:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Dushanba, 20-Мая-2024, 23:08
Siz bizning qadrdon Mehmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Xadislar [31]
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » XADISLAR » Xadislar

Odamiylik izidan



Musulmonlarga ozor yetkazish gunohi azim!


Rasulululloh s.a.v. yo’llardan ozor yetkazadigan narsalarni olib tashlash imon-e’tiqodning bir bo’lagi va jannatga kirishga sabab bo’luvchi xayrli ish ekanining xabarini berdilar. Zero yo’llarga yo’lovchilarga ozor beradigan narsalarni tashlab ketish gunohi azim, manfur ishdir. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Imon-e’tiqod oltmish (ba’zi rivoyatlarda etmish) dan ortiq qismdan iboratki, uning eng oily darajasi "La ilaha illalloh” kalimasi bo’lsa, quyi darajasi (odamlar yuradigan) yo’ldan (ularga) ozor etkazadigan narsalarni olib tashlash (bilan bo’ladi). Hayo ham imonning bir bo’lagidir.” (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyati)


Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Ummatimning (umr davomida qiladigan) barcha yaxshi-yu yomon ishlari menga birma-bir ko’rsatildi. Men ular ichida yaxshi ish yo’llardan (yo’lovchilarga) ozor beradigan narsalarni olib tashlash va yomon ish ustiga u-bu narsa tashlab qo’yilmagan, masjidda tuflab ketilgan balg’am degan xulosaga keldim.” (Imom Muslim rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Odamzot zimmasida (tanasidagi) har bir bo’g’im uchun sadaqa berish haqqi bor: quyoshli har bir kunda ikki kishi orasini isloh qilishing ham sadaqa! Biron bir kishiga yukini uloviga ortishiga yordamlashib yuborishing ham sadaqa (qilganlik savobiga erishasan)! (Ochiq chehra bilan) aytilgan shirin so’z ham sadaqa! Namoz o’qish yo’lida qo’yilgan har bir qadam ham sadaqa! Yo’ldan (yo’lovchilarga) ozor beruvchi narsalarni olib tashlash ham sadaqa!” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Kishi yo’lda ketayotib tikanli daraxt novdasiga duch kelib qolsa va uni yo’ldan olib tashlasa, Alloh taolo undan (uning bu ishidan) mamnun bo’lib, uning gunohini kechirar.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Rasulululoh s.a.v. dedilar: "Men jannatda bir kishining hayoti dunyoda musulmonlar yuradigan yo’ldan ularga ozor berib turgan, o’zi kesib tashlagan o’sha daraxt ostida u yoq-bu yoqqa to’ntarilib, rohatlanib yotganini ko’rdim.” (Imom Muslim rivoyati) Shuningdek, yo’llarga yo’lovchlarga ozor beruvchi narsalarni tashlab ketadigan kishilar xususida ham bir qancha hadislar rivoyat qilingan. Jumladan Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: "Odamlar yuradigan yulga yoki ular dam oladigan soya-salqin joyga axlat tashlab ketadigan (Alloh taolo va odamlar) qarg’ishiga qoluvchi kishilardan biri bo’lib qolishdan hazr bo’ling!” (Imom Muslim rivoyati) Bugungi kunda bu kabi ishlar ba’zi kishilar uchun oddiy holga aylangan. Yo’llarda turib olib sigaret chekib, hamma yoqqa tuflab tashlash, yo’llarni qazigandan keyin uni shu holicha tashlab ketish, tosh, temir, shisha parchalarini uloqtirish kabilar har qadamda uchraydi. Bunda yo’lovchiga biron bir ozor yetib qolishi, ularni xatarga qo’yish bilan gunohga qolish hissi ko’pchilik kishilarning hatto xayoliga ham kelmaydi. Yo’l chetidagi xiyobonlarni axlatga to’ldirish, daraxt ostida yozilib, siyib ketish, mashina moyini oqizish, ovqat qoldiqlari, hayvon suyaklari kabi axlatlarni tashlab ketishlar… Qani imon? Qani diyonat? Qani Allohdan qo’rquv? Qani birodarlik hurmati? Yo’lda xorib-charchab kelayotgan kishi dam olish uchun daraxt soyasiga kelgach tosh, shisha parchalari, axlat, badbo’y hid kabi xunuk manzara ustidan chiqib qolsa, uning qalbidan nimalar o’tishi mumkin? Ko’ngli og’rib, bu kabi manzaraga sabab bo’lgan kishilarni qarg’amaydimi? Payg’ambarimiz s.a.v. birovga ozor yetkazish, zulm qilishdan ehtiyot bo’lishni, boshqa musulmonlarning ham huquqini hurmat qilishni uqtirmaganlarmi?! Mazlumning qarg’ishi Alloh huzurida beshak maqbul-ku?! Biz bundan qo’rqmaymizmi? Ba’zilar mashinasi tezligini oshirib haydab, bo’lar-bo’lmas signal chalib, yo'lovchilarni xatarga qo’yib ko’plab baxtsiz hodisalarga sabab bo’lmoqdalar. Hali voyaga etmagan yosh bolalarning mashina boshqarishni puxta egallamay turib, mashinalarni katta tezlikda haydab o’tishlarining guvohi bo’lmoqdamiz. Yana bir yetkizilayotgan ozor zaruratsiz, yo’lovchilar harakatiga halaqit berib, ko’zini nomahramlardan tiymasdan ko’cha o’rtasida turib olishdir. Abu Sa’iyd al-Xudriy r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.: "Yo’l ustida turib olishdan hazr bo’ling! , dedilar. Ular (sahobalar) biz faqat gaplasgib turibmiz, xolos, deyishdi. Rasululloh s.a.v. unda "yo’l haqqi”ni bering, dedilar. Ular ey Allohning rasuli, bizga yo’l haqqi nimaligini o’rgating, deyishdi. Shunda u kishi yo’l o’rtasida turar bo’lsangiz ko’zingizni nomahramdan tiying, birovga ozor yetkazib qo’yishdan ehtiyot bo’ling, salomga alik oling, (bir biringizni) Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilib, U zot man qilgan ishlarni qilmaslik lozimligini uqtiring! ,dedilar ” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyati) Demak, yuqorida aytilgan ishlarni qilgan kishigina yo’lda zarurat yuzasidan turishga haqli. Kimning ushbu ishlarni qilish qo’lidan kelmasa, yo’lda turib olishdan ehtiyot bo’lsin. Aks holda gunohkor bo’ladi. Uyi yo’l yoqasida bo’lgan xonadon rahbarlari oila a’zolarining bu kabi ish-yo’l ustida gapxoha qilmasliklarini nazorat qilishga mas’uldirlar. Shuningdek, yosh bolalarning ko’chada futbol, volleybol kabi o’yinlar o’ynab yo’lovchilarga halaqit bermasliklarini nazorat qilish, ularga bu kabi o’yinlarni chetroqda, stadionlarda o’ynash lozimligini tushuntirishlari zarur. "Yo’l haqqi”ga hozirgi paytda yo’l qoidasiga rioya qilish ham kiradi. Zero yo’l qoidasiga rioya qilmaslik-tezlikni oshirish, svetoforga qarab harakatlanmaslik, mashinani to’xtash mumkin bo’lmagan joyda to’xtatish, mashinani boshqara olmaydigan holatda (masalan, mudroq bosganda) boshqarish kabilar ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkin.


Категория: Xadislar | Joyladi: Mini_MasteR (15-Апреля-2010)
Ko'rildi: 1804 | Reytingi: 0.0/0 |
Barcha Izoxlar: 0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
Login:
Parol:
 
Eslab qolsinmi
IZLASH
Foydali linklar
Saytga Kirganlar Soni

UzCinema © 2024 |