Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Yanvar » 4 » Tug‘ruqdan keyingi dog‘lar: ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Tug‘ruqdan keyingi dog‘lar: ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?
22:39



Homiladorlik paytida ba'zi ayollarning yuzlarida pigment dog'lar yoki xloazmlar paydo bo'ladi, ular tug'ruqdan keyin ham saqlanib qolishi mumkin. Ammo yosh ona chiroyli va tiniq chehraga ega bo'lishni istaydi. Dog'lar eng ko'p paydo bo'ladigan joylarga yuz, bo'yin, dekolte sohasi va orqa yelka kiradi.


Odatda, dog'lar tug'ruqdan keyingi dastlabki hayzdan so'ng yo'qoladi, ammo ba'zida ular butkul yo'qolishi uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi. Ko'p hollarda sog'liqning yomonlashishi va pigment dog'lar paydo bo'lishi o'rtasida aniq aloqa kuzatiladi, xususan pigment dog'lar paydo bo'lishiga foliy kislotasining yetishmovchiligi, shuningdek jinsiy organlar, buyrak usti bezlari yoki jigar kasalliklari sababchi bo'lishi mumkin. Shu bois agar dog'lar tug'ruqdan keyin yo'qolmasa, ona o'zini xavfsizlantirishi maqsadida yashirin kasalliklar bor-yo'qligini aniqlash uchun shifokor ko'rigidan o'tishi lozim. Chunki endi uning chaqalog'i bor va undan bolani dastlabki oylarda parvarish qilish uchun ko'p kuch va quvvat talab etiladi.

Agar pigment dog'larning sababchisi foliy kislotasining tanqisligi bo'lsa, ratsionga ko'plab sabzavotlar,Sabzavotlar salatlar, ismaloq va karam qo'shish zarur.

Agar dog'larning sababi sog'liqdagi buzilishlar bilan izohlanmasa, unda yordamga yuz uchun oqartiruvchi kremlar keladi. Krem tanlaganda ularning ba'zilari tarkibida chaqaloq uchun xavfli bo'lgan va hatto ona sutining sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi zararli moddalar borligi haqida unutmang.

Shuningdek, mutaxassislar uzoq vaqt oftobda yurmaslikni va terini juda puxtalik bilan quyoshdan himoyalovchi vositalar yordamida himoya qilishni maslahat berishadi, chunki quyosh nurlari tufayli dog'lar qorayadi va o'lchami kattalashadi.

Terini oqartirish uchun tabiiy vositalar

Yangi uzilgan bodring suvi, limon, boshpiyoz, klyukva, qizil smorodina, petrushkaning suvi (qaynatmasi) bunda sizga katta yordam beradi. Momiqli tampon yuqoridagi meva-sabzavotlardan birining suvi bilan shimdiriladi va dog'lar artiladi. Keyin meva-sabzavotlarning suvi singishi uchun teri xona haroratida quritiladi. Mevalar suvining ta'siri kimyoviy pilingga o'xshaydi, faqat minimal tarzda.

Dog'larni salitsil kislotaning 2-3% li eritmasi bilan artish mumkin.

Limon va asalBundan tashqari, yerqalampir (xren) ham terini oqartirishga yordam beradi. Qirg'ichdan o'tkazilgan yerqalampir 8% li sirka eritmasida 2-3 kun davomida xona haroratida saqlanadi, keyin esa dokadan o'tkazilib, olingan eritma bilan dog'lar artiladi.

Asal va limon suvidan malham (bir dona limon suviga 2 osh qoshiq asal qo'shiladi). Toza lattaga hosil bo'lgan limon-asalli eritma shimdiriladi, keyin u yuzga qoplanadi va 20 daqiqa ushlab turiladi. Zarur vaqt o'tganidan so'ng yuzni iliq suvda yuvib tashlash kerak.

Xamirturushli niqob. Niqobni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq sut, 25 gr xamirturush va 1 choy qoshiq limon suvi aralashtiriladi. Niqob teriga suriladi va 20 daqiqadan so'ng yuvib tashlanadi.

Pigment dog'larini yo'qotishda ilk ayozlarda biroz yaxlagan kalina juda yaxshi yordam beradi. Ushbu meva suvini yuzga surish kerak.

Shirin bulg'or qalampiridan tayyorlangan niqob. Bulg'or qalampiri plastik qirg'ichdan o'tkaziladi va hosil bo'lgan bo'tqa yuzga, ayniqsa dog'lar ustiga suriladi, 30 daqiqa ushlab turilganidan keyin salqin suvda yuvib tashlanadi va oziqlantiruvchi krem suriladi.Yerqalampir

Qirg'ichdan o'tkazilgan yerqalampir va olmadan tayyorlangan niqob. Yerqalampir va olmalarni bir xil miqdorda plastik qirg'ichdan o'tkazing. Keyin yuzda 20 daqiqa ushlab turing va salqin suvda yuvib tashlang.

Homiladorlikdan keyin qolgan pigment dog'lardan xalos bo'lish oson emas, ammo maqsad sari intilsangiz va yuzni parvarish qilish protseduralarini har kuni bajarsangiz, natijasini ikki haftadan keyin seza boshlaysiz.



 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Статья / Maqola| Ko'rildi: 7611 | Joyladi: M_A_T_X_X_X| Reytingi: 5.0/1 |
 
 
Barcha Izoxlar:3

3. Feruzabonu14 (04:19 Chorshanba)
Коттакон рахмат!!! Жуда кизикарли экан. Кучириб олиш имконияти борми?

2. jonim_mani1 (09:03 Seshanba)
***

1. huroz (00:48 Seshanba)
ayollar uqishsin yahshi maslahat
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Yanvar 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.