2-Bosqich, 2-tur JAVOBLAR!
1- Farz shunday amalki uni Alloh taolo bandalariga qilishni qat'iy ta'kidlaydi. Farz amaliga ishonmagan, unga amal qilmagan kishi kofir hisoblanadi va u amalni besabab qilmagan kishi gunohkor bo'ladi.
a) Harom
b) Vojib
c) Farz
Izoh:
Farz qanday amal?
-Farz Alloh taolo buyurgan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Uzrsiz bajarmagan kishi gunohkor bo'ladi. Uning zarurligiga ishonmagan kishi esa kofir va iymonsiz sanaladi. Ibodati Islomiya
2- Alloh ta'oloning buyurgan buyruqlarini balog'at yoshiga yetgan, aqlni tanigan kishilar qilishi lozim.
a) Balog'at yoshiga yetgan
b) Hamma
c) Balog'at yoshiga yetgan, aqlni tanigan
Izoh:
Farz, vojib, sunnat amallarni qilish va harom, makruh, mustakrah amallarni qilmaslik kimlarga buyurilgan?
-Balog'at yoshiga yetgan va aqlni tanigan kishilarga.
Balog'at yoshidagilar kimlardir?
-Kamolotga yetgan kishilardir. Go'daklar balog'at yoshida emaslar.
Ibodati Islomiya
3- "Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan'abduhu va rosuluh" Bu kalimaning nomi Shahodat kalimasi.
a) Kalimai shahodat
b) Kalimai istig'for
c) Kalimai tamjid
Izoh:
Bu kalimaning nomi Kalimai Shahodat.
"Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan'abduhu va rosuluh". Kalimaning ma'nosi: Guvohlik beraman-ki, Alloh yagona! Undan o'zga iloh yo'q! Va guvohlik beraman-ki, Muhammad Allohning bandasi va Payg'ambaridir (elchisidir) Men ham namoz o'qiyman, Ibodat Islomiya
4-Farz amaliga Allohga iymon keltirish, besh vaqt Namozni o'qish, Ramazonda 1 oy Ro'za tutish, Zakot berish va Haj qilishlar kiradi.
a) Vitr namozi o'qish, fitr sadaqa berish, qurbonlik so'yish, ro'za tutish, yaxshi ishlarni Bismillahir bilan boshlash
b) Alloh taologa imon keltirish, besh vaqt namoz o'qish, ramazon oyida ro'za tutish, zakot berish, qur'oni karimda sajda oyati kelganda sajda qilish
c) Allohga iymon keltirish, besh vaqt Namozni o'qish, Ramazonda 1 oy ro'za tutish, Zakot berish, Haj qilish
Izoh:
Musulmon kishiga farz amallar va ibodatlarning ulug'rogi qaysilar?
Ulug'rogi beshta amaldir.
1-Alloh ta'oloning borligiga, har bir sifatiga va Islom diniga, buyurilgan har bir hukmning haqligiga ishonish.
2-Har kuni besh vaqt namoz o'qish
3-Ramazon oyi davomida har kuni ro'za tutish.
4-Ortiqcha molidan har yili bir marta muhtojlarga zakot berish.
5-Qurbi yetsa, umri davomida bir bora Makkai Mukarramaga borib Haj qilish
Ibodat Islomiya
5- Islom dinida 8 ta amal bor.
a) 8 ta
b) 3 ta
c) 12 ta
Izoh:
Islomda bandaning amali necha qismga bo'linadi?
Hammasi sakkiz qismga bo'linadi:
1-farz 2-vojib 3-sunnat 4-mustahab 5-muboh 6-harom 7-makruh 8-mustakrah. Ushbu sakkiz qism amalning ba'zilarini bajarish shart, ba'zilarni bajarmaslik shart. Yana ayrimlarini qilish-qilmaslik ihtiyoriy. Ibodati Islomiya
RAMAZON VIKTORINASI 2-Bosqich, 2-tur [A'zolar yiqqan ballar]
Ramazon Viktorinasining 2-Bosqich, 2- turning G'olibasi Mahzuna
Qolgan ishtirokchilarning yiqqan ballari:
G'OLIB 1: Mahzuna=25
G'OLIB 2: azizbeksd=25
asmo=20
Kurtlar=20
G'OLIB 3: bibimaryam2012=25
Studio_Uz=20
1234567=25
mahdus86=25
ZinNur=20
Ismyuq=20
_SOJIDA=20
Miss=15
PS: 1- savolning tuzulishi to'g'ri tuzulgan bo'lib, saytga joylanayotgan vaqtida kaminaning e'tiborsizligi sababli ma'lum bir qismi hato yozilib ketibdi. Afsuski buni boshida ko'rmay qolibman. 1234567 nomli nickdagi Foydalanuvchiga katta rahmat aytib qolaman ushbu hatoyimni to'g'irlaganingiz uchun. Boshqalardan esa uzr so'rayman ushbu e'tiborsizligim uchun va inshaAlloh bunday hatolarni takrorlamaslikga harakat qilaman.
ESLATMA!
Hurmatli sayt a'zolari, eslatib o'tamiz. Faqat birinchi bo'lib qoldirilgan IZOH qabul qilinadi. Ba'zi hollarda 1ta nickda 2-3 hil inson javob qoldirishmoqdalar afsuski bunday holatda 1chi Izohdan keyingilarini qabul qilolmaymiz. Maslahatimiz, har birlaringiz o'zingiz uchun ro'yhatdan o'tib, o'z nomingiz bilan izoh qoldirsangiz albatta a'lo bo'lar edi.
Savollarga javob berishingizdan oldin puhta o'ylab, keyin javob qoldirishingizni so'rab qolamiz. Sababi birinchi Izohingiz qoldirilganidan so'ng, u qabul qilindi hisob, keyingi to'g'irlangan ko'rinishidagi javoblar esa afsuski qabul qilinmaydi.