Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2010 » Dekabr » 3 » "Tavhid" [8-DARS]
"Tavhid" [8-DARS]
20:34



"Tavhid" [8-DARS]

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                   



Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

Alloh subhana va taolo: Inson va jin toifasini faqat o'zimgagina ibodat qilishlik uchun yaratdim deb,bu oyatda inson bilan jinning asli yaratilishidan bo'lgan maqsadni bayon qilyapti.Demak,inson bilan jinning yaratilishidan asl maqsad ibodat! Ibodat - bu tavhiddir.Chunki o'tgan payg'ambarlar bilan ummatlar o'rtasidagi kelishmovchilik mana shu tavhid asosida bo'lgan.Shuning uchun bu tavhid ibodatning tub mag'zidir va asl ibodatdir.Tavhid go'yoinki ibodat tutgan o'rni agar misol joiz bo'lsa,tahorat namozga nisbatan tutgan o'rnini oladi.
Namoz har qancha ko'rinishlikda chiroyli bo'lsa,tahorat bo'lmasa bu namoz bo'lmaydi.Shunga o'hshagan ibodatlar ko'rinishlikda har qancha chiroyli bo'lsa ham,tavhid bo'lmasa tahorat bo'lmaydi.Go'yoinki tavhidning aksi bo'lgan shirk,bu najas manzilatidaki,najas tekgan narsa libos nopok bo'lganga o'hshagan.Najas tushgan suv har qancha toza suv bo'lsa ham,najas tushishligi bilan nopok bo'lganga o'hshagan.Bu ibodatga shirk najasi tushishligi bilan u ibodat har qancha ko'p bo'lishligi bilan ibodat barbod bo'ladi.
Olloh taolo: Agar shirk amalini qilsa,qilgan amallarning hammasi habata bo'ladi.Har qancha ko'p yahshi amallar bo'lsa ham,shirk amali sodir bo'lishligi bilan bu amal hammasi barbod bo'lganga o'hshagan.Har qancha shirin suyuqlik bo'lsa ham,unga bir shirk ya'ni bir ozgina najas tushib qoladigan bo'lsa,nopok bo'lganga o'hshagan.Shuning uchun biz o'zimizni odatlarimizda bo'lgan ba'zi-bir shirklarga to'htalib o'tmoqchiman.Rasululloh s.a.v aytdilarki,men sizlarning ustingizda qo'rqadigan narsamning eng qo'rqinchlirog'i shirki asg'ar (ya'ni kichkina shirk) dedilar.Payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallam kimlarni ustida qo'rqitdilar.Tamomiy bashariyatning tog'asi bo'lgan sahobalarga hitob qilib aytiyaptilar.Sizlarning ustinglarda deb sahobalarga hitob qilyaptilar.Demak sahobalarni ustida Rasululloh s.a.v shirkdan qo'rqgan narsalarni eng qo'rqinchli narsalari bo'lsa,boshqa ummatni holiga voydir.Undan tashqari qo'rqgan narsalari kichkina shirk dedilar.Kichkina shirkdan qo'rqitdilar.
Ya'ni katta shirkdan ashoblarning salomat ekanliklariga qisman bir dalolat qiladi bu so'z.Lekin kichkina shirk qo'rqinchliroq dedilar.Kichkina shirk nima? - deb so'rashganlarida,rio dedilar.Biz o'zbek tilida qo'pol qilib tarjima qilganimizda ho'jako'rsin.Mana bu narsa kichkina shirkdir.Shundan qo'rqitdilar.Rasululloh s.a.v shirk nima ekanligini bayon qildilar.Bu bayonlari voqei holatlarda sodir bo'ldi.*Shirki Akbar* Ollohga sharik qilishlikni Olloh kechirmaydi.Olloh o'ziga sharik qilishlikni kechirmaydi.Uni bu yog'idagi gunohlarni hohlagan bandasinikini kechiradi.Kim Ollohga bir narsani sharik qilgan bo'lsa,Ollohga katta bir bo'hton qilibdi.Payg'ambarimiz s.a.v bilan ummatlar o'rtasidagi kelishmovchilik,Ollohni inkor qilishlikda emas edi.Ollohni ba'zi sifatlarini inkor qilishlikda emas edi.Rasululloh s.a.v: ey odamlar *la ilaha illalloh* denglar deb hitob qilinayotgan kishilar,Ollohni inkor qilishmasdi.Ollohni bor deyishardi.Ollohni yakka yaratuvchi deyishardi.Koinotu yerni kim yaratdi? - deyilsa,Olloh deyishardi.Ollohni yakka rizq beradi deb tan olishardi.Koinotu yerni Olloh boshqaradi deyishardi.Olloh o'ldiradi va tiriltiradi,bu sifatlarda yagona deb tan olishardi.
Rasululloh s.a.v shular bilan kelishmadilar.Nima uchun? Yakka Ollohni o'ziga ibodat qilishmasdi.Ibodatni Ollohni o'ziga ibodat qilishmasdi.Rasululloh s.a.v ularga hitob qilganlarda,juda ko'p murakkab suratlarda hitob qilmadilar.*La ilaha illalloh* denglar dedilar.Ular yahshi bilishardiki,iloh kalimasi nima ekanligini.Iloh yagona ma'bud degani edi.Ya'ni yagona sig'iniladigan zot.Iloh kalimasini hozir musulmon kishilargina emas.Balki ilmni da'vo qilgan musulmonlar tushunmayotgan ma'noni johil,kofir,mushriklar o'sha vaqtda yahshi tushungan edi.Iloh kalimasida yagona ma'bud degan ma'noni ular tushunishgan edi.*La ilaha illalloh* kalimasini biz qanchalik chuqur kalima ekanligini bilishimiz uchun Olloh s.t ga Muso alayhissalom munojaat qildilar.Muso alayhissalom munojaat qilib aytdilarki,ey rabbim,senga yaqin qiladigan kalimani gapirib yuray,seni yodimga olib,senga shu bilan duo qilib yuradigan bir narsani ta'limini bergin dedilar Muso alayhissalom.Rasululloh s.a.v dan bu hadisni Abu Said ibn Hudriy r.u rivoyat qilyaptilar.
Olloh subhana va taologa payg'ambar kalimulloh tavrot egasi bo'lgan zot,seni yodlab yurib,senga duo qilib sig'inib yuradigan bir narsani ta'lim bergin degan vaqtda,*La ilaha illalloh* degin deb ta'lim berdi.Shunda Muso alayhissalom aytdilarki,ey rabbim,hamma bandalaring bu narsani aytadi deganlarda,Olloh s.t: ey Muso,agar 7 osmon va uni obod qilib turuvchi maloikalar ya'ni mendan boshqa deyapti Olloh taolo.7 osmon hamma mavjudot va 7 yer hammasini bir tarozining bir pallasiga qo'yilsa,qadri qiymatda *La ilaha illalloh* ikkinchi pallaga qo'yilsa,*La ilaha illalloh* og'ir keladi dedi Olloh taolo.*La ilaha illalloh* agar bu kalimani har bir kishi o'zini hayotiga tadbiq qila olsa,shunchalik qadrlik qiymatlik kishiga aylanadi.Ollohni huzurida shunchalik qadrlik kishiga aylanadi.*La ilaha illalloh* ni haqiqati bilan aytgan oz kishimi?!

Nuh alayhissalom davrida 950 yil Nuh alayhissalom da'vat natijasida juda ozchilik iymonni qabul qildi.Juda ozchilik iymon keltirdi deb Olloh taolo aytiyapti.Ba'zi bir kishilar buni rivoyat asosida sahihmi sahih emasmi Olloh biladi.12 kishi iymonni qabul qilgan deyiladi.Shu 12 kishi *La ilaha illalloh* ni haqiqati bilan tan olganligi uchun yer kurrasida Olloh butun bashariyat uchun obod qilgan yerni,shu 12 kishini salomat saqlab turib,tamomiy olamni yo'qotib tashladi.
Botqoqni tagiga qo'ydi.*La ilaha illalloh* kalimasini aytgan zotlar,Ollohni huzurida qadrlidir.Olloh ularni dushmaga hor qilib qo'ymaydi.Dushmanga mag'lub qilib qo'ymaydi.Madomiki *La ilaha illalloh* ni haqiqati bilan aytib,hayotiga tadbiq qila olsa.Ammo ming afsuski,hozirgi vaqtda ham aytib o'tganimizdek,Rasululloh s.a.v ning davridagi johil,kofir,mushriklar tushungan ma'noni hozirgi vaqtda musulmonlargina emas,ilmli musulmon kishilar ham shuni tushuna olishmaydi.
Takror aytamiz,ular Ollohni bor deyishardi.Ollohni Roziq deyishardi.Yagona Olloh rizq beradi deyishardi.Yagona Olloh koinotu yerni va bizni yaratgan deyishardi.Yagona Olloh koinotu yerni boshqaradi deyishardi.Mana shunday deb *La ilaha illalloh* ni yahshi tushunishdida,Rasululloh s.a.v ga qarshi turishdi.Nima uchun? bu kalima ularni sohta obro'larini,sohta amallarini hammasini barbod qilgan edi.Bu kalima oliy bo'lsa,hamma sohta ishlar hayotda yo'q bo'lardi.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki,Rasululloh s.a.v dan eshitdim deydilar aytganliklarini.
Olloh azza va jalladan rivoyat qilib,Olloh taolo inson farzandiga hitob qilib,ey inson farzandi,agar yerni qobig'i to'la hato bilan kelsang,menga hech bir narsani sharik qilmagan holatda kelsang,men senga yerni qobig'icha mag'firat bilan ro'baro bo'laman deydi.Agar shirkdan salomat bo'lsa,Olloh hohlasa gunohlarini kechiradi.Mana bu hadisda yerni qobig'icha hato bilan ro'baro bo'lsang,men yerni qobig'icha mag'firat bilan ro'baro bo'laman deydi.Ammo,Ollohga hech bir narsani sharik qilmaslikni shart qilinyapti.Ammo shirk bo'lsa,kechasi turib ibodat qilib yeg'lagan,kunduzi nafl ro'za tutgan,bu amallarning hammasi barbod bo'ladi.Bunda ham shak-shubha yo'q.
Shuning uchun bizning hayotimizda ba'zi-bir oddiy suratda shirk amallariga giriftor bo'lib qolinadigan ba'zi-bir narsalarga eslatib o'tmoqchiman.Chunki Rasululloh s.a.v shirkdan nihoyatda ummatlarning o'rtasida qo'rqitdilar.Shu shirkni qattiqligi haqida biz yana shu narsani bilsak.Shu hadisi sharifdan o'zimizga hulosa chiqarib olsak bo'ladiki,Rasululloh s.a.v dan rivoyat qilingan hadisni Burayda ibn Husayb degan zotdan rivoyat qilinadiki,Ruqiya deb,dam solinishlikni aytamiz.Qur'on Karim bilan dam solishlik haqida,yoinki Ruqiya mutlaqo odamlarning duo honligi.Islomda ruqiya yo'q degan ma'noni olinganda,faqat duohonlik bunday narsalar qilinmaydi.Ko'zdan va hamda isitma narsadan Ruqiya o'qilinadi degan hadisni rivoyat qildilar.
Shunda bu kishi eshitganlarda,eshitgan narsasida to'htagan odamga Ollohni yahshiligi bo'lsin deb,Abdulloh ibn Abbos r.u Payg'ambarimiz s.a.v dan bir hadisni keltirib;ummatlar menga ko'ndalang qilindi deydilar Rasululloh s.a.v merojga chiqganlarida yo tushlarida.Shunda ba'zi payg'ambarlarni ko'rdimki,ular bilan bir kichkina jamoa bor.Ba'zi payg'ambarlar menga ko'ndalang qilindi,ular bilan bir kishi yoinki ikki kishi bor.Ya'ni ummati bitta yoinki ikkita ummati bor.Ba'zi payg'ambarlarni ko'rdim,birorta yonida ummati yo'q.Bu nimaga dalolat qiladi? Bu payg'ambarlar da'vatdan sustlik qilgan emas.Na'uzubillah (Olloh saqlasin) Ular to'htamsiz Ollohni buyrug'i qanday bo'lsa,shunday da'vat qilishganlar.Lekin ularga ergashgan kishilarning sonini oz bo'lishligi,ular haqdan siljishmagan.Shu haqqa hohlasin ergashsin,hohlamasa ergashmasin.Ammo bu haqni buzishmagan.Odamlar bilan murosaa qilmagan.
Shuning uchun ham mana shunday payg'ambarlarcha da'vat qilgan.Payg'ambarlarga ergashgan kishilarni ozligiga dalolat qiladi.Bu ko'p ummat shirkdan salomat bo'lmaganligiga dalolat qiladi.To'satdan katta qoralik ko'plik menga ko'ndalang qilindi.Men ummatim bo'lsa kerak desam,bu Muso va unga ergashgan qavmlari deb aytildi.Qarasam katta bir qora ko'rdim.Mana bu sizning ummatingiz deyildi.Qiyomatgacha bo'lgan ummatning ichida,agarki Rasululloh s.a.v ning yo'liga qattiq ergashgan ummatlar oz bo'lsa ham Qiyomatgacha bo'lgan muddatni ichida albatta ko'p bo'ladi.Ulardan 70.000 kishi borki,jannatga behisob kirishadi deb hitob qilindi.Azob bo'lmaydi ularga.Ya'ni azobi qabrni ko'rishmaydi.Hisobsiz bo'lishligi Qiyomatda hisob berishmaydi.Azob qabr bo'lmaydi.Shunda Rasululloh s.a.v aytdilarda,o'rinlaridan turib,manzillariga kirib ketdilar.Ya'ni hujrai saodatga kirib ketdilar.Odamlar: bu 70.000 kim ekan deb,bahs yuritishdi.Ba'zilar aytishdiki,Rasululloh s.a.v bilan hamma ishda sharik bo'lib,birga bo'lgan kishilar bo'lsa kerak dedik.Mumkinki,bular Islomda tug'ulib,Ollohga hech-bir narsani sharik qilmaganlar bo'lsa kerak.Hayotida shirk amalidan sodir bo'lmagan kishilardan bo'lsa kerak.Ya'ni avval mushrik bo'lib,keyin iymon keltirgan emasku!,birdan tug'ilgan vaqtlarda o'sgan.Islom davrida tug'ulib,toza hayot bilan kechirgan kishilar bo'lsa kerak.Bir necha narsalarni esga olishib aytishdilar.Rasululloh chiqdilar.
U kishini shundan habardor qilishdi.Rasululloh s.a.v aytdilarki,u 70.000 toifa *Ruqiya* ya'ni duo honlikni talab qilmasdan yashaganlar.Duohonlarga giriftor bo'lmagan kishilar.Badanini kuydirib davolanmaganlar.*Kay* bu kuydirib davolashlik.Islom kishilarda birodar,kuydirib davolashlik kam topilgan.Buni shariat ma'n qilayotgani yo'q! Lekin kuydirishlikka rozi bo'lmagan kishilar dedilar.Olloh s.t eng ulug' 70.000 bandasi o'zining badanini kuydirib da'volanmaganlar va shumlanmaganlar.Ya'ni har hil narslardan shumlanib.Shumlanish hammamizga ma'lum.Boyog'li turibdi,uy vayron bo'ladi,bu turibdi,yo'l bekildi va hokazo shumlanmasdan yashaganlar.Lekin insonning qalbiga bu kelishligiga Olloh s.t hisob qilmaydi.
Shu kelgan narsaga qarab amal qilishligi,bu shumlanishligi Islomga ziddir.Robbilariga tavakkul qilib yashaydi.Shunda Ukosha ibn Mehshob degan sahobalardan bittalari o'rinlaridan turib: men shu 70.000 toifadan bittasi bo'lay duo qiling dedilar.Rasululloh s.a.v: siz shulardansiz dedilar.Boshqalari turdilarda,meni ham shu 70.000 toifadan bo'lishligimni Ollohga duo qilsinlar deganlarda,Rasululloh s.a.v: Ukosha sendan ilgari egallab oldi o'rinni deb qo'ydilar.Payg'ambarimiz s.a.v ning bundan keyin javob aytmaganlari,undan keyin yana bir kishi turishi mumkin.Undan keyin yana bir kishi turishi mimkin.Shuning uchun ham savolni avvalini to'sib qoydilar.Hullas bu hadis sharifda,hatto sahobalar birinchi shu martaba Ollohga hech bir narsani sharik qilmagan kishilar bo'lsa kerak deb,shirkni qanchalik yomonligini,hatto johiliyat davridagisini ham yomon bo'lsa kerak deb tushunganligini dalolat qiladi.

Hullas,biz ba'zi-bir hayotimizda bo'lgan shirklarga to'htalib o'tmoqchimiz.Hali aytib o'tgan hadis sharifda ko'z va hamda isitmadan.*Ruqiya* - bunga mumkin duo qilihslik agar Qur'on Karim oyatlari bilan bo'lsa.Ulamolar bunga ruhsat berishganlar.Sahobalarning ba'zilari mutlaqo ruhsat berishmaganlar.
Chunki Abdulloh ibn Mas'ud ruhsat bermagan sahobalrdan hisoblanadi.Abdulloh ibn Mas'ud ruhsat bermasliklari,Qur'on Karim bilan duo qilib,tumor osib,shunday qilishlikda borib-borib boshqa narsalarni qilib ketishligi mumkin deb,bundan ehtiyot bo'lishadilar.Lekin aslida kitobi-sunnatda ko'pchilik ulamolarni fikrida ko'z va isitmaga dam solinib.Qur'on Karimdan yo biror narsani tumor qilishlik shar'an ma'n qilinmagan.Ba'zi sahobalar ma'n qilishganlar.Mana bu narsani farqini bilib olishimiz kerak.Shirk jumlasidandir,biror-bir halqani yo ipni bir tugun qilinib,shuni baloni ko'tarishligini yoinki u balo tikon bo'lsa,ko'tarishligi uchun yo baloni kelishligini oldini olish maqsadida shunday qilishlik shirk jumlasidandir.
Olloh s.t Qur'on Karimda: ayting ey Muhammad alayhissalom odamlarga,aytinglarki deng! Ollohdan boshqaga sig'inyapsizlar,agar Olloh menga bir zararni iroda qilsa,ular bu zararni ko'tarib tashlovchimi!? mana bu narsani ayting ularga! Olloh s.t bir zararni iroda qilgan bo'lsa,Ollohdan boshqaga sig'inayotgan narsalaringlar,biror-bir zararni ko'taruvchi emas.Imron ibn Husayn r.u dan rivoyat qilinadiki,Payg'ambarimiz s.a.v kumushdan bo'lgan bir halqani qo'liga bog'lab olgan kishini ko'rdilar.Bu nima? dedilar.Bu vohimadan saqlanishlik uchun vohima deb,ko'p tabiblarni fikrida yelkadan o'tgan bir tomirni,shu kasallangan tomir.Ba'zilar bo'lsa bilakdan,ba'zilar oyoqdagi tomirni og'rishi.Shu narsani kasallikdan saqlanishlik uchun.
Men shu halqani qo'limga bog'lab oldim dedi.Olib tashla dedilar.Vohima arab tilida sustlik degani (ya'ni sustlik ma'nosi bor).Bu badaningni susaytirishlikdan boshqa narsani ziyoda qilmaydi senga.Battar kasallanasan dedilar.Agar bu kasallanib qolsayu mayli.Agar o'lsang,shu halqa qo'lingda bog'langan holatda o'lsang,hargiz najot topmaysan dedilar.Ya'ni bu shirkligiga ishora qildilar.Demak bir kishi o'zini bog'lab olsa halqa yoinki ip shunga o'hshagan narsalarni.Agar shu narsani o'zini ustida turgan holatida o'lsa,hargiz najot topmaydi.Uqba ibn Amr r.u dan rivoyat qilinadiki,agar bir kishi tumor taqib olgan bo'lsa,Olloh ishini bitkazmasin.Agar bir kishi tinchlanishlik uchun biror narsani bog'lab olgan bo'lsa,Olloh uni tinchlantirmasin dedilar Rasululloh s.a.v. Bu narsa yana takror aytamiz,hali aytib o'tganimizdek,ihtiloflik masalani hali aytib o'tdik.Shu narsa bilan birga tushunilishi kerak.Ba'zi rivoyatlarda,kim bir tamima osib olgan bo'lsa,mushrik bo'libdi degan ekanlar.Huzayfa ibn Yamoniy r.u dan rivoyat qilinadiki,bu kishi qo'lida bir ip bog'lagan odamni ko'rdilar.
Bu ipni hech narsa yo'g'ida bunda isitmadan saqlanishlik uchun bog'lab oldim degan edi.Hozir bu narsani o'qiyotgan kishi hayron bo'lishligi mumkin.Nahotki bir kishi johilligi shu darajaga chiqarmikan,bitta ipni isitma kirmasligi uchun bog'lab olarmikan,shunday johil odamlar bo'lgan deb o'ylab qolishi mumkin.Hozirgi vaqtda qilinayotgan johilliklar ham undan ortiq emas birodar.Hozirgi vaqtda ko'z tegmasin deb,eshikka qoqib qo'ygan taqa,ip bog'lashlikdan ortiq johillik emas bu narsa.Masalan: ko'z tikanni qo'yib qo'yishlik,bu narsa mabodo bir kishi shu yerga kelganda,ko'ziga kirib ketsin,ko'zi oyilib tushsib desa,bu to'g'ri bo'lishi mumkin.Mumkin shu borganda bir adasini yesin shu odam desa,mumkin buni to'g'ri tavjih qilishi mumkin.Lekin shu narsa shu eshshak,otlar bavl (ya'ni peshob) qilsa,hech qanday zararni ketkaza olmaydigan yerda turgan tikon ustinga chiqishligi bilan tamomiy odamlarni ko'zdan saqlaydi deyishlik,u ip bog'lagandan ko'ra johilliroq bu narsa.Ko'rdilarda,uzib tashladilar va Olloh taoloni mana bu oyatini o'qidilar.*Odamlarning ko'pi iymon keltirdim deydiyu,mushrik holatida iymon keltirdim deydi* degan oyatini o'qidilar.Ko'pchilik Ollohga iymon keltirdim deydiyu,o'zi mushrikligidan behabar yoki biror-bir uni habardor qilsa,tan olmaydilar.Hali darsimizni avvalida ruqiya va tumor haqida to'htalib o'tamiz dedik.
Ruqiya va tumorlar haqida.Ruqiya nima? Ruqiya Qur'oni Karimdan yoinki boshqa ma'sur duolardanmi,ma'sur emas duolardanmi,hammasidan to'plab,hohlagan narsalarini yozib o'qilingan duo yoinki yozib osib olingan narsa tamima deymiz.Rasululloh s.a.v bilan birga Abu Bashiriy Ansoriy r.u ba'zi safarlarida birga bo'ldilar.Payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallam elchi jo'natdilarki,biror tuyani bo'ynida bog'langan ip qolmasin dedilar.Magar uzib tashlasin dedilar.Abdulloh ibn Mas'ud raziyollohu anhudan rivoyat qilinadiki,bu kishi aytdilarki,Rasululloh s.a.v dan eshitdimki,ruqiya ya'ni azaimhonlik,tevala va tumor shirk dedilar.Shunda biz azaimhonlik,tumor bu narsalarni hammasini tushunamiz.Tevala nima? Tevala ayollarni erkaklarga yahshi ko'rinishligi yoinki erkaklarni ayollarga yahshi ko'rinishligi uchun qilinadigan amal.
Bizni o'zbek tilida isitma va sovutma deyiladi.Mana bu narsalarni shirk deganlarini eshitdim deb Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladilar.Abdulloh ibn Ukayn dan rivoyat qilinadiki,Imom Termiziy va Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilar.Kim bir narsani osib olsa,shunga topshirilib qo'yiladi.Olloh subhana va taolo aytadiki,bor shu narsa sani qutqarib olsin deydi.Mana bu tumorni umumiy aytgan vaqtimizda,shuni bilib qo'ymoqligimiz kerakki,ba'zi ulamolar agar muallaq osilingan narsa Qur'on Karim oyatlari bo'lsa,ba'zi salaflar bunga ruhsat berishganlar.Ba'zilar ruhsat bermasliklarini sababi,bittasi boshqa narsalarning yozilinishiga sabab bo'ladi deb,yoinki horlanishlikka sabab bo'ladi deb ruhsat berishmaganlar.Abdulloh ibn Mas'ud shular jumlasidandir.Ruhsat bermaganlar jumlasidandir.Rasululloh s.a.v ruhsat berganlari borki,ko'z va isitmadan mabodo Qur'on Karim oyatlari yozilingan tamima tumorlarga ruhsat berganlar.Mana bu narsa mustasno bilib qo'yishimiz kerak.

Olloh subhana va taolodan boshqani nomiga atab so'yishlik - bu shirkdir.Solat - bu namoz.Nusuk - bu Olloh yo'lida so'yilingan hayvonni aytilinadi.Bular hammasi hayotimu-mamotim shariki yo'q bo'lgan Olloh s.t ga deb ayting deb buyuriyapti.Robbingizga namoz o'qing va so'yishingizni ham Robbingizga qiling.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki,menga Rasululloh sallollohu alayhi vasallam 4 ta so'zni aytdilar.

1).Ollohdan boshqaga so'ygan narsani,Olloh la'nat qilsin dedilar.

2).Ota-onasini haqqiga la'nat aytganga,Olloh la'nat aytsin dedilar.Shunda Rasululloh s.a.v ga savol qilindiki,yo Rasululloh,nahotki bir kishi ota-onasiga la'nat aytadimi? - dedilar.Shunda biror-bir kishini otasiga yo onasiga la'natlaydi va so'kadi,u ham meni ota-onamni so'kdingmi deb,u ham so'kadi va ota-onasiga la'nat aytadi.Mana bu o'zining ota-onasiga la'nat aytgani dedilar va shunday suratda ota-onasiga la'nat aytganga,Ollohning la'nati bo'lsin dedilar.

3).Olloh la'nat qilsin,muhdasga joy berganni.Muhdas - biror-bir jinoyat qilgan.U jinoyatdan qisos olinishligi kerak edi.Shar'an - shar'iy jinoyat qilgan-u! U - shar'iy jinoyat qilgandan qisos olinishligi kerak bo'lgan odamni bekitib,qisos olinishlikdan saqlab qolishligi uchun bekitgan odamga,Ollohni la'nati bo'lsin dedilar.Mabodo bir kishini ikkinchi kishi qatl qilgan bo'lsa,yo bir azosini judo qilgan bo'lsa,shu odamdan shariyat qisos olishlikka buyuradi.Mana bu qisos olinadigan odamni bir kishi,o'zini himoyasiga olib bekitib,shuni qisos olinishligini bekitgan odamga,Ollohning la'nati bo'lsin dedilar.Yoinki *Muhdisan*.Mana bu biz uchun havf birodar.*Muhdis* - bid'atkor degani.Uni joylasin degani.Bid'atkor kishiga yordam berganga,Ollohning la'nati bo'lsin dedilar.Bir kishi bid'atni qilishligi qalbida tozarro bo'lib yolvorib: Hudoyo men shuni giriftor bo'lib qilyapman deb,qalbida yolvorib yurishligi,bu - boshqa masala.Lekin Muhdis odamni quvvatlab,shuni gapi to'g'ri deb,shuni quvvatlaganga,Ollohni la'nati bo'lsin dedilar.

4).Yerni manorasini o'zgartirgan.Ya'ni ba'zi bir kishilar,yerni bo'layotgan vaqtida,shunday qirqilgan bo'lsa,bu uniki bu buniki deb taqsim qilgan bo'lsa,shuni darrov uni haqqini olishligi uchun qoqib qo'yilgan qozig'ni jildirib birovni haqqini oladigan bo'lsa,Ollohni la'nati bo'lsin dedilar.
 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 3939 | Joyladi: Abdullax| Reytingi: 5.0/1 |
 
 
Barcha Izoxlar:0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Dekabr 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.