
Xurmatli Portal Foydalanuvchilari!
UzCinema portalining o'z
qonun-qoidalari bor, sizlardan esa ushbu qoidalarga rioya qilib va boshqalarni hurmat qilishingizni hamda har-bir yangilik tagida har-hil uyatsiz va so'kinish, qolaversa Musulmonlarga yarashmaydigan izohlarni qoldirmasligizni talab qilamiz!
Eslatib o'tamiz: Hozirgi kundagi Qirg'iziston janubidagi ro'y berayotgan voqealar yuzasidan UzCinema portali boshqa materiallarni e'lon qilmasdan, millatdoshlarimizni boshiga tushgan kulfatlarni dunyoga yetkazish ya'ni butun Dunyoga ish va o'qish sabab bo'lib tarqalib ketgan Millatdoshlarga voqealar rivojini va bafurcha tafsilotlarni e'lon qilishga bag'ishladi. Shu sababli ichimizdagi har-hil provakasion ruhida bo'lgan izohlarga qatnashmasdan, o'z ongimiz va idrokimizni ishga solib, o'zimizni BUYUK MILLAT ekanligimizni UNUTMASDAN, "Har kimlar" bilan teng bo'lmaslikni so'rab qolardik
Ushbu sodir etilayotgan vaxshiyona xarakatlarda butun bir Qirg'iz halqini ayblash bu to'g'ri emas! Butun Qirg'iz halqining milliy va diniy hislarini haqoratlash, etika normalariga to'g'ri kelmaydigan izohlar qoldirishdan cheklanmoq kerak
Ogohlantirib o'tamiz: Ichimizda provakatorlar mavjud, O'zbek va boshqa tillarda yozib provakaciyalar qilishmoqda... Sizlardan esa bu provakaciyalarga uchmasdan, aldanmasdan, his-hayajonlarga berilmasligizni so'rab qolamiz
UzCinema portalining qonun-qoidalaridan chetga chiqqan Foydalanuvchilarni esa Portaldan foydalanish huquqidan mahrum etamiz!
UzCinema ma'muriyati