Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Sentyabr » 15 » "RAMAZON VIKTORINASI" 8-Bosqich [JAVOBLARI VA G'OLIB]
"RAMAZON VIKTORINASI" 8-Bosqich [JAVOBLARI VA G'OLIB]
22:35


"RAMAZON VIKTORINASI" 8-Bosqich
                                                                           
                                                                         
                                                                            
                                                                           
                                                                          
                                                                           

                                                                            
                                                                           
                                                                            
                                                                         
                                                                           
                                                                             
P.S.: Bu galgi bosqichni javoblarini vaqtida chiqarolmaganimiz uchun o'z uzurimizni aytib qolamiz, albatta bunga o'ziga yarasha sabablarimiz bor edi. 

8-BOSQICH JAVOBLARI



1- Tarixchilar unga shundek degan "Uning jangavor mardligi jangchilarga quvvat beradi va uning oldidagi barcha imtihonlar ularga arzimas sanaladi, keyin yo'llar u bilan oson bo'ladi". Bu mardlikga sazovor sahoba kim bo'lgan?

a) Xolib ibn Volid (r.a.)
b) Salama ibn Qays (r.a.)
c) Umar ibn Hattob (r.a.)

Izoh:
"Uning jangavor mardligi jangchilarga quvvat beradi va uning oldidagi barcha imtihonlar ularga arzimas sanaladi, keyin yo'llar u bilan oson bo'ladi, deb tarixchilar Salama ibn Qaysga mardlik nishonasini bergan edi.
 (Sahobalar hayotida)

2- Qur'oni Karimdagi eng qisqa suralar keltirilgan qatorni belgilang:

a) Falaq, Nas, Ihlos
b) Nasr, Kavsar, Asr
c) Ihlos, Asr, Falaq

Izoh:

1-NASR SURASI
   
Nasr - yordam. 

Surada Islom dini ravnaq topib, odamlar guruh-guruh bo'lib, unga kirayotgani Allohning ulug' ne'matlaridan ekanligi, buning uchun Allohga shukrona sifatida hamd, tasbeh va istig'for aytish zarurligi bayon etiladi. 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman) 

1. (Ey, Muhammad,) qachonki, Allohning yordami va g'alaba kelganda 

Izoh: Bu oyat bilan Alloh ta'olo o'z Rasuli va Habibiga yaqinda Makka ahlining hammasi guruh-guruh bo'lib Islomga kirishi haqida bashorat bermoqda. 

2. va odamlar to'p-to'p bo'lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko'rganingizda, 3. darhol, Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting va Undan mag'firat so'rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi zotdir!


2-KAVSAR SURASI
   
Kavsar - Muhammad (a.s.)ga atab yaratilgan Jannatdagi bir ajiyb daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. Surada Payg'ambar (a.s.)ga O'zi ato etgan "Havzi Kavsar" ne'mati shukronasi sifatida Namoz o'qish va qurbonlik qilishni Alloh ta'olo Muhammad (a.s.)dan talab etadi. Shuningdek, hasadchi dushmanlar esa bu kabi ne'matlardan mahrum ekanliklari eslatiladi. 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)

1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik.

Izoh: Kavsar so'zining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud ekanligi tafsirlarda bayon etilgan. Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolag'a siyqasi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato etdik, degan ma'noni ham anglatadi. 

2.  Bas, Robbingiz uchun Namoz o'qing va (tuya) so'yib qurbonlik qiling!
3. Albatta, g'animingizning o'zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir. 

Izoh: Sura oxirida Payg'ambar dushmanlarini ta'riflab Alloh ta'olo ular - abtar, deydi. Abtar so'zining ham bir necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg'ambar (a.s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'llab, undan o'g'il farzand qolmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu qisqa sura orqali ularga raddiya berdi.


3-ASR SURASI
   
Asr bilan Alloh ta'olo qasamyod etib, Surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt xislat-iymon, solih amal, haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir. 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman) 

1. Asrga qasamki,
2. (har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir!
3. Faqat iymon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan mustasnodirlar).

Izoh: Asr so'zi arab tilida bir necha mazmunga dalolat qiladi. Jumladan, Asr Namozi, har yuz yillik muddat, Payg’ambarimiz yashagan Asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan Asr so'zidan murod Asr Namozi yoxud Asri Saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan Asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin. Vallohu a'lam. 
 

(Qur'oni Karim tarjimasi)


3- Qur'oni Karimda nechta sura Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan?

a) 7 ta Payg'ambar ismi bilan nozil qilingan
b) 4 ta Payg'ambar ismi bilan nozil qilingan
c) 5 ta Payg'ambar ism bilan  nozil qilingan

Izoh:
Qur'oni Karimda jami bo'lib 5 ta sura Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan bo'lib ushbu suralar: Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)larning ismlaridur.
(Qur'oni Karim tarjimasi)


4- Ushbu Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan Payg'ambarlarning ismlarini ketma-ket to'g'ri kelgan qatorni belgilang:

a) Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)lar
b) Hud, Yusuf, Ibrohim, Yunus, Muhammad  (a.s.)lar
c) Yusuf, Ibrohim, Yunus, Hud, Muhammad (a.s.)lar

Izoh:
Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)lar
(Qur'oni Karim tarjimasi)


5-Qur'oni Karimda nechta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan?

a) 25 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan.
b) 20 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan.
c) 15 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan

Izoh:
Payg'ambarlarning soni qancha ekanligini faqat Alloh ta'oloni O'zigina biladi. Qur'oni Karimda zikr etilganlari soni esa 25 ta bo'lib, bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya'qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Horun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyas, Zakariyo, Yahyo, Alyasa, Zulkirl, Muso, Iso, Muhammad (a.s.)lardurlar.
(Qirq farz)



"RAMAZON VIKTORINASI" 8-Bosqich [A'zolar yiqqan ballar]

RAMAZON VIKTORINASI 8-BOSQICH G'OLIBASI _SOJIDA_



Qolgan ishtirokchilarning yiqqan ballari:

Mercedes: 15

G'OLIB 1: _SOJIDA_: 25

mahsud86: 15

MaHfiYa: 15

Mukhlis: 20

Kurtlar77: 20

Ya_ne_Fanatka: 20

muydinhon: 20

Mario: 20

xadicha_97: 20

shaxa24:20

Toti: 20

P.S.: Afsuski bu yili "Ramazon Viktorina"mizda yil g'olibi aniqlanmadi, inshaAlloh umid qilamiz-ki siz azizlar bilan kelasi yilgi Muborak Ramazon oyiga yetib olsek, albatta Ramazon Viktorinamizda yil g'olibligini qo'lga kiratasiz!

QUYIDA ESA RAMAZON VIKTORINASIDA QATNASHGANLARNING UMUMIY BALLARI VA RO'YHATI:

YUQORI BAL TO'PLAGAN G'OLIBLAR RO'YHATI VA BALLARI:

_SOJIDA_:170 (3 va 8-Bosqich g'olibasi)

Kurtlar77:170 (7-Bosqich g'olibi)

shaxa24:160

Mario:160

Mukhlis: 160 (4 va 5-Bosqich g'olibi)

xadicha_97:145 (1-Bosqich g'olibasi)

Ya_ne_Fanatka:145

MaHfiYa:140

hadicha_2011:135

Toti:125

mahsud86:105
 
Malika_11:105 (6-Bosqich g'olibasi)

Ali1984:50 (2-Bosqich g'olibi)


O'RTACHA BALLAR:

Gk:90

wolfmen7:85
afifa96:80
muydinhon:80
Weyland-Yutani:80

hsher: 75
Andi_JoN:75
imperator:70
islom-islom88:70
Mercedes:65

Studio_Uz:55
dust2:55
Mister_M:50

Bir_Qizcha:50
shoxa16:50
Ukkosha:40
rahshona:40
bahram777:35
minu0707:35
khodzhaev87:35

_HaKiMa_:30
ehe:30
ixvatul_islam:30
NODISH:25
Muslim_1990:25
frenkinshteyn: 25

ENG KICHIK BALLAR:

Abzal:20 
Muhibulloh:20
MaryGold:20
Nashidah: 20
Shadwell:20
sch:20
javlon22:20
Abdurrazzoq: 20
uzbekoyim:20

farkhod_kg: 15
_Momina_: 15


 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 26613 | Joyladi: AsiRa| Reytingi: 5.0/1 |
 
 
Barcha Izoxlar:20

20. holisanlilloh (01:15 Juma)
[color=red][size=18] Assalamu alaykum va rahmatullah va barakatuhu
Uzr lekin, Qur'on Karimdan sabohingiz oz bo'lsa bunday savollar tuzmang

3 va 4 savollar:
___________________________________________________________

3- Qur'oni Karimda nechta sura Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan?
Sura 10 " YUNUS "
Sura 11 " HUD "
Sura 12 " YUSUF "
Sura 14 " IBRAHEEM "
Sura 47 " MUHAMMAD "
Sura 71 " NUH "

(javobdagidek 5 emas balki 6 ta)
______________________________________________

4- Ushbu Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan Payg'ambarlarning ismlarini ketma-ket to'g'ri kelgan qatorni belgilang:

Ketma ketlik
Sura 10 " YUNUS "
Sura 11 " HUD "
Sura 12 " YUSUF "
Sura 14 " IBRAHEEM "
Sura 47 " MUHAMMAD "
Sura 71 " NUH "

19. Ya_ne_Fanatka (17:40 Payshanba)
Man ham Sojidani tabrikliman rostan ham shu viktorinani to'xtatmasak yaxshi bo'lardi bir oyda bir bo'lsa ham mayli. Shunisiga ham rahmat Olloh rozi bo'lsin bilmaganimizni o'rgandik!

18. Kurtlar77 (01:19 Payshanba)
Sojida qizni tabrikleyman Ramazon g'olibi bo'lganiz uchun ilmiz bundan xam ziyoda bo'lsun.
ASIRA shu viktarinani tuxtatib qoldirmasdan davom etirsaz zo'r bo'lardi,hamaga xam bu fikrim maqul kelsa kerak .ALLOH rozi bo'lsun sizdan

17. AsiRa (01:15 Yakshanba)
InshaAlloh tez kunda joylaymiz!

16. Ya_ne_Fanatka (16:06 Shanba)
Nima uchun vikorinada kim g'olib bo'lganini yozmayapsila? Yo bu loyiha esilardan chiqib kettimi?

15. Toti (12:01 Chorshanba)
1) B
2) B
3) A
4) A
5) A

14. 487li (10:32 Dushanba)
1) b demoqchi edim....

13. shaxa24 (09:48 Dushanba)
1)B
2)B
3)A
4)A
5)A

12. xadicha_97 (08:04 Dushanba)
1)b 2)b 3)a 4)a
5)a

11. Mario (07:53 Dushanba)
1) B
2) B
3) A
4) A
5) A

10. muydinhon (06:28 Dushanba)
1-b
2-b
3-a
4-a
5-a

9. Ya_ne_Fanatka (06:04 Dushanba)
1-b
2-b
3-a
4-a
5-a

8. Kurtlar77 (05:04 Dushanba)
1)b
2)b
3)a
4)a
5)a

7. Mukhlis (04:37 Dushanba)
1-b) Salama ibn Qays (r.a.)
2-b) Nasr, Kavsar, Asr
3-a) 7 ta Payg'ambar ismi bilan nozil qilingan
4-a) Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)lar
5-a) 25 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan.


6. Mukhlis (04:34 Dushanba)

1-b) Salama ibn Qays (r.a.)
2-b) Nasr, Kavsar, Asr
3-a) 7 ta Payg'ambar ismi bilan nozil qilingan
4-a) Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)lar
5-a) 25 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan.


5. MaHfiYa (03:25 Dushanba)
uzr Saalama ibn Qays demohchidm

4. MaHfiYa (03:24 Dushanba)
Bismillah
Salama ibn Qya r.a.
Nas.Kavsar.Asr
7 ta payg'ambarlar ismi bn nozil bolgan (vallahua'lam)
Yunus,Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad s.a.v
20 ta payg'ambarlar ismi zikr qilingan
vallahuaalam...

3. mahsud86 (02:25 Dushanba)
Innal hamdulilahi robbil alamin 1c 2 b 3a 4a 5a Vollohu alam

2. _SOJIDA_ (01:38 Dushanba)
1) b
2) b
3) c
4) a
5) a

1. 487li (01:07 Dushanba)
1)A
2) B
3) A
4) A
5) A
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Sentyabr 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.