Oltmish besh detsibel (dB)dan yuqori bo'lgan doimiy shovqin hamda 80-85 dB darajasidagi shovqinning qisqa vaqt ichidagi ta'siri ham yurak qon-tomir tizimlari uchun xavf tug'diradi, - deydi kardiolog shifokor A.Doletskiy.
- Shovqin organizm uchun stress holatini paydo qiladi, ya'nishovqin kuchayganda qonda stress gormonlari oshib ketadi. Natijada, qon bosimi oshadi, yurak urishi tezlashadi. Periferik tomirlarda spazm hosil bo'ladi. Qon quyuqlashib, xolesterin miqdori oshib ketadi. Agar buning ustiga tamaki tutuni ham qo'shilsa, infarkt va insultga chalinish xavfi ham oshadi.