Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
97. "Qadr"
SARDORMIRZO
Sana: Yakshanba, 24-Февраля-2008, 23:11 | Xatlari # 1
Ism:
[Администратор]
Maqomi:
[Portal Administrator]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1185]
Xulqi: +
[90] ±
Xulqi: -
[] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Швеция]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

QADR SURASI

Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdan iboratdir. Unda so‘z insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan bir kecha haqida — insonlarga bu hayotidunyodan chin insoniy hayot kechirib o‘tish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beradigan so‘nggi mukammal ilohiy dasturul-amal bo‘lmish Qur’oni Karim nozil bo‘la boshlagan nihoyat qadrli bir Kecha va uning fazilatlari haqida boradi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik.

2. (Ey Muhammad), Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz?

3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.

I z o h . Demak u kechada qilingan toat-ibodat ham ming oylik ibodatdan yaxshiroq bo‘ladi. Biz bu kechaning barakoti haqida «Duxon» surasining 2-5 oyatlari tarjimasi va izohida aytib o‘tgan edik. Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha, Qadr kechasi ramazon oyining yigirma yettinchi kechasidir.

4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhis-salom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar.

5. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir.



  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025