ASSALOMU ALAYKUM AZIZLAR. BU MAVZUDA BARCHA MUSOFIRLAR O'Z ONAYIZORLARIGA SOGINCH SO'ZLARINI YOZISHI MUMKIN. HAMDLAR AYTSIN QODIR HUDOGA,HAYOT BOLSA KIMNING ONASI.
Salom mana man musofirman! Oyijonimni juda juda sog`indim telefonda gaplashsam ovozlarini eshitsam doim ko`zimga yosh keladi chunki juda juda sog`inaman.Mana meni uzoqlarga turmushga mani o`zlari berib yubordila aslida men dan ham ular ko`proq sog`inadilar. Qiz bola turmushga chiqsa erim deydi farzantlik bo`lsa bolam deydi menda hammasi bo`lsa ham onam deyman Chunki dunyoda eng aziz insonim bu oyijonim!
ASSALOMU ALAYKUM MEHRIBON ONAJONIM. SIZNI SOGINIB MAKTUB YOZMOQDAMAN. SIZNI HAR ON KO'RGIM KELADI. MUSOFIRCHILIKDA QADRINGIZ JUDA JUDA BILINMOQDA. MEN ASLI KATTA YOSHGA KIRSAMDA, LEKIN SIZ UCHUN HALIHAM YOSH BOLA KABIMAN. ESIMDA BOLALIK CHOGIMDA JUDA OGIR KUNLARNI BOSHIMIZDAN O'TKAZDIK. LEKIN SIZGA OGIRLIK QILMADIK, O'ZINGIZ OCH BO'LSANGIZDA BIZGA YEDIRDIZ. TUNLARI TO'N TIKIB BEDOR BO'LARDIZ. MEN ESA SIZNI OYGINGIZGA BOSH QO'YIB UHLAB QOLARDIM. OTAMNI VAFOTIDAN SO'NG,O'ZINGIZ HAM OTA VA ONALIK VAZIFASINI UDDALADINGIZ. MEN YARATGANGA BEHISOB HAMDLAR AYTAMANKI ,MENI SIZGA FARZAND QILIB YARATDI.CHUNKI SIZ BIZLARGA HAROM LUQMA EDIRMADINGIZ. ALLOHNI TANITDINGIZ. VOLIDAM DOIMO BAHTIMGA BOR BO'LING. SIZNI SOGINIB QOLUVCHI O'GLINGIZ.
Oqshom hayolimga yana siz keldingiz onajonim Soat tun 2 ga yaqinlashgan edi onajon Ko´zimga uyqu aslo kelmas edi Bunday vaqtlar siz mani beshigimni tebratar Men uchun uhlamas edingiz onajonim Yiglagan vaqtim, ogrigan vaqtim Shirin uyqiyingizdan kechib, sut berib, Allalar aytib, atrofimda parvona bo´lar edingiz Onajonim jonim onam, qurboniz bo´lay onajonim Siz hozir uyda singlim bilansiz, yoningizda dadajonim bor Meni uzoqdaligimdan soginib yiglaysiz Yiglamang onajonim mehribonim yiglamang Sizdan ohirgi olgan hatimni olib o´qiy boshladim Unda yozishingizcha o´sha kuni men yahshi ko´rgan ovqatni qilibsiz Lekin tomogizdan o´tmabdi, har dasturhon boshida Seni yo´qliging bilinib turadi deb yozibsiz. Bilaman onajonim bilaman sizning qalbingiz ipak kabidir Nozikkinadir, shiringina.Mani yo´qligimga chiday olmaysiz bilaman onajonim Lekin mani kuyovingiz va nevaralaringiz bilan bahtlik, Hursand yashayotganimni o´ylab biroz yengil tortganizni yozibsiz. Singlim esa mansiz to´yi bo´lmasligini aytib hozir turmushga chiqmasligini aytibdi, bundan dadajonim hafa bo´lsalarda, hafa ekanligini bildirmabdila, chunki qizimning bittagina opasi bor, ham aka, ham opa, ham uka o´rnida bo´lsa, chindan ham u kelmaguncha to´yqilmaymiz deb dadajonim ham to´yga rozilik bermaganini yozibsiz. Qani endi ilojim bo´lsa edi hoziroq bagringizga uchib borar edim ONAJONIM MEHRIBONIM SIZNI JUDA JUDA HAM SOGINDIM BENIHOYA SIGINDIM SIZNI ONAJONIM. Singlimni jonajon Vatanimni ham juda SOGINDIM. Hammmangizni sogindim yahshimi-yomonmi qarindosh-uruglarni ham sogindim, ular bilan biddillashib gap tortishgan vaqtlarimni ham sogindim. Hattoki qo´ni-qo´shnilar ham soginganman onajon.Onajonim bilib bilmay sizni dilingizni ranjitgan bo´lsam mani kechiring mehribonim. Qani endi yoningizd abo´lsam, sizni quchoqlab bagringizga boshimni qo´ysam. So´zimni tugatar ekanman mani ko´tarib voyaga yetkazgan qo´llaringizdan o´pib qoluvchi qizingiz Mohigul!
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
Assalomu alaykum oyijonim sizni juda juda ham sog`indim sizni ko`rgim keldi lekin buni iloji yo`q ovozingizni eshitib o`zimni yig`idan to`htatolmayman sizni juda ham sog`inyapman bizni bahtimizga doimo sog salomat yurishingizni Ollohimdan har nomozimda tilayman hech qachon ko`zingiz yoshga qalbingiz gam alamga to`lmasin sizni sog`inch ila o`pib qoluvchi qizingiz.
bu mavzuga kirganda ko'z yoshlarimni to'xtata olmayman ...
gaplariz toppa tori,,hatto qol yozishga bormidi...eson omon yurtimga,onammi oldilariga borsam,qaytim bir umham onamni oldilaridan bir qadam ham jilmiman...hudo holasa ...
.eson omon yurtimga,onammi oldilariga borsam,qaytim bir umham onamni oldilaridan bir qadam ham jilmiman...hudo holasa ...
Ilohim niyatizga yetin, OMIYN!
Ilohim hammamizga nasib etsin o'zga yurtlardan eson-omon Onajonlarimiz bag'riga qaytish, ulani to'yib to'yib achosh qilish Bahti! Shu kunlada Ayajonimi sog'inib ko'zimdan yosh oqmagan biror kunim yo'q, har kuni hech bo'maganda 3 marta eslab ko'zimga yosh keladi, judayam sog'indim Ayajonimi, ayniqsa shu kunlada juda juda judayam ulani achosh qigim keldi, boshimi tizzalariga qoyib yotgim keldim, mani urshibersalayam maylin edi, ilgari qatturo gapirsala hafa bolardim, xoz endi qattu gapirsalayam mayli edi, urishibersalayam maylin edi, faqat shu ozim xoxlaganimda achosh qilolmas, dardlarimi ulaga ochiq-oydin etolsam edi ... ehhhhhhhh ...
Salom onajon yaxshimisiz men sizga telifon qila olmayman agarda telifon qilsam ovozizni eshitsam ketgim kelib qoladi sizni juda sogindim kurgim kelayapti yonizda bulgim kelayapti xudo xoxlasa yonizda bulaman oz qoldi.Sizni yaxshi kuraman onajon.