Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Sentyabr » 17 » Umrning har bir soniyasi g'animat! Namozni tashlab qo'ymang!
Umrning har bir soniyasi g'animat! Namozni tashlab qo'ymang!
21:50



Umrning har bir soniyasi ganimat! Namozni tashlab qoymang!

Umrning har bir soniyasi g'animat! Namozni tashlab qo'ymang!
 Eh, dindoshim, qayerda bo’lmang Namozingizni o’z vaqtida ado eting!!!
 Musulmonlarning Namozni ado etmaslikka 30 ta bahonalari:

1. Man o’zimni hali tayyor his etmayapman.
2. Doim harakat qilib ko’rar edim, lekin sira odatlana olmadim.
3. Men Namoz suralarini o’rgana olmayman.
4. Biz Namoz o’qishimiz shart deb o’ylamayman.
5. Mening ko’nglim va yuragim toza, Namoz o’qishim unchalik shart emas.
6. Alloh bizning Namozimizga muhtoj emas.
7. Men erkin odamman, hullas Namoz o’qishni istamayman.
8. Har kuni shu ahvol, naqadar zerikarli.
9. Ota-onam hadeb majburlayverishadi, shuning uchun ham hohlamayman.
10. Men ishlayman, ish vaqtida Namoz o’qishga sharoit yo’q.
11. Ota-onam Namoz o’qishimga butkul qarshi.
12. Har doim ham tahorat olomayman.
13. Namozga umuman vaqtim yo’q.
14. Tahorat qilsam yuzimdagi bo’yog’larim o’chib ketadi.
15. Men juda ham ko’p gunoh qilganman, Namoz o’qisam ham Alloh uni qabul qilmaydi.
16. Namoz vaqti hayolimni bir yerga to’play olmayman, shuning uchun Namozni tashlab qo’yganman.
17. Do’stlarim ham Namoz o’qishmaydi-ku!
18. Namoz o’qisam hayot tarzimni o’zgartirishimga to’g’ri keladi(hobby,kiyimish)
19. Alloh ko’nglimga solishini kutib yashayapman.
20. Ota-onam bolaligimdan o’rgatishmagani uchun menga qiyinlik qilyapti.
21. Namozimni qazo qilsam, o’qishga sira qo’lim bormaydi.
22. Namoz o’qishni boshlaydigan bo’lsam, bir kun uni tashlab qo’yishdan qo’rqaman.
23. Men ayrim odamlarning Namoz o’qib turib, gunoh ishlar qilib yurganini ko’rib, Namoz o’qigim kelmaydi.
24. Namoz o’qisam radikal bo’lib ketaman deb qo’rqaman.
25. Namoz o’qir edim, ammo hayotimda hech qanaqa o’zgarish bo’lmadi, shuning uchun tashlab qo’ydim.
26. Hali Namoz o’qishga yoshlik qilaman, sal ulg’ayib olaychi…
27. Men Namoz o’qimayman, ammo o’sha Namoz o’qib yurganlardan pokroqman.
28. Namozimni qazo qilib qo’yyapman, biror safar o’qib qo’yarman.
29. Men nafsim quliga aylanib bo’lganman, endi Namoz o’qishim befoyda.
30. Namoz o’qimaganim bilan do’zaxga tushmayman, ya’nikim baribir ham Jannati bo’lishim mumkin.
 
 
Tig’iz ish orasida ham:
 
 
Siz uchun Namoz o’qishlarigacha qoldirmay buyuk farz - Namozingizni to’kis ado eting,
azizlar!
 
1
 
 
2
 
 
3
 
 
4
 
 
5
 
 
 
 
 
 
Namozni hamma sharoitda ham o’qish mumkin:
 
1.
 
 

2.
 

3.
 
 
4.
 
 
5.
 
 
6.
 
 
7.
 
 
 
 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 11071 | Joyladi: tos| Reytingi: 4.8/9 |
 
 
Barcha Izoxlar:31

31. Ya_ne_Fanatka (20:18 Chorshanba)
Hammasi uchun rahmat! Odamlarga ibrat bo'ladigan ish qilipsizlar. Aytmoqchi namoz o'qishdan oldin imon nimaligini o'rganing agar imoningiz mustahkam bo'lmasa namoz o'qishingizdan uncha foyda yo'q bora bora o'qigingiz kelmay qolishi ham mumkin shu uchun birinchi bo'lib imonni o'rganishimiz kerak keyin namoz keyin boshqa farzlar.

30. Ya_ne_Fanatka (20:03 Chorshanba)
15. Men juda ham ko’p gunoh qilganman, Namoz o’qisam ham Alloh uni qabul qilmaydi.
Siz qayerdan bilasiz buni? Allohga tavakkul qiling axir u mehribon va rahmli zot.

16. Namoz vaqti hayolimni bir yerga to’play olmayman, shuning uchun Namozni tashlab qo’yganman.
Har bir namozni o'limimdan oldin o'qiyapman deb tasavvur qiling. Shunda hayolingiz bir yerda jam bo'ladi. Namozni qastan tark qilish kechirib bo'lmas gunohlarda biridir.

17. Do’stlarim ham Namoz o’qishmaydi-ku!
Siz ularga o'rnak bo'ling! Ularga ham o'rgatib savobli ish qiling.

18. Namoz o’qisam hayot tarzimni o’zgartirishimga to’g’ri keladi(hobby,kiyimish)
Bu namoz o'qimaslikka sabab bo'lolmaydi. Hech kim sizni hobbi kiyinishingizni o'zgartiring deb majburlamaydi bu vijdoningizga havola asosiysi namoz o'qing.

19. Alloh ko’nglimga solishini kutib yashayapman.
O'lganingizcha ham kutmoqchimisiz?

20. Ota-onam bolaligimdan o’rgatishmagani uchun menga qiyinlik qilyapti.
Menga ham qiyinlik qilgandi lekin endi o'rganib kettim agar chin dildan istasayiz hamma narsaga erishasiz.

21. Namozimni qazo qilsam, o’qishga sira qo’lim bormaydi.
Qazo namozini o'qimaslikdan ko'ra o'qigan afzalroqdir bo'lmasa qazo qilmasdan o'qishga harakat qiling.

22. Namoz o’qishni boshlaydigan bo’lsam, bir kun uni tashlab qo’yishdan qo’rqaman.
Bilasizmi man ham xuddi shu sabab bilan o'qimay yurgandim endi bilsam ahmoq bo'lgan ekanman. Bir boshlasangiz namoz sizni hayotingizga yalanadi namozsiz hayotingizni tasavvur ham qilolmay qolasiz

23. Men ayrim odamlarning Namoz o’qib turib, gunoh ishlar qilib yurganini ko’rib, Namoz o’qigim kelmaydi.
Unda siz gunoh ish qilmay namoz o'qing. Gunoh ish qilish qilmaslik hammani o'ziga bog'liq. Bu uchun namozdan ko'nglingz qolushi noto'g'ri.

24. Namoz o’qisam radikal bo’lib ketaman deb qo’rqaman.
Uzur man bunga javob berolmayman chunki radikal nimaligini bilmayman.

25. Namoz o’qir edim, ammo hayotimda hech qanaqa o’zgarish bo’lmadi, shuning uchun tashlab qo’ydim.
Nima o'zgarish bo'lishi shartmi? Qalbingizni poklanganini o'zi bir o'zgarish emasmi? Namozni qastan tashlab qo'yish odam o'ldirishdan ham yomonroqdir.

26. Hali Namoz o’qishga yoshlik qilaman, sal ulg’ayib olaychi…
Yana qancha hayot kechirishizni aniq bilasizmi? Balki ertaga o'larsiz armon qolmaydimi?

27. Men Namoz o’qimayman, ammo o’sha Namoz o’qib yurganlardan pokroqman.
Siz emas Olloh hamma narsani bilguvchidir.

28. Namozimni qazo qilib qo’yyapman, biror safar o’qib qo’yarman.
Biror safar degan kuningiz aniq kelishiga ishonasizmi? Umrning har bir soniyasi g'animat buni unutmang. Kim biladi ertaga bormizmi yo'qmi?

29. Men nafsim quliga aylanib bo’lganman, endi Namoz o’qishim befoyda.
Ishoning namoz o'qishingiz nafsingizni o'ldiradi. Bir harakat qilib ko'ring.

30. Namoz o’qimaganim bilan do’zaxga tushmayman, ya’nikim baribir ham Jannati bo’lishim mumkin.
Bu bir tahmin xolos. Nima bo'lishini yolg'iz Olloh biladi.

29. Ya_ne_Fanatka (20:03 Chorshanba)
Man o'zimdan keib chiqqan holda shu sabablarga javob berishga harakat qilib ko'rdim. Xato deb o'ylasagiz oldindan uzur.

1. Man o’zimni hali tayyor his etmayapman.
Unda qachon tayyorman deb o'ylaysiz? Hozir o'qish keyin ish keyin oila shu bilan endi qaridim qiynalyapman deysizu o'qimaysiz.

2. Doim harakat qilib ko’rar edim, lekin sira odatlana olmadim.
To odatlanguningizcha o'qiyvering. Namoz jannat kalitidir uni qo'lga kiritishni istamaysizmi?

3. Men Namoz suralarini o’rgana olmayman.
Agar o'rganolmasangiz kitobga qarab o'qing. Man ham o'rganolmagandim roppa rosa 1 oy kitobga qarab o'qiganman. Qayerdagi qo'shiqlarni kinolarni yodaymizu odam uchun zarur bo'lgan suralarni yodlayolmaymizmi?

4. Biz Namoz o’qishimiz shart deb o’ylamayman.
Namoz o'qish farz. Farz musulmonlarni qilishi shart bo'lgan amallari.

5. Mening ko’nglim va yuragim toza, Namoz o’qishim unchalik shart emas.
Har bir musulmon uchun namoz farzdir.

6. Alloh bizning Namozimizga muhtoj emas.
Alloh hech narsaga muhtoj emas lekin biz gunohlarimizni poklash uchun va jannatga kirish uchun namoz o'qishimiz kerak.

7. Men erkin odamman, hullas Namoz o’qishni istamayman.
Namoz o'qishni Olloh bizga bekorga farz qilgani yo'q. Qaysi biri maqul namoz o'qib jannatga kirishmi yo erkin ozod yurib do'zahga kirishmi? Namoz o'qish qamoq emas erkinligingizni bo'g'adigan.

8. Har kuni shu ahvol, naqadar zerikarli.
Zerikarli deb o'ylasangiz demak imoningiz mustahkam emas!

9. Ota-onam hadeb majburlayverishadi, shuning uchun ham hohlamayman.
Ota-onangiz sizga faqat yaxshilikni istashadi. Siz namoz o'qishni istamasangiz ular sizni majburlashga to'la haqqi bor.

10. Men ishlayman, ish vaqtida Namoz o’qishga sharoit yo’q.
Unda uyga kelganingizda o'qing. Qazo namozlarini o'qish mumkin.

11. Ota-onam Namoz o’qishimga butkul qarshi.
Olloh bizga shunday degan: ota-onangni hurmat qil lekin agar ular seni etiqodingga qarshi chiqishsa ularga itoat etma!

12. Har doim ham tahorat olomayman.
Tamayyum qilsa ham bo'laveradi asosiysi qalbingiz pok bo'lsin.

13. Namozga umuman vaqtim yo’q.
Hamma narsaga vaqt topamizu 10 daqiqali namozga vaqt topolmaymizmi? Unda faqat Bomdodni o'qing 2 rakat farz o'zi 10 daqiqa ham vaqtingiz ketmaydi.

14. Tahorat qilsam yuzimdagi bo’yog’larim o’chib ketadi.
Nahotki bo'yoqlariz namozdan afzal bo'lsa? Do'zahdan sizni bo'yoqlaringiz to'sib turadimi yo o'qigan namozingiz?

28. sang5 (08:43 Yakshanba)
Robbim o'zing kechir.Qalbimni poklagin...............

27. Abzal (23:22 Shanba)
Alloh barchamizga namozlarmizni o''z vaqtida o''qishimizni nasib etsin cry cry

26. Mumtoza18 (23:45 Seshanba)
ALLOHIMGA HAMDU SANO BOLSIN

25. TT (20:22 Payshanba)
tovba qildim ollohim, raxmat sizga GULI 1 chisi juda tasurotli tavba qildim raxmat sizga

24. MISHA90 (10:37 Shanba)
kotakon rahmat shunaqa loixalar kuproq busa yana yaxshibulardi

23. totoro (07:19 Shanba)
alloxu akbar cry

22. NeLya (21:50 Juma)
gulruhbonu ..molodets ,juda maqul narsa joylapsiz .OLLO rozi bulsin ,diliyzga kora bersin..

21. ratmir (13:40 Juma)
RAHMAT ALLOH ROZI BO`LSIN

20. isya_0222 (13:24 Juma)
OLLOH ROZI BOSIN SIZDAN

19. looser (18:33 Payshanba)
katta rahmat!Alloh rozi bo'lsin!

18. MoNiKa (16:11 Payshanba)
Alloh rozi bo'lsin sizdan singiljonim. RAHMAT

17. Ukkosha (14:42 Payshanba)
EH .........

16. qudrat2000 (13:35 Payshanba)
tongue tongue tongue tongue tongue tongue
rahmad

15. Abdumalik_90 (12:19 Payshanba)
Raxmat sizlarga ALLOH rozi bo'lsin cry cry cry cry

14. sahob (11:48 Payshanba)
hakkatan bir go`zal ko`rinishlar. Alloh mehribon.

13. IslomDiniLoyihasi (04:17 Payshanba)
As-salom alaikum,

Namozni o'qimaslikka faqat ayollarga hayz paytida uzr bordir.

Erkaklarga umuman uzr yo'q. O'zicha "bizda uzr bor" deydiganlar yuqoridagi gapni o'qib uyalishsin smile

O'qilmagan namoz qarzi bo'ynida qolaveradi!


12. karimov (23:46 Chorshanba)
Olloh sizlardan rozi bulsing ishlaringa olloh ruvoj bersing oming

11. timati8607 (22:20 Chorshanba)
Superrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr!!!

10. iqrorobbikallaziyna (21:22 Chorshanba)
Assalamu aleykum wr wb bu kinolani ko'rish mumkinmi aytinla iltimos?

9. bek-20 (20:36 Chorshanba)
шундай рекламаларни узимиздахам яратиш керак

8. YaYa (19:58 Chorshanba)
Mukhiddin (alee), Umringizdan baraka toping. Alloh ST holis niyatlaringizng ijobatini bersin. Amin!

7. alee (18:44 Chorshanba)
Judayam tasirlandim, ayniqsa... 1 chi videodan, sababi manam kop vaqtimni netda otkazib, kopincha qazo qilaman. Lekin o`nglanishga vada beraman!

6. VAQOIY (17:40 Chorshanba)
Allohni ajri bo'lsin.

5. khasanov (16:53 Chorshanba)
Shularni Bizlarga etkazib beraetgan insonlarga Allohim Ajru-Azimlar nasib etsin! Amiyn!

4. aligator (15:55 Chorshanba)
bye bye

3. aligator (15:54 Chorshanba)
bye bye

2. SULTON (15:53 Chorshanba)
rahmat bu lavhalar va infolar har birimiz uchun...Alloh rozi bolsin.... cry cry
1-30 31-31
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Sentyabr 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.