Главная страница Форум Loggaut
Sahifalar
Kinolar/Yangiliklar
Телепередачи / TV Ko'rsatuv
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Уз Клипы / O'zbek Kliplar
Свадьбы / O'zbek To'ylar
Трейлер / Filmga Treyler
Программы / Dasturlar
Мультфильм / Multiklar
Концерты / Konsertlar
Шоу / Shou Dasturlari
Фантастика / Mo'jizali
O'zbek tilidagi Kinolar
Новости / Yangiliklar
Триллер / Hayajonli
Комики / Qiziqchilar
Ужасы / Qo'rqinchli
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Реклама
Mini Chat
FM101 - Online Radio
10 Faol Izoxchilar

[5427]


[2733]


[2244]


[1937]


[1539]


[1500]


[1355]


[1279]


[1263]


[1179]


Siz xam izoxlar(comment) qo'shing va 10 talik ichidan o'rin oling

Bosh Saxifa » 2010 » Iyul » 11 » Zaytun: Shifobaxsh o’simlik
Zaytun: Shifobaxsh o’simlik
13:40



Zaytun: Shifobaxsh o’simlik

                                                                                                                                         
                                                                                                                                             
                                                                                                                                          
                                                                                                                                         
                                                                                                                                  
                       





 Qur'onda e'tibor qaratilgan oziq-ovqatlardan yana biri zaytun mevasidir. Keyingi yillardagi tadqiqotlar zaytun mevasi nafaqat yoqimli taom, balki yaxshi sog‘lik manbai ham ekanligini aniqladi. Zaytun mevasiga qo‘shimcha ravishda, zaytun moyi ham muhim ozuqa manbaidir. Qur'onda zaytun daraxtining moyiga e'tibor quyidagicha qaratiladi:

Alloh osmonlar va Yerning «nuri»dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. («Nur» surasi, 35-oyat)

Yuqoridagi oyatda berilgan «mubaarokatin zaytuunatin» ifodasi zaytunning «serob, tabarruk, yaxshi, behisob boylik ulashuvchi» ekanligini bildiradi. «Zaytuhaa» so‘zida ko‘zda tutilgan zaytun moyi olimlar tomonidan, ayniqsa, yurak tomirlari va arterial sog‘lik uchun tavsiya etiladigan yog‘ turlaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Uning sog‘likka keltiradigan foydalari quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:

Yurak tomirlari va arterial sog‘lik uchun foydalari

Zaytun mevasi va zaytun moyidagi ayrim yog‘ kislotalari mono-to‘yinmagan hisoblanadi. Mono to‘yinmagan yog‘ kislotalari tarkibida xolesterin bo‘lmaydi. Shu sababli zaytun moyi xolesterin miqdorini oshirmaydi, balki uni nazorat ostida saqlab turadi. Zaytun moyi tarkibida inson tanasi uchun muhim bo‘lgan omega-6 linoleik kislotasi ham mavjud. Mana shu xususiyati tufayli sog‘lik muammolari bilan shug‘ullanuvchi (Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi) tashkilotlar aholisi arteriya qon tomirlari aterosklerozi va qandli diabet kasalligi bilan ko‘p og‘rigan davlatlarda iste'mol qilinadigan yog‘ kislotalarning kamida 30% i omega-6 dan iborat bo‘lishi kerakligini tavsiya qiladi. Bu zaytunning ahamiyatini yanada ko‘proq oshiradi.138

Bu sohada olib borilgan izlanipshar bir hafta davomida kuniga 25 millilitr (taxminan ikki choy qoshiq) tabiiy zaytun moyi iste'mol qilgan odamlarda kam miqdorda zichligi kichik lipo-protein (yomon xolesterin) va ko‘p miqdorda antioksidlovchi mavjud bo‘lishini aniqladi.139 Antioksidlovchilar tanadagi erkin radi-kallar deb nomlanadigan zararli moddalarni neytrallash va hujayra buzilishining oldini olishi sababli juda muhimdir. Ko‘plab izlanishlarda yana shu narsa aniqlandiki, zaytun moyini iste'mol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak kasalligining oldini oladi.140

Zaytun moyi qon oqimidagi zararli xolesterin (zichligi kichik lipoprotein) miqdorini kamaytirishi va foydali xolesterin (zichligi yuqori lipoprotein) miqdorini ko‘paytirishi bois u yurak hamda arteriya qon tomir kasalliklari bilan og‘riydigan bemorlarga ham tavsiya etiladi.141 Yurak va arteriya qon tomir kasalliklari ko‘p uchraydigan mamlakatlarda odatda yuqori xolesterin tarkibli to‘yingan yog‘lar iste'mol qilinadi.

Bundan tashqari, zaytun moyi omega-6 ning omega-3 ga bo‘lgan nisbatiga zarar yetkazmaydi. Omega-3 va omega-6 larning tanada muayyan miqdorda bo‘lishi juda muhim, chunki bularning nisbatidagi har qanday nomutanosibliklar ko‘pgina kasalliklar, ayniqsa, yurak, immun sistemasi va saraton kasalliklarining rivoj-lanishiga sabab bo‘ladi.142 Shu sabablar tufayli ko‘pchilik odamlar zaytun moyi sharofati bilan o‘z salomatliklarini yaxshi ahvolda saqlab turishadi. Amerika Yurak salomatligi assotsiatsiyasi yurak xastaligi xavfini kamaytirish uchun ko‘p miqdordagi mono-to‘yinmagan yog‘lar 30% gacha yog‘i kamaytirilgan taomga muqobil bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaydi.143

Saraton kasalligining oldini olishi

The Archives of Internal Medicine (Ichki tibbiyot arxivlari) nomli nashrda chop etilgan bir izlanish ko‘p miqdorda monoto‘yinmagan yog‘ iste'mol qiladigan ayollarda ko‘krak saratonining kamroq rivojlanish xavfi tug‘ilishi haqida yozadi.144 Buffalo universiteti hamda Nyu-York Davlat universiteti olimlari tomonidan olib borilgan boshqa bir izlanish esa zaytun moyi kabi o‘simlik moylarida topiladigan yog‘, ya'ni b-sitosterol, prostatada saraton hujayralari paydo bo‘lishining oldini olishda yordam berishini isbotladi. Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, b-sitosterol hujayralar bo‘linishiga buyruq beradigan hujayraning ichki aloqa tizimini kuchaytiradi va shu yo‘sinda hujayra bo‘linishi boshqarib bo‘lmas darajaga yetmasdan saraton kasalligining oldi olinishi mumkin. Oksford universitetida shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot zaytun moyi ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta'sirga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish uchun oshqozon kislotasi bilan reaktsiyaga kirishishini aniqladilar. Oksford universiteti tadqiqotchilari yana shu narsani aniqlashdiki, zaytun moyi safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasining miqdorini ko‘paytiradi va shu tariqa organizmni nonormal hujayra o‘sishi hamda saratondan himoya qiladi145

Artritning oldini olishi

Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘p miqdorda zaytun moyi va pishirilgan sabzavot iste'mol qiladigan odamlarda revmatik poliartrit, bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi kasalligiga chalinish xavfi kam bo‘lar ekan.

   Zaytun moyi suyaklarning o‘sishiga yordam beradi

Zaytun moyi tarkibida mavjud bo‘lgan Ye, A, V, D va K vitaminlari kattalar va bolalarda suyaklarning o‘sib rivojlanishiga yordam berishi va kaltsiy miqdorini barqarorlashtirish orqali suyaklarni mustahkamlashi nuqtai nazaridan ayniqsa ahamiyatlidir. Ular oson hazm bo‘lishi va o‘z minerallari orqali tanada vitaminlarning ishlatilishiga yordam berishi tufayli yoshi kattalarga ham tavsiya etiladi. U suyakning minerallanishini ko‘paytirish orqali kaltsiy yo‘qolishining oldini ham oladi.14Suyaklar organizmning mineral struktura ombori hisoblanadi. Suyaklarda mineral moddalar to‘planishining yo‘qolishi suyakning mo‘rtlashishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Zaytun moyi bu masalada eng foydali ta'sirga egadir.

   Qarishning oldini olishi

Zaytun moyi tarkibidagi vitaminlar hujayrani yangilash xususiyatiga egaligi sababli ular qariyalarni davolashda hamda terini oziqlantirish va himoya qilishda ham ishlatiladi. Oziq-ovqatlar tanamizda energiyaga aylanishi sababli oksidlovchi deb nomlanadigan ma'lum moddalar hosil bo‘ladi. Zaytun moyining tarkibida uchraydigan ko‘p miqdordagi antioksidlovchilar zararli moddalar keltiradigan ziyonning oldini oladi, bizning hujayralarimizni yangilaydi va to‘qima hamda organlarning qarishini keyinga suradi. Zaytun moyi Ye vitaminiga ham boy bo‘lib, bu vitamin tanamizdagi hujayralarni nobud qiluvchi va qarishga sabab bo‘luvchi erkin radikallarni yo‘qotadi.

Bola rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi


U osmondan sizlar uchun undan ichimlik bo‘ladigan suvni (yomg‘irni) yog‘dirgan zotdir. (Hayvonlaringizni) boqadigan giyohlar ham o‘sha suvdan (sug‘orilur). U sizlar uchun o‘sha (suv) bilan (turli) ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirur. Albatta, bu (ish)da tafakkur qiladigan qavm uchun alomat bordir. («Nahl» surasi, 10-11-oyatlar) 

Zaytun mevasi va zaytun moyida mavjud linoleik kislota (omega-6 yog‘ kislotasi) tufayli ular yangi tug‘ilgan chaqaloq hamda o‘sayotgan bolalar uchun sog‘lom ozuqa hisoblanadi. Linoleik kislo-taning yetishmasligi bolalikda o‘sishdan orqaga qolishga va turli teri kasalliklarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.147

Zaytun moyi tarkibida tanamizdagi zararli moddalarning halokatli  ta'siridan himoya qila oladigan antioksidlovchi elementlar va inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega yog‘ kislotalari mavjud. Bular tanadagi gormonlarga quvvat bo‘ladi va hujayra membranasining shakllanishiga yordam beradi.

Zaytun moyi ona sutidagi kabi muvozanatlashgan polito‘yinmagan tarkibga ega. Zaytun moyi inson tanasidan olib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarning yetarli manbai bo‘lganligi sababli bola tanasi uchun katta ahamiyatga ega. Bu omillar zaytun moyining yangi tug‘ilgan bolalar uchun juda muhimligini ko‘rsatadi.

Bola miyasi va asab sistemasining tabiiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi bois, zaytun moyi mutaxassislar tomonidan homilador ayollar va onalarga iste'mol kilish uchun tavsiya etiladigan yagona moydir. Zaytun moyi tarkibida ona sutidagiga teng miqdorda linoleik kislota mavjud. Yog‘siz sigir sutiga zaytun moyi qo‘shilganda, u ona sutiga tenglashib, tabiiy ozuqa manbaiga aylanadi.148

   Qon bosimini tushirishi

2000 yil 27 martda The Archives of Internal Medicine(Ichki tibbiyot arxivlari) nashrida chop etilgan bir izlanish yana bir bor zaytun moyining yuqori qon bosimiga nisbatan foydali ta'siriga urg‘u beradi. Yuqori qon bosimini tushirish uchun ishlatiladigan dorilar zaytun barglaridan ham tayyorlanadi.

   Ichki a'zolar uchun foydalari

Zaytun moyi issiq yoki sovuq holda iste'mol qilinishidan qat'i nazar, oshqozon kislotasi miqdorini kamaytirish orqali oshqozonni gastrit va yaralar kabi kasalliklardan himoya qiladi.149 Shuningdek, o‘tni harakatga keltirib, uning faoliyatini yaxshi-laydi. U o‘t pufagidan chiqadigan suyuqlikni tartibga soladi va o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.150 Zaytun moyining tarkibida xlorid mavjud bo‘lib, u jigar faoliyatiga yordam beradi va shu tariqa ortiqcha mahsulotlarni tanadan yo‘qotishga ko‘maklashadi. U miya arteriyalariga ham foydali ta'sir ko‘rsatadi.151

Zaytun moyi keyingi yillarda, ayniqsa, mutaxassislarning e'tiborini tortdi.152 Quyida mutaxassislar bildirgan ayrim fikrlar keltirilgan:

Jiin Karper, sog‘liq va oziq-ovqat sohasida ko‘zga ko‘ringan mutaxassis, CNN axborot telekanalining sovrindor muxbiri, jurnalist va The Food Farmacy (Oziq-ovqat farmatsevtikasi) hamda Food Your Miracle Medicine (Oziq-ovqat - Sizning mo‘jizaviy doringiz) nomli nashrlar muallifi:

Italiyada olib borilgan yangi tadqiqot zaytun moyining tarkibida antioksidlovchilar borligini ..., bular kasallik jarayonlariga, jumladan, arteriya qon tomirlarini to‘sib qo‘yuvchi zichligi kichik liporotein xolesteriniga qarshi kurashishini aniqladi.

Pat Breyd, parhezshunos va ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi:

Zaytun moyining serqirra, ya'ni ko‘p xususiyatli ekanligi menga quvonch bag‘ishlaydi ... biz u haqida qanchalik ko‘p bilsak, uning salomatlik uchun qo‘shadigan ulkan hissalari haqida ham shunchalik bilimgaegabo‘lamiz.

Doktor Dimitrios Trixopoulos, Garvard universiteti Xalq salomatligi maktabining Epidimologiya boshqarmasi boshlig‘i:

Agarda amerikalik ayollar tuiingan yog‘lar o‘rniga ko‘proq zaytun moyi iste'mol qilishganda edi, ko‘krak saratoni xavfini deyarli ellik foiz (50%) gacha qisqartirishlari mumkin edi.

Zaytun moyi xavfli o‘simtalarning prostata, ko‘krak, yo‘g‘on ichak, tangachasimon hujayralar va qizilo‘ngachga oid ba'zi turlariga qarshi himoya ta'siriga ega.

D. Pek, Mayami universiteti Tibbiyot maktabi xodimi:

Zaytun moyi sichqonlarning immun sistemasini kuchaytirganligi isbotlandi...

Bruno Berra, Milan universiteti Umumiy fiziologiya va biologik kimyo instituti xodimi:

...o‘ta musaffo zaytun moyining qarshilik ko‘rsatuvchi kichik qismlari zichligi kichik liporoteinning oksidlanishga bo‘lgan qarshiligini sezilarli darajada oshiradi.

A. A. Revilliz, G. Rikkardi va M. Mansini, Neapoldagi Federeko II universiteti Ichki tibbiyot va metabolik kasalliklar instituti xodimlari:

Zaytun moyi insulin qarshiligining oldini oladi va qondagi glyukoza miqdorini yaxshiroq nazorat qiladi.

Patriziya Galleti, Neapol Ikkinchi universiteti Tibbiyot va jarrohlik fakulteti xodimi:

Zaynun moyi polifenollarini parhez sifatida iste'mol qilish ba'zi oshqozon-ichak kasalliklari va ateroskleroz kabi reaktiv kislorod metaboliti bilan bog‘liq kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkin. Zaytun moyining gidroksitirozoli odamning eritroqitlarini oksidlanish yetkazadigan shikastdan himoya qiladi.

Frank Saks, Garvard Xalq salomatligi maktabi:

Semizlikni nazorat qilish va davolashda zaytun moyiga boy taomlar kam yog‘li taomlarga qaraganda samaraliroqtsir. Bundan tashqari, u ancha vaqt ozishga imkon beradi va u bilan ozishni davom ettirish osonroq...

Ko‘rib chiqqanimizdek, bugungi kunda ko‘pchilik olimlar zaytun moyiga asoslangan ovqatlanish tartibi ideal ozuqaviy modelni tashkil etadi, deb hisoblashadi. Bunday fazilatga ega zaytun mevasi va zaytun moyi har bir kishining kundalik ovqatlanish dasturidagi har bir taomning asosiy tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Qur'onning ko‘p oyatlarida Alloh tomonidan urg‘u berilgan zaytun o‘simligining foydalari tibbiyot fanida erishilgan yutuqlar natijasida kashf qilindi.




                                                                                         www.Ziyouz.com

 
 
Kino va boshqa Video fayllar haqida savollar bo'lsa yoki Kino/Video fayllarni ko'rishda muammolarga duch kelsangiz SHU YER orqali xabar berishingiz mumkin!
 
 

Статья / Maqola| Ko'rildi: 3976 | Joyladi: Uz_Master| Reytingi: 5.0/2 |
 
 
Barcha Izoxlar:0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin
[ BIR DAQIQADA RO'YXATDAN O'TISH | KIRISH ]
 

 
 
 
Kirish/Chiqish
Xush Kelibsiz!
 

Nickname: Mehmon
 
 
Yangi Kun Tartib
«  Iyul 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Portaldan Izlash

Реклама
Tavsiya Etmoq

Islomiy Saytlar

 
Statistika
 
 

O'zbekistondagi Birinchi Raqamli Portal
UzCinema © 2007-2024 |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.