Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2009 » Dekabr » 30 » Zakariyo Alayhissalom
Zakariyo Alayhissalom
19:56



Zakariyo Alayhissalom

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                              


Hikoya qilinadiki, Zakariyo alayhissalom odamlarga va'z­nasihat qilish uchun o‘tirsalar, atroflariga qarar ekanlar. Agar o‘g‘illari Yahyo alayhissalomni ko‘rmasalar, azob oyatlarini zikr qilar ekanlar. Agar o‘g‘illarini ko‘rsalar, o‘g‘illari do‘zaxdagi azoblarni eshitishni ko‘tara olmasligi sababli bunday oyatlarni zikr qilmas ekanlar. Kunlarning birida va'z­nasihat qilayotganlarida qavmiga nazar solibdilar va o‘g‘illari Yahyoni ko‘rmabdilar. Holbuki, Yahyo alayhissalom odamlarning orasida bo‘lib, olomon ko‘pligi bois otalaridan to‘silib turgan edilar. Zakariyo alayhissalom yig‘lagan hollarida azob oyatlarini zikr qila boshladilar: «Menga Jabroil alayhissalom so‘zlab berdilarki, jahannamda Sakron nomlik tog‘ bo‘lib, uni etagida G'azbon vodiysi bor. U Allohning g‘azabidan yaratilgandir. Vodiyda olovli quduqlar bo‘lib, ularning har birining chuqurligi ikki yuz yillik masofaga teng». Yahyo alayhissalom bularni eshitgan vaqtlarida o‘rinlaridan turib, chiqib ketdilar. «Oh Sakron! Oh G'azbon!» deya tinimsiz yig‘lardilar. Zakariyo alayhissalom ayollari bilan farzandlarining ketidan chiqdilar, ammo topa olmadilar. Ular bir cho‘ponni uchratib, undan: «Shunday­shunday sifatli bolani ko‘rmadingmi?» deb so‘raganlarida: «Sizlar Yahyoni qidiryapsizlarmi?» dedi. «Ha», deyishdi. Cho‘pon: «U tog‘ning etagida qoldi va: «Borar manzilim jannat yoki do‘zax ekanini bilmagunimcha yemayman ham, ichmayman ham», demoqda», deb xabar berdi. Ular Yahyo alayhissalom oldiga borsalar, u nolai fig‘on qilayotgan ekan. Shunda onalari: «Ey farzandim, falon muddat qornimda ko‘tarib yurganim haqqi oldimizga kelgin va biz bilan birga uyga borgin», dedilar. Yahyo alayhissalom ota­onalarining oldiga keldilar va ular birga uyga ketishdi. Otalari u kishiga: «Ey Yahyo, ustingdagi kanobdan to‘qilgan bu kiyimni yechib, ushbu to‘nni kiygin» dedilar. Yahyo alayhissalom to‘nni kiydilar. Onalari yasmiq donidan sho‘rva qilib berdilar. Yahyo alayhissalom sho‘rvani ichdilar. Uyqu g‘olib kelib uxlagan vaqtlarida tushlarida bir nido eshitdilar: «Ey Yahyo, mening dargohimdan ham yaxshiroq joy topdingmi? Mendan ham yaxshiroq qo‘shni topdingmi?». Yahyo alayhissalom qo‘rqib, yig‘lagan hollarida uyg‘ondilar va aytdilar: «To‘ningizni oling, menga o‘sha kanobdan to‘qilgan kiyimni beringlar. Sizlar mening halok bo‘lishimni xohlayapsizlarmi?», dedilar. Zakariyo alayhissalom: «O'g‘limni o‘z holiga qo‘yinglar», dedilar. U kishi ibodatlarda qattiq kirishgan vaqtlarida, Alloh Zakariyo alayhissalomga: «Albatta, Men sizlarga do‘zaxni harom qildim», deya vahiy qildi. Shundan keyingina qalblari xotirjam bo‘lib, ibodatga yanada qattiq kirishdilar. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday deydi: «Darhaqiqat, ular (ya'ni, mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qo‘rquv bilan duo­iltijo qilar edilar. Ular Bizga ta'zim­itoat qilguvchi edilar» (Anbiyo surasi, 90­oyat).



 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Ислам / Islomiy| Ko'rildi: 3022 | Joyladi: YaYa| Reytingi: 5.0/3 |
 
 
Barcha Izoxlar:2

2. CTANCA (01:18 Chorshanba)
rahmat omon bulila

1. ulugbek_1987 (21:22 Chorshanba)
rahmat katta
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Dekabr 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2025 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.