Presbyterian gospitalida 3 oydan beri davolanayotgan 14 yashar Chelsi ismli qiz yotgan xonaning eshigi yonida yorqin nur taratib turgan farishta haqida ko'pchilik eshitishga ulgurgan bo'lsa kerak... Bemor qiz tug'ilish muddatidan 5 ihafta lgari tug'ilgan bo'lib shu yoshga qadar salomatligi og'ir bo'lib kelgan ekan. Bemor qizning onasiga doktorlar "Biz qo'limizdan kelganini qildik, boshqa yordam bera olmaymiz" deyishgach ayol tushkunlikka tushib boshqa xonada o'tirganida singlisi uni chaqirib qoladi. Qizning onasiga gospitaldagi kamerada tasvirga tushib qolgan juda ham yorqin mavjudotni ko'rsatishadi. Ayol esa lol qolib axir bu farishtaku deb yuboradi. Monitor yoniga yig'ilib kelishganlarning ayrimlarti tasvirni ko'rib yig'lab yuborishadi.
Shundan so'ng Chelsining ahvoli yaxshilanib bordi. Ona ham shuncha yildan beri endi taskin topgandek bo'ldi.
Ona: Shu paytgacha bunchalik yorqin va go'zal mavjudotni ko'rmagan edim.
Navbatdagisi esa bir yigit mobil telefonida birinchi marta sinash uchun videoga olayotganda tasodifan tushib qolgan. Video xira chiqqan, lekin u yerda ham nur sochib turgan 2 mavjudotni ko'rish mumkin. Biri tomning yuqorisida qoladi, ikkinchisi esa uyning ichkarisiga qaysidir kvartiraga kirib ketadi. ikkinchisi qaytib chiqqach, ikkovi birga uchub ketadi. Keyinchalik aniqlashlaricha shu paytda bir bola olamdan o'tgan ekan.
|