Bugun ovqatlarimiz va salatlarimizni usiz tasavvur qilib bo'lmaydigan oshko'k, ya'ni ukrop (shivit))ning foydali xususiyatlari haqida suhbatlashamiz. U har doim dasturxonimizda bor. Shunday qilib,..
Ukrop - xushbo'y bir yillik o'simlik bo'lib iyun-iyul oylarida soyabon shaklida gullaydi. Yangi unib chiqqan ko'kat paytida ovqat va salatlarga ishlatiladi.
100 gramm yangi uzilgan ukrop ko'katida 44,8 kkal, quritilganida esa - 258 kkal mavjud.
Tarixdan
Ukrop haqida yoshi 5000 yildan oshadigan Qadimgi Misr yozuvlarida tilga olingan. Qadimgi yunonlar va rimliklar o'zlarining harbiy safarlarida uni Alp tog'larining etaklariga olib kelishgan. Yunonlar ukrop ko'kati va urug'laridan dori-darmonlar tayyorlashgan, katta miqdorda ovqatlarda ishlatishgan. Shu tariqa ushbu ko'kat butun Yevrosiyo qit'asiga tarqalgan.
Foydali xususiyatlari
Ukrop ko'katida efir moylari, pektinlar, flavonoidlar, karotin, xlorofill, C, B1, B2,B5, B9, PP vitaminlari, kaliy tuzi, fosfor, temir moddalari, xlorogen kislotasi mavjud.
Ukrop urug'larida efir moyi, biriktiruvchi to'qimalar, flavonoidlar, yog'li moy, qand moddasi, karotin, azotli moddalarbor.
Ukropchalik universal oshko'k bo'lmasa kerak. U ovqatning mazasini, uning tashqi ko'rinishini yaxshilaydi, ishtahani ochadi. Uni salatlarga, qaylalarga, sho'rvalarga, baliqli, go'shtli, qo'ziqorinli va sabzavotli taomlarga qo'shishadi. Ukrop qaynatilgan yangi kartoshka va loviyaga ajoyib ta'm baxsh etadi. Shuningdek, uni omlet, pishloq va tvorogga qo'shish yoqimli ta'mni beradi. Ukrop soyabonchalari konservatsiyalarda ishlatiladi. Ukrop taomlardagi tuz miqdorini kamaytirgan holda, organizmning tuzlar bilan haddan ziyod to'yinishiga bilvosita to'sqinlik qiladi.
Quritilgan ukrop boshqa giyohlar bilan qo'shilib, xushta'm aralashmalar hosil qiladi. Ukrop urug'lari choyga, sirkaga, marinadga xushbo'y ta'm berish uchun solinadi.
Ukrop ko'kati va urug'laridan dorivor vosita sifatida foydalaniladi. U ham xalq, ham an'anaviy tibbiyotda katta muvaffaqiyat bilan qo'llaniladi. Ukrop sistit va buyrak kasalliklariga qarshi samarali kurashadi, u peshob haydovchi va safro haydovchi xususiyatga ega, shuningdek ukrop sut bezlari sekretsiyalarini kuchaytirish xossasiga ega. Ukrop ko'kati qisqa muddat ichida uyqusizlik va bosh og'rig'idan xalos etishga qodir. Ukrop ko'katining damlamasi tomirlar kengayishiga, ichakni bo'shashtirishga, diurezni oshirishga va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, undan oshqozon-ichak trakti kasalliklariga qarshi kurashda foydalaniladi, u yurak qon-tomir tizimining ish faoliyatini yaxshilaydi. Ukrop tuz yig'ilganida, semirishda,diabetda qo'llaniladi. Ukrop qaynatmasi kon'yunktivitda va ko'zlar yallig'lanishida yordam beradi.
Ukrop urug'laridan bakteritsid, spazmni qoldiruvchi hamda ichni suradigan vosita sifatida qo'llashadi.
Ammo ukrop har qanday ko'rinishda qon bosimi past bo'lgan odamlarga hamda homiladorlik paytida mumkin emas.