:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Dushanba, 20-Мая-2024, 22:21
Siz bizning qadrdon Mehmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Lavxalar [13]
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » Saxobalar (r.a) Xayotlari

Maqolalar soni: 12
Ko'rinib turgan fayllar soni: 1-12

Hazrati Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) bir kuni tushlarida Jabroilni (alayhissalom) ko‘rdilar. U zot Payg‘ambarimizga Abu Bakr Siddiqning (roziyallohu anhu) qizlari Oyishaning tasvirlari tushirilgan ipak ro‘molchani ko‘rsatib: «Ey Nabiy, dunyo va oxiratda jufti halolingiz bu kishidir», dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dastlab bu tushga uncha ahamiyat bermadilar.
Lavxalar | O'qildi: 1478 | Joyladi: Uz_Master | Sana: 05-Июля-2010 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (0)

Hazrati Hadicha (roziyallohu anho) Rasululohning (sollallohu alayhi va sallam) ilk zavjalari, imon keltirib, «mo‘minlar onasi» sharafini olgan birinchi musulmon ayoldir. Hazrati Hadicha islomiy da'vatning boshlanishida Payg‘ambarimizga dalda va ko‘makchi bo‘ldi va bu da'vatning sobitlik bilan yoyilishiga yordam berdi. Bu ayol Nabiyning (sollallohu alayhi va sallam) Qosim, Abdulloh (Toyyib yoki Tohir), Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum va Fotima ismli farzandlarining volidai mukarramasidir. Otalari Huvaylid ibn Asad ibn Qusayy ibn Abduluzza, onalari Zaida ibn Asommning qizi Fotima edi.

Lavxalar | O'qildi: 1371 | Joyladi: Uz_Master | Sana: 05-Июля-2010 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (0)

 
 
 
qiyomatning kichik alomatlari haqida video lavha,marhamat tomosha qiling ..
Lavxalar | O'qildi: 3179 | Joyladi: sch | Sana: 25-Июня-2009 | Reytingi: 4.9/7 | Izoxlar (2)

 
 
Аллоҳга ҳамдлар бўлсин, Аллоҳнинг Расулига ва у зотнинг аҳли-оиласи, саҳобалари ва у зотга яхшиликда эргашган барча кишиларга салавот ва саломлар бўлсин.
Аммо баъд...
Исбол – эркак кишининг кийими тўпиғидан пастга тушиб туриши маъносида бўлиб, устки кийим, изор, шим, шалвар, узун кўйлак каби нарсаларни ўз ичига олади.
Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам, саҳобаи киромлар ва улуғ имомлардан исболни ман қилувчи ва унга бепарво қарашдан қайтарувчи кўп ривоятлар келган. Улар шу қадар кўпки, маъно жиҳатидан мутавотирлик даражасига етган. Ўттизга яқин саҳоба бу ҳақда ривоят қилган бўлиб, баъзилари «Саҳиҳ»ларда, баъзилари «Сунан» ва «Муснад»ларда, айримлари бошқа ҳадис девонларида битилган.
Lavxalar | O'qildi: 1841 | Joyladi: pandahon | Sana: 23-Мая-2009 | Reytingi: 5.0/1 | Izoxlar (0)

 
 
Аллох таоло фаржни мутлако, хар кандай холатларда хам саклашни амр килди. Факат халол жуфти ва кўл остидаги чўриси бундан мустасно. Аммо кўз билан караш, баъзи ўринларда жоиз бўлади. Масалан: Гувох бўлганда, закот берувчи киши ва уйланмокчи бўлганидаги холатлар каби.
Бандалар килаётган ишлардан Аллох хабардор зот.
Аллох таоло мўмин эрларни кўзлари ва фаржларини саклашга амр килгач, мўмина аёлларга хам шу нарсани амр килиб айтадики: “Мўмина аёлларга хам айтинг: авратларга ва эр кишиларга шахват назари билан карашдан кўзларини пастга туширсинлар хамда харом жимоъ килинишдан, ушлатиш ё каратишдан фаржларини сакласинлар.
Lavxalar | O'qildi: 2576 | Joyladi: pandahon | Sana: 23-Мая-2009 | Reytingi: 5.0/4 | Izoxlar (0)

Abu Dardoning o'gitlari
Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas'ul bo'lmagan narsalarga mas'ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so'roqqa tutmang.
Ey inson o'g'li! Sen o'z amalingga boq. Zero, xalqdan ko'rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayHu chekadi va hech qachon alami so'nmaydi.
Allohga Uni ko'rib turgandek ibodat qilingiz. O'zingizni o'liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo'ldan ozdirib, Haflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo'lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
Yaxshilik mol va farzandlarning ko'pligida emas. Yaxshilik keng fe'lli, axloqli bo'lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo'lishdadir.
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo'ysangiz, albatta Allohdan mag'firat so'rang¦.

Lavxalar | O'qildi: 2043 | Joyladi: __---------__ | Sana: 28-Октября-2007 | Reytingi: 3.5/2 | Izoxlar (1)

Utba ibn G'azvonning o'gitlari
Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: "Utba ibn G'azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo'lganida bizga bir xutba o'qidi. Allohga hamd va sanodan so'ng shunday dedi:
Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan, bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo'g'i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so'ngsiz bir hayotga o'tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo'lingizda eng xayrli narsa nima bo'lsa, o'shani o'zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so'ngsiz bo'shliq insonlar bilan to'lajakdir. Bunga hayron bo'lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo'q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa'd ibn Molik ikkimiz bo'lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o'lkaning hokimlarimiz. O'zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo'lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman".
Lavxalar | O'qildi: 1829 | Joyladi: __---------__ | Sana: 28-Октября-2007 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (0)

Ubay ibn Ka'bning o'gitlari
Mo'min to'rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne'mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to'g'ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo'minning besh narsasi nurdir. Mo'min kishi haqida Alloh "Nur'un a'la nur" (nur ustiga nur) yog'dirgan. Inchunun, mo'minning yaxshi so'zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so'zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir¦.
Lavxalar | O'qildi: 1696 | Joyladi: __---------__ | Sana: 28-Октября-2007 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (0)

Abu Umomaning o'gitlari
Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o'qilgach, mayyitni ko'ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
? Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko'rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko'chib o'tishga majbursiz. Bu qabr yolg'izlik, qoronHulik uyidir, bo'rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Lavxalar | O'qildi: 1788 | Joyladi: __---------__ | Sana: 28-Октября-2007 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (0)

Hazrat Alining (r.a.) vasiyati
Hazrati Ali (r.a.) o'g'li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar:
-Bilmagan narsang haqida so'zlama;
-vazifang bo'lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir;
-falokat kelishidan qo'rqqan yo'lingni tark et, zero bir ishda falokat sezilganda, unit ark etmoq qo'rquv bilan olg'a surmoqdan hayrlidir;
-o'zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o'rgan, zero, haqsizlik qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir;
-kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo'lsa, ertaga shu narsaga erishadi;
-so'z ahli bo'lishdan ko'ra ish ahli bo'lgin.
Lavxalar | O'qildi: 1590 | Joyladi: __---------__ | Sana: 28-Октября-2007 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (0)

Usmon ibn Affonning o'gitlari
Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
"Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so'lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg'ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
Lavxalar | O'qildi: 2242 | Joyladi: __---------__ | Sana: 28-Октября-2007 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (1)

Hazrati Umarning o'gitlari
"Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo'l ko'rsatuvchi bo'ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o'rganingiz.
Lavxalar | O'qildi: 1752 | Joyladi: __---------__ | Sana: 28-Октября-2007 | Reytingi: 0.0/0 | Izoxlar (0)

Portalga Kirish
Login:
Parol:
 
Eslab qolsinmi
IZLASH
Foydali linklar
Saytga Kirganlar Soni

UzCinema © 2024 |