Assalomu alaykum qadirli do'stlar!! Ona zaminimiz yam-yashil libosga burkanib, o‘zining betakror ko‘rku jamolini namoyon qilayotgan, bahor nafasi ufurib turgan shu nurafshon kunlarda barchamiz intizor bo‘lib, orziqib kutadigan Navro‘zi olam yurtimizga kirib keldi. Mana shu mavzu o'z o'zidan ochilishga majbur bo'ldi
Mana shu uyg‘onish va yasharish, go‘zallik va nafosat, muruvvat va saxovat ramzi – Navro‘z ayyomi bilan siz, aziz forumchilani, foydalanuvchilarni, sizlar orqali barcha oyila a'zolaringizni va yaqinlaringizni, portal nomidan chin qalbdan tabriklab utmoqchidim.
Hurmatli do'stlarim!
Hammamizni mana shu nafis bayram bilan tabrkliman.! Barchamiz yengi yilda qalbimizda joylashgan eng ezgu samimiy tilaklarimiz ushalsin.
Barchamizning tilagimiz – Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayzu baraka, baxtu saodat bersin, dasturxonimizni to‘kin, rizqimizni butun qilsin.
Iloyim hammamizda mana shu bahor faslidek, softlik , poklik va ezgulik bo'lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!
