Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2011 » Aprel » 22 » Yalpizning qanday foydali xususiyatlari bor?
Yalpizning qanday foydali xususiyatlari bor?
17:56



Diyorimizda yalpizning ko'pgina turlari uchraydi: "qora yalpiz", "Osiyo yalpizi", "qalampir yalpiz", "suv yalpizi"…Yalpiz tabiiy holda sernam joylarda, o'tloq, ariq, chashma, jilg'a, zovur yoqalarida o'sadi. U xosiyatli giyoh sifatida oshko'k, ziravor, bahoriy taomlar masallig'igina bo'lib qolmay, qadim-qadimdan dorivor malham ham hisoblanadi…

O'z davrida Katta Pliniy shogirdlariga boshiga yalpizli chambar kiyib yurishni maslahat bergani bejiz emas. U mo'tabar va aziz mehmonlarni qabul qilishda kursilar ustini yalpiz bilan artishni ham buyurgan. Bunday amal kayfiyatni ko'tarib, miyani peshlashiga yordam berarkan.
Yalpizdan xalq tabobati amaliyotida keng ko'lamda foydalanib kelingan. Xalq tabobati amaliyotida yalpizning yerYalpiz ustki kismidan tayyorlangan qaynatmasidan tish og'rig'i, og'iz karashi, milk yallig'lanishinidavolashda foydalanilgan. Yalpiz qaynatmasiga qand qo'shib tayyorlangan qiyom kuyonchiq va tutqanoqda, shirasi esa migren va sariq kasalligida foydali. Undan olingan sharbat qo'tirni davolashda xam ijobiy natija beradi.
Abu Ali ibn Sino yalpiz bilan ichak og'riklarini davolagan. Uni ovqatni yaxshi hazm kildiruvchi vosita sifatida tavsiya etgan. Yalpizdan ko'krakni yumshatib, balg'am ko'chiruvchi xamda nafas yo'llari kasalliklarini bartaraf etuvchivosita sifatida xam foydalaniladi. Xalq tabobati bilimdoni A.Popov ma'lumotlariga qaraganda, qalampir yalpizning asab kasalliklarida (ipoxondriya, vas-vas, asab tug'yoni) oshqozon-ichak yo'li faoliyatini yaxshilovchi, tinka qurishi, holsizlanishda, vabo va bod kasalligida organizmni mustahkamlovchi ta'siri bor. Safro haydash xususiyatiga xam ega. Yalpiz bavosil, shirincha, raxit kasalliklarida foyda beruvchi tabiiy beozor vositadir.
Yalpiz
Xalk tabobatida me'da-ichak yo'li tirishishida (spazma), bemavrid ich ketishida, qabziyatda, me'da nordonligi oshganida, sariq kasalligida, o't pufagida tosh bo'lganida, bavosilda, ayollarda hayz maromining buzilishida, o'pkadan ko'plab qon ketishida yalpizli damlamalar tavsiya etiladi. Damlamasi bilan ogiz bo'shlig'i, milklar yallig'langanida g'arg'ara qilinadi, teri chidab bo'lmas qichiganida yuviladi. Asabiylashganda, 1 litr suvda 50 gr. miqdorida yalpiz qaynatilib, vanna suviga qo'shib foydalanish ham naf beradi. Bosh og'risa yoxud zararkunanda hasharotlar chiqqan bo'lsa, aziyatlangan joylarga yalpiz bosiladi.
Yalpiz moyi
Zamonaviy tibbiyot amaliyotida yalpizli dori-darmonlar salmoqli ulushga ega. Chunonchi, yalpizdan olinadigan efir moylari sanoat miqyosida validol, karvalol, olemetin, enatin, anestezol, bormentol, pektussin, mentolli qalam, Zelenin tomchilari, Traskovning antiastmatik eritmasi kabi dorilar tarkibiga kiritilgan.
Yalpiz tarkibida efir moylari (sentol, menton, pinen, flanderon, tseniol, jasmin), organik achillar, flavonoidlar, ramnoza, glyukoza, rutin, karotin, C vitamini, mineral tuzlar va yana bir qator moddalar mavjud. Yalpiz moyi yuqori darajali antibakterial faoliyati (mikroblarga qiron keltirishi) bilan ham ajralib turadi.
Ayni bahor pallasida yalpiz ko'katlari boshqa bahoriy shifobaxsh giyohlar bo'lmish jag'-jag',Yalpiz chuchvara momaqaymoq (oduvanchik), semizo't,ismaloq, kar'afs, machin, qo'zikuloq, krafsh, qushqaroq (yo'ng'ichka), barra piyoz kabilar bilan turfa ko'rinishdagi lazzatli taomlar tayyorlab, iste'mol kilinishi salomatlikni saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada ko'katli chuchvara, somsa, bichak, qaylaning xosiyatlarini sanab adog'iga yetish kiyin. Ular nafakat xushxo'rligi bilan, balki tana a'zolariga quvvat bag'ishlashi, xastalikdan bosh ko'targan kishilarga darmonbaxsh ta'sir ko'rsatishi, organizmni yig'ilib qolgan daxmaza (bollast) moddalardan tozalashi, ichak yo'lining ravon bo'lishini ta'minlashi bilan o'ziga xos ahamiyatga ega. Shuningdek, yuqumli xastaliklarga nisbatan qarshilik ko'rsatadigan immun tizimini mustaqkamlanishiga ham yordam beradi.
 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Статья / Maqola| Ko'rildi: 3941 | Joyladi: M_A_T_X_X_X| Reytingi: 0.0/0 |
 
 
Barcha Izoxlar:0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Aprel 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.