Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Avgust » 2 » To'rtinchi majlis: Ro'za tutish fazilati
To'rtinchi majlis: Ro'za tutish fazilati
21:17



To'rtinchi majlis: Ro'za tutish fazilati

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                    

RO‘ZA TUTISH FAZILATI

Alloh taolo aytadi:"Bandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman, Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar" (Baqara surasi, 186-oyat).

Alloh taolo bundan oldingi oyatlarda insonlarga ro‘za tutishni buyurdi. So‘ngra ushbu oyatlar bilan ularni shukr va duoda bo‘lishga targ‘ib etib, ularning duolarini ijobat qilishni va’da berdi.

Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilib, bunday deganlar: "Har bir duo va osmon o‘rtasida parda bor. Toki Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) salovot aytilmagungacha, duo qabul bo‘lmas. Agar salovot yo‘llansa, u parda kuyib, duo osmonga chiqadi. Agar salovot aytilmasa, duo qaytib tushadi".

Hikoya qilinishicha, solihlardan biri namozda o‘tirar ekan, salovot o‘qishni esdan chiqarib, salom berib yubordi. Shu kuni tushida Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rdi. U zot: "Menga salovot aytishni esdan chiqarding", dedilar. Shunda u kishi: "Yo Rasululloh! Men Allohning ibodati va madhi ila mashg‘ul bo‘lib, sizga salovot aytishni esdan chiqaribman", deb aytdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga qarata: "Ayo, sen mening: "Amallar va duolar to menga salovot aytilmagungacha to‘xtab turguvchidir", degan gapimni eshitmaganmisan?! Zero, banda Qiyomat kuni butun dunyo ahlining ezgu amallari mislicha amal bilan kelsa, toki unda menga yo‘llangan salovot bo‘lmas ekan, uning biror yaxshiligi ham qabul qilinmaydi. Balki o‘ziga qaytariladi", dedilar ("Zubdah").

Muso (sollallohu alayhi vasallam) Rabbiga munojot qilib: "Ey Rabbim! Biror bandangni meni ikrom qilganingchalik ikrom qilganmisan? Axir, Sen menga o‘z kalomingni eshittirding", dedilar. Shunda Alloh: "Ey Muso! Men sen bilan gaplashgan vaqtimda o‘rtamizda yetmish ming parda bor edi. Lekin oxir zamon bo‘lganda Mening shunday bandalarim bo‘lgayki, Men ularni ramazon oyi bilan ikrom qilaman, ularga Men bu muborak oyda judayam yaqin bo‘laman. Ummati Muhammad ro‘za tutib, labi oqarib, ranggi sarg‘ayib iftorlikka o‘tirgan soniyalarda Men shu pardalarni ko‘taraman. Ey Muso! Ramazon oyida qorni och qolib, jigari kuyganlarga jannat bo‘lsin. Men ularni jamolimni ko‘rishdek ulkan baxtga musharraf qilgayman".

Shuning uchun ham oqillar bu oyning hurmatini bilishlari va qalbni musulmonlarga nisbatan gina va adovatlardan saqlashlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, xavfu rajo orasida ro‘zamiz qabul bo‘ldimi yoki yo‘qmi, degan qo‘rquv turishlari kerak. Zero, Alloh taolo: "Albatta, Alloh muttaqiylardan qabul qiladi", deb marhamat qilgan.

Xabarda kelishicha, ro‘zadorlar qabrlaridan chiqib, tutagan ro‘zalarini taniydilar. So‘ng har xil tuhfalar berilgay, dasturxonlarga taklif qilingaylar, shunda ularga: "Sizlar insonlar to‘q bo‘lib, suvga qonib yurgan vaqtda och va chanqoq edilaringiz. Mana endi maza qilib yeb-ichinglar, boshqalar esa hisob-kitobdadir" ("Tanbehul g‘ofiliyn").

Oyisha onamiz (roziyallohu anho) aytdilar: "Kim ixlos bilan e’tikof o‘tirsa, oldingi gunohlari kechiriladi".

Yana Oyisha onamiz aytganlarki: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ramazonning oxirgi o‘n kunida e’tikof o‘tirardilar. Vafot etgan yillari ham bu odatlariga rioya qildilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Shuning uchun u zotning vafotlaridan keyin muhtarama zavjalari ham o‘z uylarida e’tikof o‘tirishdi. Fuqaholar ayollarning uylarida e’tikof o‘tirishlari mustahabdir, deganlar ("Sharhu mashorihul anvor")

"Durratun nosihiyn"dan

Manbaa: islom.ziyouz.com
 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 2735 | Joyladi: AsiRa| Reytingi: 0.0/0 |
 
 
Barcha Izoxlar:0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Avgust 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.