Yuz parvarishi Krizis paytida qimmat kosmetikaga mablag’ yo’q. Yuzga banan, limon, uzum, olma yoki bodring sutkab qo`ysa qanday bo`larkan? - Bodring : Kengaygan yuz teshiklarini toraytirib, oqartiradi. Qarigan va so’ligan teriga foyda. Hususiyatlari: Bodring suvini losyon sifatida ishlatsa bo`ladi. Retsept: Agar yuz terisi yog’li va teshiklari keng bo’lsa, bodring atalasini ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan yoki bir-ikki tomchi limon kislotasi bilan aralashtiring. Teri quruq bo’lsa, bodringga 2 osh qoshiq yangi qaymoq qo’shing. - Kartoshka: Ajinlarni tekislaydi. Hususiyatlari: Xom paytida ko’z ostidagi shishlarga juda foydali. Yangi kartoshka suvi yallig’lanishning oldini oladi. Retsept: Pishgan kartoshkani sut bilan aralashtirib yuzga surtamiz. 1choy qoshiq glitserin qo’shish ham mumkin. Maskani yuzga iliq holda surtib pergament qog’ozi bilan berkitamiz. 15-20 daqiqadan so’ng iliq suv bilan chayib tashlaymiz. -Olma: Terini namlantirib yallig`lanishlarning oldini oladi. Hususiyatlari: Olmada yallig`lanishlarni davolovchi moddalar ko`p, shuning uchun uni teri yallig`lanishida ishlatish mumkin. Retsept: Yarimta olma qirg’ichdan o’tkazilib, 1choy qoshiq asal, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq olma sirkasi, 1choy qoshiq o’simlik yog’I bilan aralashtiriladi. -Limon: Yuz terisi teshiklarini toraytirib, oqartiradi. Hususiyatlari: Limon suviga doim suv qoshish kerak. Retsept: 1osh qoshiq tvorogni 1-2tomchi limon suvi bilan aralashtiring. Bu maska ajinlarni yaxshi tekislaydi. Oqartirish uchun: 1ta limon suvi 2osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Dokani shu aralashmada ho’llab yuzga 15-20 daqiqaga qo’yish kerak. Bu aralashmani muzlatgichda 1hafta saqlash mumkin. -Pomidor: Yuzni tozalaydi va hujayralarning tez bitishiga yordam beradi. Hususiyatlari: Tomat suvi tualet suti (tualetnoye molochko) o’rnini bosadi. Retsept: Yaxshi oziqlantiradigan va erta qarishni oldini oladigan maska:1ta pomidor, 1ta tuxum sarig’i, 1osh qoshiq kraxmal aralashtiriladi. -Banan: Terini tekislaydi va yumshatadi. Hususiyatlari: Banan maskalari ayniqsa uzoq vaqt havosi quruq joyda bo’lganingizda yordam beradi. Ularni muhim uchrashuv oldidan ekspress modda sifatida ishlatish mumkin. Retsept: Yarimta bananni vilka bilan ezib, nozik qilib yuzga surtish kerak. E’tibor bering: - Hamma maskalar yangi mevalardan faqat bir marta foydalanish uchun tayyorlanishi kerak. - Har qanday maskani yuvganda 2-3 marta choy, losyon yoki bodring suvida ivitilgan paxta bilan artib olish yetarli. - Normal va quruq teriga maska haftada 1-2marta, yog’li yuzlarga esa 2-3marta surtiladi. Bo’yinga ham surtishni unutmang, ahir bo’yin terisi haqiqiy yoshingizdan xabar berib turadi. Bir kurs 15-20 muolajaga teng. 2 oydan so’ng yana qaytarish mumkin. Juda muhim : Agar teri yog’li bo’lsa sizning o’simliklaringiz – qizil smorodina, brusnika, karam. Teringiz quruq bo’sa – o’rik, uzum, qovun, olxo`ri, banan. Tarvuz, bodring, apelsin va qulupnay har qanday teriga to’g’ri keladi. manba: emedic.uz
Гўзал бўлай десангиз ЁҒЛИ ТЕРИЛАР УЧУН
«Геркулес» ниқоби Бир дона тухум оқини бир чой қошиқ асал билан аралаштириб олинг. Сўнгра бир чой қошикдан сут ва лимон шарбати қўшинг. Унга бир неча томчи бодом ёғи солиб яхшилаб аралаштиринг. 20 дақиқа давомида юзингизга суриб қўйинг. Юз териси тиниқлашиб, равшанлашади. Помидорли ниқоб Юзингиз ниҳоятда ёғли бўлса ва бундан хижолатланаётган бўлсангиз, бунинг йўли бор! Бир дона помидор олиб, уни қирғичдан ўтказиб олишингиз керак бўлади. Унга бир чой қошиқ лимон шарбати ва шунча сабзи шарбати аралаштириб юборасиз. Ниқобни юзда ўн дақиқа ушлаб тургач, илиқ сувда ювиб ташлайсиз. Албатта озиқлантирувчи крем суртишни унутманг. ҚУРУҚ ТЕРИЛАР УЧУН Творогли ниқоб Бир чой қошиқ творогни ярим чой қошиқ асал ва бир чой қошиқ кефир билан яхшилаб аралаштириб юборинг. Ниқоб аралашмаси нишолда ҳолига келгунча бўтқаланади. Бунинг учун бирозгина сабр ва меҳнат талаб этилади. Ушбу ниқобни тозаланган юзга суртгач, 20 дақиқадан сўнг қайнатиб олинган илиқ сувда ювиб ташлайсиз. Бананли ниқоб Бу оддий ва ,тез тайёр бўладиган ниқоб ҳисобланади. Бунинг учун яримта бананни санчқи билан увалайсиз. Увалангач, яхшилаб эзасиз. Уни нафақат юз, балки бўйин терисига ҳам суриш мумкин. 15-20 дақиқадан сўнг илиқ сувда ювиб олиш керак бўлади. Аслида бу ниқобни барча турдаги терилар учун қўллаш фойдали, аммо қуруқ терилар учун айни муддао ҳисобланади. manba: muslimaat.uz
|