Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
101. "Qoria"
SARDORMIRZO
Sana: Yakshanba, 24-Февраля-2008, 23:07 | Xatlari # 1
Ism:
[Администратор]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1185]
Xulqi: +
[90] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

QORIA SURASI

Makkada nozil qilingan bu sura ham o‘n bir oyatdan tashkil topgandir. Bu surada ham Qiyomat dahshatlari tasvirlanib, u Kunda har bir inson o‘z qilmishiga qarab mukofot yoki jazoga mustahiq bo‘lishi haqida xabar beriladi. Suraning nomi bo‘lmish «Al-qori’a» kalimasi «Qalblarni qattiq qoqquvchi (Qiyomat)» degan ma’noni anglatadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (O’z dahshatlari bilan kishilar qalbini) qattiq qoqquvchi (Qiyomat)!

2. U qattiq qoqquvchi nedur?!

3. (Ey inson), qattiq qoqquvchi (Qiyomat) nima ekanligini sen qaerdan bilar eding?!

4. U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan parvonalar kabi bo‘lib qolurlar! (Ya’ni qabrlaridan chiqishib, Qiyomat dahshatidan o‘zlarini har yonga urib-to‘zib ketadilar)!

5. Tog‘lar esa titilgan jun kabi (osmonda uchib yuradigan) bo‘lib qolur!

6-7. Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og‘ir kelsa, ana o‘sha (har bir inson) rozi bo‘ladigan - orzu qiladigan hayotda bo‘lur.

8-9. Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi «jarlik»dir!

10. Uning nima ekanini qaerdan ham bilar eding?!

11. (U) qizigan do‘zaxdir!



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025