Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
107. "Mouvn"
SARDORMIRZO
Sana: Yakshanba, 24-Февраля-2008, 23:02 | Xatlari # 1
Ism:
[Администратор]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1185]
Xulqi: +
[90] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

MOUVN SURASI

Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U yetti oyatdir. Bu surada dinning mohiyati haqida so‘z yuritilib, ayrim o‘zlarini dindor hisoblab yurgan, lekin atroflaridagi yetim-g‘ariblarga dilozorlik qiladigan, bechora-miskinlarning holidan xabar olmaydigan kimsalarni dinni (ya’ni qilingan har bir ish-amal uchun oxiratda hisobkitob, jazo bor ekanini) inkor qilguvchilar deb ataladi. Shuningdek, bu surada o‘zlari yolg‘iz bo‘lganlarida namoz o‘qishni «unutib» qo‘yadigan va faqat el ko‘rsinga namozxon bo‘lgan hamda qo‘ni-qo‘shni, hamsoyalardan odatda o‘rtada ishlatiladigan eng arzimas ro‘zg‘or buyumlarini ham ayaydigan riyokor va xasis kimsalar haqiga duoyi bad qilinadi va bu bilan yetim bechoralarga mudom yordam qo‘lini cho‘zadigan, toat-ibodatini yolg‘iz Yaratganning rizoligini ko‘zlab, beriyo qiladigan xayrsaxovatli zotlargina haqiqiy mo‘min-musulmonlar ekanligi ta’kidlanadi. Suraning nomi bo‘lmish «Mo’un» kalimasi — idish-tovoq, bolta-tesha kabi mayda ro‘zg‘or buyumlari degan ma’nolarda keladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Dinni (oxiratdagi jazoni) yolg‘on, deydigan kimsani(ng qanday kimsa ekanligini) ko‘rdingizmi — bildingizmi?

2-3. Bas, bu yetim-esirni (qo‘pollik bilan) haydab soladigan va (kishilarni) miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir.

I z o h. Ya’ni kimki “iymon keltirganman” desa-yu, ammo yetim-esirning haqqidan qo‘rqmasa; bechora-miskinlarning boshini silab mehribonlik qilmasa, u dinni inkor qilguvchi kimsalar bilan barobardir.

4-5. Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki.

6-7. Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir!

  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025