Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2010 » Noyabr » 10 » "Sidq-Rostgo'ylik" [6-DARS]
"Sidq-Rostgo'ylik" [6-DARS]
21:21



"Sidq-Rostgo'ylik" [6-DARS]

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                






Olloh subhana va taolo Qur'oni Karimda:Ey iymon keltirgan kishilar,Ollohdan taqvo qilinglar va sodiqlar bilan birga bo'linglar.Qur'on Karimda Olloh s.t sodiq kishilar va sodiqa ayollarni,ularga mag'firat hozirlab qo'yganligini va hamda ularga katta darajotlarni hozirlagan kishilarning safida sodiq kishilar va sodiqa ayollarni zikr qildi.Va bu sodiq bo'lishlikni manfa'ati o'zlariga ekanligini ham,mana keyingi oyatda bayon qildi.Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning olib kelgan yo'llari,sidq asosiga qurilgan.Hiraql - Rum hukmdori,Rum mamlakatiga Makkadan savdogarlar jamoasi kelgan vaqtda.Rasululloh s.a.v ning habarlari olamga tarqalgan vaqtda.Shunda Hiraql Makkadan kelgan savdogarlarni chaqirdi.Bu savdogarlarni ichidan talab qildiki,shu payg'ambarni da'vo qilayotgan kishiga nasabda qarindoshroq bo'lgan kishiga.Bu kishi Abu Sufyon edi.Abu Sufyon shu davrda yer kurrasida Rasululloh s.a.v ga eng qattiq dushman bo'lib turgan soat edi.Payg'ambarimiz s.a.v ga yolg'on tuhmatni,agar nisbatlashlik bo'ladigan bo'lsa,hususan Rum hukmdori yer kurrasidagi ikki hukmdorlikni bittasi va kuchlisi edi.Bu yerga ta'siri o'tib qolmasligi uchun,har qancha yolg'on tuhmat gapirishlikka tayor edi.Lekin Abu Sufyonni tuhmat qilishlikka imkoniyat bermaydigan tartibni tuzdi.Hamma kishilarni qator qilib,agar yolg'on gapiradigan bo'lsa,orqadagi kishilar buni yolg'on so'zladi! - dedi deysin deb,o'tqizgan suratda ketma-ket qilib o'tqizdi.Shunda bir necha savollar qildi.10 ta o'zining mashhur savolini berdi.Shu savollardan bittasi,sizlarni nimaga buyuriyapti? - dedi.Ya'ni bu yangi payg'ambarni da'vo qilayotgan kishi,sizlarni nimaga buyuriyapti? - dedi.Abu Sufyon - o'zlari buni hikoya qiladiki,keyin Islomni qabul qilgandan keyin.Agar Rasululloh s.a.v ga tuhmat qilishlikni ilojisini topsam,tuhmat qilardim.Bu yerda - podshohni huzurida kazzob bo'lib chiqishlikdan qo'rqib,to'g'ri gapirishlikka majbur bo'ldim deydi.Shu savollarni bittasi! - Hiraql:nimaga buyuriyapti degan vaqtda,yakka Ollohga ibodat qilinglar,hech bir narsani sharik qilmanglar! Ajdodiylar aytgan narsadan voz kechinglar! - deyapti.Namozga buyuriyapti va *sidq* sodiqlikka buyuriyapti.Poklikka va qarindoshlarga aloqa bog'lashlikka va silai rahm qilishlikka deb.Payg'ambarimizning ashaddiy dushmanlari ham biladigan darajada bo'ldiki,Islom dini sodiqlikka buyurganligini.Demak,sodiqlik bizning dinimizni eng katta ramzlardan bittasidir.Olloh s.t:Ollohdan taqvo qilinglar va sodiqlar bilan birga bo'linglar dedi.Islom asosi sadoqat.Shu sadoqatga buyurishlik,har bir tarihni hamma odam o'zlarini tarihini bir tekshirib ko'rsin.Islomdagi sadoqatdagi - sadoqat bo'lgan emas.Bo'lib ham Rasululloh s.a.v ning davrlaridagi sadoqat - misli ko'rilmagan sadoqat bo'lgan.U kishidan ashoblardan keyin tobeyinlar,ularga yahshilik bilan ergashgan kishilar sadoqat nihoyatda topildi.Ey iymon keltirgan kishilar,Ollohdan taqvo qilinglar va sodiqlar bilan birga turinglar.Bu yerda aytilmayaptiki,o'zinglarni biror-bir o'rinda,ota-onanglarni rioya qilinglar.Yo qarindoshlarni rioya qilinglar,shular bilan birga turinglar,yo o'zinglarni eski qadrdoniylar bilan birga turinglar,shunday degan so'z bo'lmayapti! Ya'ni sodiqlar bilan birga turinglar! Har bir narsada sodiqlar safida birga turmog'likka Olloh buyuriyapti.Biror so'z bo'lsin,hoh amal bo'lsin,shu vaqtda kishi sodiqlar bilan birga turish kerak.Hatto dushmanida bo'lsa ham sodiqlik.Dushman agar haq bo'lgan gapni gapirayotgan bo'lsa,shu dushman tarafida,men shu dushmanni yomon ko'raman,lekin shu da'vosida sodiq,bu to'g'ri aytiyapti demog'lig'imiz kerak.Olloh taolo: ey iymon keltirgan kishilar,adolatni barpo qiluvchi bo'linglar,agarki bu adolatni barpo qilishlik o'zinglarni zararinglarga bo'lsa ham,qarindoshiylarni zarariga bo'lsa ham.Ya'ni qarindoshinglarni ichida ota-onani zarariga bo'lsa ham adolatni barpo qiluvchi bo'linglar.Bu sodiqlikda turishlik misollari Islom tarihida nihoyatda ko'pdir.Shu sodiqlik Qur'oni Karimda aytiyaptiki,agar sodiq turishadigan bo'lsa,bu yahshilik o'zlariga foyda ekanligini. Shu o'rinda o'tgan payg'ambarlar tarihida bo'lgan sadoqat haqida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ashoblarga hikoya qilib berardilar va o'zlarini davrlarida misilsiz suratda sodiqlikni guvohi bo'lindi.Umar ibn Hattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki,Rasululloh s.a.v dan eshitdim deydilar Umar ibn Hattob r.u.Uch kishi sizlardan avvalgi kishilardan safar qilishdida,ularni bir g'orda yotishlikka to'g'ri keldi.Ular g'orga kirishdi va tog'ning tepasidan bir tosh tushib,g'orni bekitib to'sib qo'ydi.Ular aytishdiki,bu toshdan endi sizlarga Olloh subhana va taologa solih amalinglar bilan duo qilishlikdan boshqa narsa qutqarmaydi dedi.Shunda bittalari so'z boshladi.Ya'ni biror bir solih haqiqiy soq - sadoqat bilan qilgan amaling bormi? Shu amalni Olloh subhana va taologa vosita qilib duo qiling.Hudoyo shu amalni o'zingni rizoing uchun qilgan edim.Sodiqlik bilan qilgan edim.Menga najot ber deb,Ollohga duo qilishlikdan boshqa narsa qutqarmaydi dedi.Inson hayotida bir nazar tashlasa,sodiq bir amal qilganligini topa olmaydi.Har kim bir o'zining hayotiga bir nazar tashlasin.Biror - bir sodiq amalni qildimmikan! Biror bir Ollohni rizosi uchun bir yagona bir amal qilib,shuni minnat qilmasdan kelyapmanmi degan savolni bersa,ha - mana bu amalining degan kishilar kam topiladi.Shunchalik kechasi turib ibodat qilib,kunduzi ro'za tutib,yoinki odamlarga muruvvat qilib,shunchalik amallar qilgan bilan insonning bitta - bir sodiq amalining topishi qiyin bo'ladi.Buni agar o'zi bilan Olloh subhana va taologa iltijo qilib o'tirib,ayt bir sodiq amalingni desa,odam o'ylanib qoladi o'ziga.Mana bu kishi,bitta sodiq amalini topdi.Shu amali o'zining davridan keyin ohirgi payg'ambar sallollohu alayhi vasallam,bu kishi o'zlarining ummatlariga hikoya qilib aytib beryaptilar.Bu hadislarda rivoyat qilinib,hadis kitoblarda qolib,bizning davrimizgacha 1400 yildan keyin shu amalning hikoya qilinib,shu amalni havas qilinyapti.Inson agar bitta sodiq amalni qilsa,uning Qiyomatgacha buning ta'siri qoladi.Mana bu narsani tushunmog'lig'imiz kerak.Inson juda ko'p amallarni qiladi.Bir tekshirsa,hammasi bir g'araz boshqa narsalar bilan boradi.O'zining qariya ota - onasi borligini va ulardan ilgari ahlini,yoinki qo'y mollari shularni yedirmaganligini hikoya qiladi.Ya'ni farzandidan ilgari va qo'y mollarini yedirishlikdan ilgari,avval ota - onalarini yedirib,shundan keyin o'zini farzandlariga yedirib - ichirganligini.Va ba'zi bir mashg'ulot bilan ovora bo'lib,ovqatlarini olib kelgan vaqtda,ular uhlab qolganliklarini.Uhlab qolgan vaqtlarda,ularni uyg'otishlikni hohlamasdan,ovqatni qo'lida ko'tarib turgan holatda tong otguncha kutib qolganligini hikoya qiladi.Bolalar shunda qadamimni oldida yolborib turgan holatda tong ottirganligini.Va uyg'otishlikni,bezovta qilishligini hohlamaganligini hikoya qiladi.Shu narsani Ollohni rizosi uchun hayotini ota - onasi uchun bo'lgan hurmatni,Ollohni rizosi uchun o'tkizganligini.Vasila qilib,o'rtada duo qilganligi.Agar shu amalimni qabul qilgan bo'lsang,shu turgan holatimizda najot bergin deb,duo qilishliklarini Rasululloh s.a.v bizlarga hikoya qilib beryaptilar.Va ma'lum miqdorda toshni siljiganligini.Inson bu narsani tekshirib ko'rsa,ya'ni o'zining ota - onasiga ko'rsatgan hurmatining yuqori qismi.Biz o'ylashimiz mumkinki,bu farzandlaridan ota - onalarini muqaddam qilib va o'zini shu holatda ota - onaga hurmat ko'rsatishlik,juda ko'p kishida topilishi mumkin.Sodda amalga o'hshab ko'rinadi bizga.Lekin o'zimizning hayotimizga,ota - onamizga qilayotgan hurmatni bir qarasak,bu bitta amalda sodiq qolishlik,juda kam kishiga nasib bo'ladi.Faqat bir amalni o'zida sodiq qolishilik,juda qiyin.Olloh s.t madad bergan kishilargina sodiq qoladi.Ikkinchi kishi,o'zining amakisining qizi bo'lganligini va bu amakisining qizini nihoyat darajada yahshi ko'rganligini va nafsidan maqsad qilib yurganligini.U - amakisining qizini bundan bosh tortganligini va bir vaqt topib,120 dinor berganligini,o'zi bilan holi bo'lishlik shartiga.Shuncha miqdordagi boylik berganligini va uning qabul qilib,rozi bo'lganligi.Shu o'zinig buzuq maqsadini o'tashlik imkoniyat bo'lgan vaqtda,Ollohdan qo'rq! - degan so'zni amakisining qizidan eshitgan vaqtda.Buzuq ishdan bosh tortib ketganligini.Faqat Ollohdan qo'rqib,sodiqlik bilan shu amalni qilganligini.Shu buzuq amaldan bosh tortganligi,Ollohga sodiqlik bilan shu ishdan bosh tortganligini Rasululloh s.a.v bizga bayon qilib beryaptilar.Va bu kishi: hudoyo shu amalni o'zingning rizoing uchun qilgan bo'lsam,sodiqlik bilan qilgan bo'lsam,shu turgan musibatdan najot bergin bizga deganlarida,tosh yana ma'lum miqdorda,kishilar sig'maydigan miqdorda ochilganligini bayon qilinyapti.Mana bu narsa ham,inson o'zi bilan nafsi o'rtasidagi kurashdagi sadoqat bilan g'alaba qilganligini misolidir.Hayotda agar bir kishi o'ziga savol qilsa,nafsi qattiq hohlagan narsadan voz kechganmi,yo'qmi?! - degan savolga,ya'ni hamma imkoniyatdan bosh tortgan imkoniyat bo'lib turib,bosh tortgan degan savolga o'zi bir savol bersa,bunga ham o'ylanib qoladi.Bir baliqni yoyishlikni hohlagan sahoba,uzoq kasalliklaridan keyin baliq yegilari kelib,nafslari shu bir baliqni yeyishlik,buni nafs hohishi degani ham odam hijolat bo'ladi.Insonning bir taom yeyishligi shariatga muvofiq narsa bu! ana bu narsani yemoqchi bo'lganlarida,Rasululloh s.a.v ning hadisi muboraklari esiga kelib,agar bir kishi o'zi hohlab turgan narsani,boshqa bir birodariga marhamat qilsa,shu Do'zzah o'ti harom bo'ladi degan hadislari esiga kelib,shuni mendan ko'ra muhtojroq falonchiga olib beringlar deganliklari.Shunda oiladagi kishilar,siz yeng!? - biz u kishiga ham hozirlaymiz deganlarida,yo'q masala unda emas.Payg'ambarimiz s.a.v: o'zining nafsi ishtihoh qilgan narsani boshqa kishiga iysor qilsa,Do'zzah o'ti unga tegmaydi deganlar.Shu hadisni menga imkoniyat qilishga hech hayotimda bo'lmagan edi.Mana shu davr,hozirgi soat amal qilishlikka davr.Men shuni amal qilmoqchiman degan ekanlar.Insonga ham bir imtihon davri keladiki,shu o'zining nafsi hohlagan narsa - hohlab turib,shu narsani boshqasiga ilinadigan davr,bir marta yo ikki marta kelishi mumkin.Lekin biz shu qulay fursatdan foydalana olamizmi,yo'qmi?! - Olloh biladi.Mana bu insonning nafsi ishtiho qilib yurgan narsani,davrlar o'tib imkoniyat bo'lib qolgan vaqtida,shunda nafsi hohlagan narsadan voz kechishlikning misolidir.Shunda sodiq kishilargina Olloh s.t najot beradi.Uchinchilari,bu bizni davrimizdagi kishilar,bu imtihondan chiqa olmaydigan misol bo'lsa kerak.Lekin buni yozib bildirib qo'yaveramiz.Bu hozirgi iqtisodiy tanglik haqida.Kishilar tamomiy (Olloh saqlasin) hozirgi davrda faqat iqtisodni borib-borib dinsizlarga o'hshagan asosiy masala qilib ketayotgan soatda,bu imtihondan chiqadigan kishilar,juda kam bo'lsa kerak.Va biz eng muhtoj bo'lgan misol ham shu bo'lsa kerak.Bu Qiyomatgacha bo'lgan,uchov surat topilaveradi.Ishonavering tarihda shunday sodiqlik kishilar bo'lgan.Rasululloh s.a.v hikoya qilib beryaptilar.Umar ibn Hattob r.u rivoyat qilyaptilar.Imom Buhoriy va Imom Muslim o'zlarining jome-us sahihlarida keltiryaptilar.Muttafaqun alayh bo'lgan hadis.Men bir necha mardikorlarni ijaraga olgan edim.Ularning hizmat haqlarini bergan edim.Lekin bir kishi o'zini haqqini olmasdan ketib qolgan edi.Uning hizmat haqqi menda qolgan edi deyapti.Bu qolgan haqqini zoe bo'lmasin deb,ko'paytirib qo'ygan edim.Ya'ni nima qildi? ba'zi rivoyatlar,bu hadis sharhida keltiriladi.Bo'g'oq yoki qo'y yoki bir mol olib qo'yganligini rivoyat qilinadi.Shu narsa ko'payib-ko'payib mollar ko'payib ketdi.Ma'lum bir davrlardan keyin keldi.Ey Abdulloh! meni haqqimni o'tab qo'ygin dedi.Shar'iy hukm shuki,bir odamni moli qolgan bo'lsa,shu molini agar o'zini berib qo'ygan bo'lsa,haqqini o'tab qo'ydi deb,so'ragan narsasi shu haqqimni bergin dedi.Agar shu haqqi turgan bo'lsa,shuni o'tab qo'yishlik,shar'an uni haqqini o'tagan bo'ladi.Ko'rib turgan tuyalar,mollar,qo'ylar va mana bu hizmatida turgan qullar ham seni haqqing dedi.Ey Abdulloh! meni mashara qilmagin dedi.Men sendan haqqimni so'rayapman.Meni mashara qilma dedi.Aytdiki,men mashara qilayotganim yo'q.Bu sababini bayon qildi.Va mollari,hamma narsalarni olib ketdi,sababini eshitgandan keyin.Haydab ketdi,biror narsani qo'ymasdan.Shu narsani sodiqlik bilan seni rizoing uchun qilgan bo'lsam,bizni boshimizga tushgan musibatga najot birgin dedi.Olloh s.t ularga najot berdi.Tosh siljidi va shu hammalari sig'adigan suratda bo'lib,uchovlari chiqib ketishdi.Hayriyatki,bu g'orni ichida sodiq uch kishi qolgan ekan.Demak bu narsa sodiqlar bilan birga bo'ling.*Ey iymon keltirgan kishilar,Ollohdan taqvo qilinglar va sodiqlar bilan birga bo'linglar*.Bu dunyo g'orida qolganizda,bu hozirgi turgan dunyoda faqat sodiqlargina najot topadi.Safarda sodiqlar bilan birga bo'ling.Hayotda sodiqlar bilan birga bo'ling.Olloh s.t najot beradi.O'zingizni imkoniyatingiz yo'q bo'lgan soatda,Olloh s.t ga sodiq amalingiz bilan murojaat qiling,Olloh najot beradi.Najot berganda ham,shunday najot deradiki,1400 yildan keyin odamlar bu amalni havas qiladigan bo'lib najot beradi.Biz juda ko'p misollarni keltirishligimiz mumkin. Bu hadisi sharifni uzun bo'lganligi uchun va biz keraklik joyini qisqacha qilib aytamiz.Abdulloh ibn Ka'b ibn Molikdan rivoyat qilinadi.Bu kishi Abdulloh ibn Ka'b ibn Molik,Ka'b roziyallohu anhuning farzandlarini ichida Ka'b ibn Molik ko'zlari amo bo'lib qolganda,yetalab yurgan farzandlari edi.Bu farzandlari hikoya qilib,bizga aytadilarki,Ka'b ibn Molik dadamdan.Menga shu narsani habar berganliklarini,men o'zim eshitdim deydilar.Tabuk g'azotida Rasululloh s.a.v: kim Ollohga va Qiyomat kuniga iymon keltirgan bo'lsa,Madinada ramazon oyida hozir bo'lsin dedilar.Tabuk g'azoti,bu Payg'ambarimiz s.a.v odati sharifalari.Biror bir g'azotga ketayotsalar,bekitib ketardilar.O'zlari bu tarafga ketmoqchi bo'lsalar,ko'rinishda bu tarafga chiqqan bo'lib,keyin Madinaning adirlari atrofidan burilib,bu tarafga yurib ketardilar.Munofiqlarning,Mushriklarning dushmanligini ko'pligidan.Ammo Tabuk g'azoti,bir oylik uzoq masofa bo'lganligi uchun.Ramazon sharifning og'ir kunida bo'lganligi uchun.Va Madina ahlining asosiy tirikchiligi hurmo dehqonchiligi bo'lganligi uchun,shu hurmoning pishib turgan vaqtida ketishlik safari bo'lganligi uchun,e'lon qildilar.Shu Tabuk g'azotida,maqsadlarini ochiq bayon qildilar.Olloh s.t sahobalarni qattiq imtihon qildi,Tabuk g'azoti bilan.Ramazoni sharif issiq havo,hamma hurmosi pishishligi bilan,bunga qancha narsalar bilan bog'lab buni sotsa,savdo qilsa,shu soatda buni foydalanadigan yillik daromati shu edi.Mana shu soatda Tabukga ketishlikka buyurdi.Bu asosiy tirikchiligi shu bo'lgan kishilarga og'ir imtihon.Magar,sahobalar bunda muvaffaqiyatli chiqadigan kishilardir.Agar har qanday soatda kishilar haftada bozoridan qoladigan bo'lib qolgan vaqtda,bu narsadan voz kechib yuboradi.Bizning hozirgi vaqtdagi musulmonchiligimiz,tirikligimiz yahshi yurib turganligi uchun bo'lsa kerak Ollohu A'lam.Ammo biror bir kishiga musibat yetib qoladigan bo'lsa,musibat ham emas,moliga musibat ya'ni.Uning tili bilan aytganimizda faqat.U jasadiga biror bir zarar bo'lsa,u kishini topa olmaymiz.Odatdagi daromatidan kamayib qoladigan bo'lsa,shu vaqtda voz kechib yuboradi.Mana bu o'zingizning tarihdagi kishilarga bir taqqoslang.Ahli Jannatlar mana bular.Menda ham biror-bir shularga o'hshaydigan amal bormi?! - deb o'zingizni bir taqqoslang.Ammo biz Jannatning eng yuqori qismi,bizni ruhsatimiz bilan kiradigan da'vodek,bu so'zni aytmasak ham,shunday da'vo bilan ketyapmiz.Ka'b ibn Molik Tabuk g'azotidan,ya'ni biror g'azotda deydilar Ka'b ibn Molik,qolgan emasman.Hamma g'azotda Rasululloh s.a.v bilan ishtirok etganman.Ko'ryapsizmi,hamma ishda ishtirok etgan,Tabukda qolganlar.Lekin Badrda uzr bilan qolganliklari ma'lum.Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan kishilar chiqib ketdilar.Kim uzr aytgan bo'lsa,zohiri bilan kifoyalanib,uzrlarini qabul qildilar.Qori aka:ba'zi vaqtda men bir o'zim ta'sirlanaman.Umumiy tilda aytaman shu narsani.Tushumda Tabuk g'azotida uyimizning hovli tomonimiz ochiq.Shuning uchun men qolib turmasam,uyimizga har hil hujumlar bo'lib qolishi mumkin deyishgan.Qur'oni Karim: u,uylarini atrofi ochiq emas.Shu qochishlikni maqsad qilishyapti! - deb Olloh taolo bayon qilyapti.Menga ham ba'zi vaqtda bir savol bo'lib qolganki,biror-bir diniy hizmatni,o'zimni boshimdan o'tgan narsani aytmoqchiman.Bir hizmatni ba'zilarga buyurgan vaqtimizda,uyimiz devori ochiq degan vaqtda,shu oyat esimga keladi.Nahotki odam ham shunday dermikan deb,o'ylardim men.Uyimizni orqasi ochiq,shuning uchun men sal hozir,bu ishni qila olmayman.Bu diniy hizmat yo g'azot bir boshqa ish emas.Oddiy bir diniy hizmat bo'lganda,nahotki odam: uyimizning orqa tarafi ocniq dermikan deb o'ylardim.Lekin shu narsani Alhamdulillah hayotimda eshitdim.Shunday deganlarga darrov ruhsat berdilar Payg'ambarimiz s.a.v. Bu Ka'b ibn Molik kim? *laylatul Aqaba*da ishtirok etgan kishi.*Laylatul Aqabada* Rasululloh s.a.v bilan og'ir holatda birga bo'lganlar.Hullas,Tabuk g'azotida uch kishi qoldi holos.Boshqa munofiqlar ham qoldi.Lekin uch kishi yolg'on uzr aytib qoldi.Payg'ambarimiz s.a.v birovni yolg'on yoki rost so'zlaganiga qaramasdilarda,zohirda uzr bor deb,shundan uzrini qabul qilardilar.Shulardan bittalari Ka'b ibn Molik.Payg'ambarimiz s.a.v Tabukga ketdilar.Ka'b ibn Molik qoldilar.Lekin Payg'ambarimiz s.a.v Tabukdan katta g'animat bilan ,g'alaba bilan qaytdilar.Jang bo'lmadi.Olloh s.t mushrik,kofirlarni qalbiga haybatni soldida,Payg'ambarimiz s.a.v ga,sahobalarga katta imtihon bo'lgan edi.Ular imtihondan muvaffaqiyat bilan chiqishdilar.Madinaga qaytib keldilar.Madinaga qaytib kelganlarida,Payg'ambarimiz s.a.v ning oldiga kelganlarida,shu bir yolg'on bilan uzr aytib qo'ysalar,yolg'onni so'zlasam,qabul qilaverardilar.U kishining g'azablaridan chiqib ketaverardim.Ya'ni bu kishi nihoyatda munozir kishi edilar.Payg'ambarimiz s.a.v ga aytdilarki,men hozir Payg'ambarimiz s.a.v ning oldilaridan qutulganim bilan,Ollohning huzurida qutulmayman dedida,o'zim sadoqat bilan gapiraman,to'g'risini aytaman dedilar.Payg'ambarimizning oldilariga keldilar.Rivoyat qilinishicha,80 dan ko'proq kishi uzrlarini bayon qildi.Zohirdagi uzrlarini qabul qildilarda,haqlariga istig'for aytdilarda,qalblarini Ollohga topshirdilar.Men kelgan vaqtimda,shu to'g'risini aytishlikka o'zim ahd qildim deydilar.Va aytdilarki,Yo Rasululloh,agar dunyo kishilardan bironta odamni oldida o'tirganimda,biror-bir so'z bilan men qutulib chiqib ketardim.Lekin men shu yerda rostini aytamanki,menda hech qanday uzr bo'lgan emas.Tabuk g'azotidan qolishlikdan dedilar.Rasululloh s.a.v aytdilarki,ammo bu to'g'ri aytdi dedilar.Ollohni hukmi nima bo'lsa,shu tur o'rningdan dedilar.Bu kishi juda qattiq azob tortdilar.50 kun hech kim gapirmadi.50 kun oilalari gapirmadi.Oilalarining hizmat qilishlikdan Rasululloh s.a.v ma'n qildilar.Biror-bir kishi hattoinki,amakilarining o'g'illarini eng yahshi ko'rardilar.U kishiga salom bersalar,salomlariga javob qaytarmadilar ham.Bilmaymanki,labini qimirlatdimi,yo'qmi deb,rivoyat qiladilar.Lekin sodiqlik bilan 50 kun juda qiyin azob tortdilar.Hatto Ka'b ibn Molik nihoyatda gapga usta,mo'tabar kishilardan edi.G'assonni podshohidan maktub keldi.Maktub keldiki,siz birodaringizga ma'qul bo'lmay qolgan bo'lsangiz,bizga ma'qulsiz.Keling nihoyatda sizga hamma narsa tayor dedi.G'asson podshohi mushrik edi.Ka'b ibn Molik aytdilarki,bu ham menga imtihon dedimda,buni tandirga solib ,yoqib yubordim dedilar.Inson biror kishidan sodiqlik bilan g'amgin bo'lib turganda,sodiqlikning jazosini tortganda,kazzob haridor chiqadi.Kazzob haridor chiqqanda,shunday o'tganligiz,tamomiy bu imtihondan yiqilasiz.Sodiqlik bilan 50 kun Payg'ambarimiz s.a.v ning oldilariga kelib,salom bersam,alik oldilarmi,olmadilarmi bilmayman.Shunday holatda qoldim dedilar.50 kundan keyin Payg'ambarimiz s.a.v ga 3 kishi sodiq bo'lganligi uchun,Olloh s.t tavba oyatini nozil qildi.Olloh Tavbalarini qabul qilganligini bayon qiluvchi oyatni,3 kishi haqida nozil qildi.Rasululloh s.a.v bu davomni yetkazishlik uchun,bir kishini jo'natdilar.Shu uch kishi habardor qilishgandan keyin.Ustilaridagi liboslarini yechib kiyg'azib qo'ydilar.Shundan boshqa libosim yo'q edi deydilar.Payg'ambarimiz s.a.v ning huzurlariga keldim.Yuzlari hursand bo'lganlaridan,oftobdan ham yuzlari chiroyli bo'lib ketardi.Shunday chiroyli holatda turibdilar.Shunda yo Rasululloh,bu sizni huzuringizdanmi yo Ollohni huzuridanmi dedilar.Ollohni huzuridan dedilar.Inson sodiqlik mukofotini osonlikcha olmaydi.Davrlar o'tishligi mumkin.Sodiq fikrda,sodiq amalda mahkam turgan kishi,davrlar o'tishligi bilan sekin-asta borib-borib Olloh tarafidan mukofotini oladi.Lekin ungacha,bu imtihonga tushgan odamlarni kami najot topadi.Olloh s.t: ey iymon keltirgan kishilar,Ollohdan taqvo qilinglar va sodiqlar bilan birga bo'linglar! Hozirgi rivoyatda aytilganday,3 kishi sodiq qolgan edi.Qolganlar hammasi munofiq shunday bo'lib ketgan edi.Sodiq qolishligi bilan Olloh s.t shu surani nomini tavba surasi qildi.Uchovlarini tavbasi qabul qilingan.Qiyomat kunigacha tilovat qilinib qoldi.Mana mukofotini bu tarafini olib ko'rsangiz,40 kunda tortgan musibat va qiyinchilik hech qanday qiyinchilik bo'lmaydi.Shuning uchun har bir amalda biz tekshirmog'lig'imiz kerakki,bu ish ko'pchilik tarafi bo'lyaptimi!? Ozchilik,bu bizni hisobimizda bo'lmasligi kerak.Qarindoshlar so'zidami,buni hisobi bo'lmasligi kerak.Yo eski birodarlar shu gapni aytiyaptimi,buni hisobi bo'lmasligi kerak. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan *Laylatul Aqaba*da ishtirok etgan Ka'b ibn Molik,biror-bir g'azotda qolmagan.Ka'b ibn Molikni uzri bo'lmadi,kechirmadilar.Olloh o'zi kechirgandan keyin,bu tavba oyatini bayon qildilar.Demak eskitdan bu odam,shu diniy Islomga hizmat qilib kelib,men bilan birga edi demadilar.Sodiqlar bilan birga bo'ldilar.Inson 99 kun birga bo'lgan odam bilan,u kizib bo'lsa,noto'g'ri bo'lsa,sen men bilan doyim birgasan.Lekin hozir sen nohaqsan deya olishligi kerak.Chunki Olloh taolo bizga eski qadrdonlar bilan yoinki,qarindoshlar bilan yo ota-onalar bilan yo boshqalar bilan birga bo'linglar demayapti.Yo mahallalar bilan birga bo'linglar demayapti,yo ko'pchilik bilan birga bo'linglar demayapti,yoki dunyosi ko'p bo'lgan odamni fikrida bo'linglar demayapti,yo kambag'allar bilan birga bo'linglar demayapti,yoinki bir olim bo'lgan kishilar bilan birga bo'linglar demayapti,yoinki martabasi baland bo'lgan zo'ravonlar bilan birga bo'linglar demayapti.Sodiqlar bilan birga bo'ling deyapti.Sodiq agar kichkina bola bo'lsa,shu sodiq bilan birga bo'lishimiz kerak.Sodiq agar badavlat kishi bo'lsa,shu bilan bo'lishligimiz kerak.Sodiq agar kambag'al bo'lsa,shu bilan birga bo'lishimiz kerak.Bizni davrimizda kambag'al parvarlik ruhi paydo bo'lgan.Biz kambag'al parvarlik ruhini noto'g'ri deb bilamiz.Nimaga kambag'al parvar bo'lishlik,nima uchun doim kambag'al haqiqatchi bo'laveradi.Nima uchun badavlat noto'g'ri fikrda bo'laveradi doim.Bu bizga dinsiz falsafaning ta'siri bo'lgan.Biz kambag'al parvar ham bo'lmaylik,biz boy parvar ham bo'lmaylik,biz qarindosh parvar ham bo'lmaylik,biz haq parvar,sodiq parvar bo'lmog'lig'imiz kerak.*Olloh taolodan qo'rqinglar va sodiqlar bilan birga bo'linglar* deyapti Olloh taolo.Endi bu sodiqligimiz o'zimizga manfaat.Shuning uchun Abdulloh ibn Mas'ub r.u dan rivoyat qilingan hadisi sharifda.Muttafaqun alayh bo'lgan hadis.Sadoqat,to'g'rilik,yahshilikka yo'llaydi.Ko'p yahshilikka sidq yo'llaydi.Ko'p yahshilik,Jannatga yo'llaydi.Kishi ertalab tursa,sodiq bo'lib turib qolmaydi.Qanday qilib sodiq bo'laman deb,inson harakat qilsa,ertalab tursa,shu bilan sodiq bo'lib qolmaydi.Kishi bitta-bittadan sodiq bo'ladi.1.So'zida sodiq bo'ladi.2.Muomalasida sodiq bo'ladi va har-bir amalda,o'zining sodiqlikka harakat qiladi.Hatto Ollohning huzurida,siddiqlar safidan kitobot qilinib qoladi.Yolg'on,kazzoblik ham,ertalab tursa,birdan kishi kazzob bo'lib qolmaydi.Kizib fujurga gunoh yo'liga yo'llaydi.Gunoh yo'li,Do'zzahga o'tin bo'lishlikka yo'llaydi.Kishi bittadan yolg'on gapira boshlaydi.Hatto Ollohni huzurida kazzoblar safidan o'rin oladi.Shuning uchun biz,shu sohada hattoinki muomala va so'zlash har-bir narsada siddiqlikni lozim tutishligimiz kerak.Biz hozirgi vaqtda muhtoj bo'lgan narsamiz shudir.Islomiy ahloqlarga hammasiga muhtojmiz.Rasululloh s.a.v davrlarida,ko'p kishi shahid bo'lsin,duo qilay derdilar.Olloh s.t dan shahodatni bir kishi so'rab yurgan bo'lsa,sadoqat bilan so'ragan bo'lsa,to'shagida vafot qilgan bo'lsa ham shahidlarning manzilini Olloh taolo unga beradi.Sidq shunday amalki,bir kishi sodiqlik bilan biror-bir joyda yahshi amal bo'lgan bo'lsa,sodiqlik bilan niyat qilgan bo'lsaki,men shu amalda bo'lmabman deb attang qilib,orzu qilib,sodoqat bilan niyat qilsa,shu amalning qilganlarning safidan o'rin oladi.Gunoh ham shunga o'hshagan.Gunoh ish bir joyda bo'ldiyu,g'oybdan ko'rmaydigan joyda bo'ldiyu,shu gunohda men ham bo'lmabman deb,qalbidan shuni havas qilgan bo'lsa,shu gunoh yoziladi.Agarki qilmagan bo'lsa ham.Sidq insonning yahshilik va yomonlikka yetishlikka sabab bo'ladi.Qur'oni Karimda shu nuqta bilishimiz kerakki,sodiqlar bilan bo'linglar degan o'rinda,alohida sodiq kishilar va sodiqa ayollar deb keltirilganligi,bu narsa alohida ayollarning ham zikrlar qilinganligi,sidq bu nihoyatda Islomning asosiy ramzlari ekanligiga dalolat qiladi va sodiq kishilar va sodiqa ayollar.O'zi,hukm bir o'rinda ayollar tobe' bo'ladigan bo'lsa,er kishilarning o'zi zikr qilinadi.Lekin alohida zikr qilinishligi,bu - sidq,Islomning ahloqlari ichidagi eng avvaldagi o'rindan-o'rin olgan Islomiy ahloqlardandir.Olloh s.t hammamizni ham bu Islomiy ahloq bo'lgan sidq yo'lga yo'llasin.Payg'ambarimiz s.a.v sidiqqa bir narsani bir qonun qilib qo'ydilarki,shu qonun bilan darsimizni tamomlaymiz.Qaysi sodiqlik bu o'zi bilan Ollohning o'rtasidagi sir birodar.Sidq ishni qilmaganizdan keyin,hotirjamlik yo'qoladi sizda.Agar sodiq bo'lsangiz,hotirjam bo'linglar.Shubha qilgan narsangni tashlab,shubha qilmagan narsangga o'tib ketaver dedilar.Chunki sidq hotirjamlikdir.Sodiq bo'lgan odam,hotirjam bo'ladi.Har qanday dovyurak odam,kizib bo'lgandan keyin qaltirab qoladi.Biz nima uchun qaltiraymiz? haqiqiy qalb bilan shahodatni Ollohdan so'ramaganmiz.Shahid bo'lishlikni sodiqlik bilan so'ramaganmiz.Shuning uchun shu narsa qo'rqitadigan narsa.Muomalada sodiq emasmiz.Guvohlar hozir bo'lishdan qo'rqamiz.Bular hammasi sodiqlik yo'qolgandan keyin odamda hotirjamlik yo'qoladi.Har qancha jismoniy dovyurak bo'lsa ham.Ammo jismoniy zaiflik har qancha bo'lsa,sodiqlik bo'lsa,undagi hotirjamlik,dovyuraklikni o'lchab bo'lmaydi.Payg'ambarimiz s.a.v: sidq bu hotirjamlikdir.Yolg'on shubhadir.Doim hadibsirash,shubhadan iboratdir.Sidq nima degan savolga,mana shu javob bo'ladi.Olloh s.t bugungi darsimizdagi sidq ahloqni hasib qilsin.Olloh s.t bizlarni sodiqlar bilan birga bo'lishlikka buyuribdi,bizni ham sodiqlar bilan bo'lishlikni nasib qilsin Ollohu Akbar.

 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 5339 | Joyladi: Abdullax| Reytingi: 5.0/1 |
 
 
Barcha Izoxlar:3

2. BOSS-07 (15:52 Juma)
alloh rozi bulsin domladan salom rayhon mani tanidimi sandan iltimos wu maruzalani ewitgan busen amal qiliwga harakar qil allohdan qurq san aldadim digani bilan aslida uzini aldab yuribsan alloh kurguv4i va biguv4idir alohdan tavfiq varuwti hidoyat tilab qolaman amiiin.

1. rayhon5 (23:41 Chorshanba)
OLLOH rozi bo'lsin hammamizi pesh qadamlardan qilsin qabr azobidan do'zah azobidanOLLOH saqlasin

3. BOSS-07 (16:00 Juma)
salom rayhon 5 manga jaob ber mani tanigandirsan lekin hudo haqqi sandan dilim yomon ogridi manga tel qil qiyomatga qlmasin
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Noyabr 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.