Ramazonning 6-kuni, Mo'minlar ahloqi haqida
Ro‘zadorlarni iftorlikka chaqirib, dasturxon yozgan kishining haqqiga, albatta, duoi xayrlar qilinadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam iftor qilib bergan kishini shunday duolar bilan xushnud etganlar:
«Uyingizda ro‘zadorlar iftor qilsin. Taomingizni yaxshilar yesin. Huzuringizga farishtalar tushsin («Sahihul jome’us-sag‘ir»);
«Parvardigoro, meni yedirib-ichirgan bandangni O‘zing yedirib-ichirgin» (Imom Muslim rivoyati); "Parvardigoro, ularga bergan rizqingni barakotli qilgin, gunohlarini kechirgin, rahmatingga olgin” Imom Muslim rivoyati
|