:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Dushanba, 03-Июня-2024, 07:38
Siz bizning qadrdon Mehmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Xadislar [31]
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » XADISLAR » Xadislar

"...bizdan emas!"dan qo'rqaylik.
UZCINEMA


"G’ishsh"(aldamchilik, yolg'on, firibgarlik, qalloblik, laqillatish, o'zganing haqqini yeyish va hokozolar), uning ta'rifi, ko'rinishlari va zararlari.


Alloh taologa hamdu sano, Rasuliga va u zotning oila ahli va sahobalariga durudu salovatlar bo'lsin!

Alloh taolo Qur'on Karimning bir qancha o'rinlarida firibgarlik, qalloblik, aldamchilikni qattiq qoralagan va ushbu sifatga ega kishilarga "Vayl" (jahannamdagi vodiy nomi) ni va'da qilgan. "O'zlariga tortib olganda to'la-to'kis tortib olib, uni o'zgalarga tortib berganda esa tarozidan urib qoladigan kishilarga vayl bo'lsin!”.(Al- Mutoffifin:1-3).

Bu tarozidan urib qoluvchilar holi. Odamlar haqqini yeydigan, ularni laqillatib molini umaradiganlar ahvoli ne kechar ekan?!

Shuayb a.s. ham o'z qavmini bu kabi illatdan qaytargani Qur'onda aytib o'tilgan. Rasululloh s.a.v. ham bu kabi ishni qattiq qoralaganlar. U zot bir kuni uyib qo'yilgan oziq- ovqat oldidan o'tib qolib, qo'llarini uning orasiga tiqib ko'rsalar, ichi nam ekan. Shunda sotuvchidan , bu nimasi?, deb so'radilar. U Ey Allohning rasuli, yomg'ir suvi tushib namiqib qolibdi, dedi. U zot namiqqanini odamlarga ko'rinarli qilib qo'ymadingmi?! Kim bizni laqillatmoqchi bo'lsa, u bizdan emas, dedilar. (Imom Muslim rivoyati) Rasululloh s.a.v. ning "bizdan emas", deya baho berganlari bu kabi illat naqadar xatarli, jirkanch ekanini bildiradi. Bundan ko'ra og'irroq jazo yo’q. "g’ishsh" so’zi ta'rifi: Al- Munaviy fikricha, "g’ishsh"- bu oppoq narsa ustiga tushgan qop-qora dogdir. Al- Kufiy ta'rificha, "g’ishsh" bu qalbdagi dog, yuzdagi tundlik bo'lib, bu hasad va kin mevasidir. Ko'rinishlari:

1) Oldi-sottidagi firibgarlik, qallobliklar. Bu hozirgi davrimizning dolzarb masalasi bo'lib, sotuvchining tovar aybini bekitishga urinishi, mol vazn va sifatidagi kamchiliklarni oshkor qilmasligi kabilardir. Bunda batafsil tuxtamoqchimiz:

a) Ba'zi bir mevafurishlarning idish ustiga eng sara mevalarni terib qo’yib, idish tagiga sifati past mevalarni solib qo’yishi, bu bilan esa oluvchining idish sara mevalar bilan to’la ekan deb xulosa chiqarib, aldanib qolishiga sabab bo’lishi yoki sotuvchining mevalarni bargi bilan q’oshib sotishi;

b ) Ba’zi sotuvchilarning shisha idish tagiga sifati past yog’ solib, ustini yuqori sifatli moy bilan to’ldirib qo’yishi;

c) Ba’zi sotuvchilarning molni yengil idishda sotib olib, og’ir idishda sotishi;

d) Ba’zi kiyimfurushlarning deffektli molni amallab epaqiga keltirib, keyin uni deffekti bor mol ekanini aytmay turib sotib yuborishi;

e) Ba’zilarni kiyimni bir–ikki kun kiyib, keyin esa uni kiyilmagan kiyim, yap-yangi deb sotib yuborishi;

f) Ba’zilarning esa molni nam joyga tashlab qo’yib, u namiqib vazn olgach sotib yuborish;

g) Ba’zilarning do’konini qoramtir nur beruvchi chiroqlar bilan bezab, bu bilan molidagi kamchilikni bekitishga urinishi;

h) Ba’zilarning oltinga kumushni aralashtirib, sof oltin narxida sotib yuborish;

i ) Ba’zilarning ishlatilgan oltin buyumni yangi oltin buyumi narxida sotib yuborish;

j) Ba’zi mashinafurushlarning o’ta yomon holatdagi mashinani u yoq-bu yog’ini ta’mirlab, uncha eski bo’lmagan mashinadek ko’rsatib, aldab sotib yuborish;

k) Ba’zilarning anchagina yurib qo’ygan mashinaning kilometr hisoblagich raqamini orqaga qaytarib sotib yuborish;

l ) Ba’zilarning mashinasining nozik ayblarini bila turib, uni aytmay oluvchida ishonch uyg’otish maqsadida xohlasangiz, mashinani sinab ko’rishingiz mumkin, deb qasam ichib aldashga urinish;

m) Ba’zilarning mashinasidagi haqiqiy aybini bekitish maqsadida undagi arzimas, kichik ayblarni aytib, o’zini diyonatli, insofli ko’rsatmoqchi bo’lib mashinasini sotishga harakat qilishi ;

n) Ba’zilarning mashinasining narxini ko’tarish, qimmatroq narxda sotish maqsadida, bitta- yarimta tanishi bilan mashinani so’rab kelganlar oldida mashinani so’rab kelgan kishi bo’lib mashina narxini ko’tarishi xususida til biriktirib olishi;

o) Ba’zi qassoblarning mol yoki qo’yni semiz, to’la ko’rsatish maqsadida turli yo’llar bilan: qornini damlatib, shishirib yoki terisiga havo to’ldirib bozorga olib chiqishi;

p) Ba’zilarning esa sigiruning yelinli, ko’p sut beradigan qilib ko’rsatish maqsadida uni uch- to’rt kun sog’masdan yelinini shu yo’l bilan shishirib bozorga olib chiqishi;

2) Uylanish yoki turmushga chiqish (qizni turmushga uzatish) dagi qallobliklar:

a) Ba'zilarning qizidagi ba'zi bir kasallik, xastalikni, ayb-nuqsonini bekitib turmushga uzatishi;

 

 Ba'zilarning qizining uchrashuvga turli xil bo’yuq chaplab, sun’iy husn berib olib chiqishi;

c) Ba'zilarning o’zini boy qilib ko’rsatish maqsadida ijaraga qimmatbaho kiyim va mashina olib uchrashuvga chiqishi va shu yul bilan qizga uylanishi;

d) Ba'zilarning uchrashuvga chiqqan qiz yoki o’g’ilni ularda yo’q sifatlar bilan maqtab, ko’klarga ko'tarib quda tomonga qiziqish uyg’otishi;

e) Ba'zilarning yoshi o’tib qolgan qizini turli sun’iy yo’llar orqali yoshartirib turmushga uzatishi;

3) Musulmonning birodari bilan munosabatidagi qallobliklar: Bu asosan musulmon kishida samimiyatning yo’qligi, dunyoviy maqsadlarini birodarlik rishtalaridan ustun qo’yishi bilan hosil bo’ladi. Birodarining gunoh ish qilayotganini, boshiga g’am-tashvish tushganda, azob chekayotganini ko’rib quvonadi. Zero, musulmon- birodarining bamisoli ko’zgusi: inson ko’zguga nazar tashlab, o’zidagi kamchiliklarni to’g’rilab oladi. Buning uchun ko’zgu sof, shaffof bo’lmog’i lozim. Samimiyat-bu birodariga ozor yetkazmaslik, sirini saqlash, unga yetadigan zararning oldini olish, o’ziga ravo ko’rganini unga ham ravo ko’rish, o’zidan yoshi katta bo’lganlarining hurmatini joyiga qo’yish, kichiklarini izzat qilish, birodari hojatini chiqarishda qo’lidan kelgancha yordam berish va hokozolar bilan amalga oshiriladi. Abu al- Qosim at-Tabaroniy sahoba Jarir ibn Abdulloh al- Bajliy r.a. dan rivoyat qiladilar, bir kuni Jarir ibn Abdulloh g’ulomlaridan biriga bozordan ot sotib olib kelishni buyurdi. Xizmatkor otni uch yuz dirhamga savdolashib, pulini berish uchun ot va ot egasini Jarir hovlisiga boshlab keldi. Jarir otni ko’rib oting uch yuz dirhamdan qimmatrog’iga arziydi, unga to’rt yuz dirham bersam maylimi?, dedi. Ot egasi Abu Abdulloh, ixtiyoring!, dedi. Shunda Jarir yana oldingi gapini qaytarib, har safar yuz dirhamdan qo’shib boraverdi va oxiri otni sakkiz yuz dirhamga sotib oldi. Otning egasi undan bu ishining sababini so’raganda, u men rasululloh s.a.v. ga har bitta musulmon birodarim bilan samimiy munosabatda bo’laman, deya bay’at berganman!, deb javob bergan. Ana samimiyat!…


Категория: Xadislar | Joyladi: Mini_MasteR (13-Апреля-2010)
Ko'rildi: 1722 | Reytingi: 5.0/2 |
Barcha Izoxlar: 0
Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
IZLASH
Foydali linklar
Saytga Kirganlar Soni

UzCinema © 2024 |