi Ramazon qutlug' bo'lsin deb sizlarni chin ko'nglimizdan tabriklab qolamiz. Ushbu Ramazon oyini muborak bilib, o'tgan yillari o'tkazgan Ramazon Viktorinasini katta tanaffusdan so'ng davom ettirishga qaror qildik va bunda sizlarning duolaringizga muhtojmiz. Umid qilamiz-ki, bu yilgi o'tadigan viktorinamiz iymonimiz va ilmimizga foydalik bo'ladi InshaAlloh!
"RAMAZON VIKTORINASI"ni InshaAlloh muborak Ramazon oyi kirib kelishi bilanoq boshlaymiz. Ushbu loyihamiz bilan bizlar, Islom dinimizni yanada mukammalroq o'rganishga harakat qilamiz inshaAlloh, bu borada bizga Alloh ta'aloning O'zi madodkor bo'lishini so'rab qolamiz. Umid qilamiz-ki o'tgan yillari qilgan dasturimiz tufayli bilmagan narsalarimizni o'rganib, bilganlarimizni takror eslashga muvaffaq bo'lgansiz. Bu yilgi dasturimizda ham bilmaganlaringizni o'rganib, bilganlaringizni takror eslashlaringizga umid bog'lab, Alloh ta'alodan masad va sabr so'rab inshaAlloh avvalgisidan ham ko'ra ko'proq foydaliroq bo'lishligini duo qilib qolamiz.
Bu galgi dasturimizdagi savollar tuzilmasi huddi avvalgisidek bo'lib o'tadi. InshaAlloh bizlar har bir muslim va muslima bilishi shart bo'lgan masalalar borasida Alloh qodir qilganicha savollarni muntazam ravishda tuzib hamda eslashga oson bo'ladigan qilib izohlab beramiz. Bunda esa albatta yana sizlarning duolaringizga muhtojmiz. Savollar juda ham oson, oddiy tuyilishi mumkin, ammo bu savollarni ko'pchiligimiz yaxshi bilmasligimiz, tushunmaslik holatlari ham yuz berishi mumkin. Unday holatlarda savolaringizni Shaxsiy xabar orqali yo'llashingiz mumkin!
"RAMAZON VIKTORINASI 2014"
Bu yilgisi ham avvalgisidek bo'lib savollariminiz Seshanba va Juma kunlari taqdim etamiz va oldingi hafta javoblarini va izohlarini Dushanba va Payshanba kuni sizlarga havola etib boramiz. Bitta o'zgarish bu yilgi savollar variantsiz beriladi.
Seshanba kungi savollarning javoblarini Dushanbagacha qabul qilamiz, Juma kungi savollarning javoblarini esa Chorshanbagacha qabul qilamiz.
Bir haftada 2 marotaba Seshanba va Juma kunlari "Bosh Saxifa" da va instagram.com/islomiyviktorina da savollar berilib boriladi va Bosh Saxifada berilgan savollarning javoblari, ballari shu yerga, Instagramga berilgan savollarning javoblari va ballari instagramga joylanadi. Siz ikkalasida ham qatnashishingiz mumkin! Bir xil ism/nicknameda bo'lsa yana yaxshi, tushunmovchiliklar yuzaga kelmasdi.
Sizlar javoblaringizni IZOH/Comment" orqali Bosh Sahifa va Instagramga qoldirishingiz mumkin bo'ladi. Savollar soni 5 tadan bo'lib har bir to'g'ri javobga Bosh Sahifada 5 BALLdan, Instagramda esa 1 BALLdan beriladi.
Birinchi bo'lib to'g'ri javobni "Izoh/Comment" orqali qoldirgan ishtirokchi G'OLIB deb topiladi Bosh Sahifada. Instagramda ham Ramazon ichida shunday to'g'ri javoblar qabul qilinadi. Ramazondan so'ng u yerda avvalgidek har bir to'g'ri javob qabul qilinadi. Javob va g'olib Dushanba va Payshanba kunlari e'lon qilinadi.
Agar bitta ishtirokchi ikki marotaba g'oliblikni qo'lga kiritsa, u holda o'sha ishtirokchi o'sha haftanin "JUMA G'OLIBI" deb e'lon qilinadi.
Agarda hammadan ko'p ball to'plab, ketma-ket g'oliblikni qo'lga kiritsa "RAMAZON VIKTORINASINI 2014" fahri hamda 2014-yil RAMAZON G'OLIBI deb topiladi.
Ramazon Viktorinasi 2 yildan beri bo'lgani yo'q, sog'ingandirsizlar? Ko'ramiz kim ko'p sog'inganini bergan javoblaringizdan, faolligingizdan. Alloh O'zi foydali va hayrli qilisin! Faol va davomiy bo'linglar, ilm olish qirq farzning eng oxirgisi. Alloh ta'alo Moida surasining 48-oyatida: "Bas, yaxshi amallarga shoshiling" degan ekan. Biz ham mana shoshilyapmiz yaxshi amallarga, oylarning eng muborak oyida, kunlarning eng muborak hayrli kunlarida. Ramazonda shayton zanjirband etilinadi, ilm olish, yaxshi amallar qilish o'zingizning qo'lizda NAFS bilan DANGASALIKNI yengay bilsanggiz bas undan uyog'iga Allohning O'zi har kimga madadkor bo'lsin!
Ramazon Viktorinasining 3-bosqich savollari muborak Ramazonning 4-kuni, (Iyulning 1-kuni)da siz azizlarga taqdim etamiz, inshaAlloh!
Hurmat ila ABDULLOX va AsiRa!
|