> deb o'ylar edi. Lekin otasining buyrug'iga qarshi kela olmadi. Hobil darhol qo'ylarining oldiga borib ularning ichidan eng yaxshisini tanlab oldi va qurbonlik uchun so'ydi. O'ziga bunchalik ne'matlarni ato etgan Alloh taologa tashakkur sifatida amalga oshirgan bu ishidan qalbi quvonchga to'lgan Hobil hayajonlaib ketgandi. Qobil bo'lsa xo'mrayganicha borib yiqqan meva-sabzavotlaridan eng yomonlaini va chiriganlarini ajratib, aytilgan tepalikka keltirib tashladi. Uning qalbi va niyati buzuq bo'lgani uchun hadyasi ham shunga yarasha edi. Bu ish unga yoqmagandi.
Ertasiga Odam Ato o'g'illarini olib kimning qurbonligi qabul bo'lganligini bilish uchun tog' tepasiga yo'l oldi. Hobilning hadyasi u yerda yo'qligini ko'rib Alloh uni qabul qilganini tushundi. Qobil qo'yib ketgan chirik mevalar esa o'shandayligicha turgan edi. Uning hadyasi qabul bo'lmagandi.
Hobil xursandligidan Allohga hamdu sanolar aytar, Qobil esa, jaxli chiqib, ukasiga hasad bilan qarab turar edi. U otasiga qarab shunday dedi:
- Siz Qobilga duo qilganingiz uchun Alloh uning hadyasini qabul etti. Menga esa duo qilmadingiz. Siz meni sevmaysiz.
Odam Ato esa:
- Og'lim, Alloh taolo Hobilning hadyasini qabul qildi. Chunki u ochiq ko'ngillik bilan molinig eng yaxshisini Allohga atadi. Sen esa qora niyat bilan mollaring ichidan eng yomonini ataganing uchun Alloh sening hadyangni rad etdi, - dedi.
Hobil orqasiga qaytdi. Qobil esa hasad va nafrat to'la ko'zlari bilan ukasinig orqasidan qarab qoldi. Keyin asta-sekin uning izidan yura boshladi. Qobilning qovog'idan qor yog'ardi. U o'zini qo'yishga joy topolasdi. Chunki Alloh ukasini undan ustun qilgan edi. U sira ham o'zini aybdor deb bilmasdi. Aksincha, hammasi uchun ukasini ayblar edi.
Shu asnoda shayton kelib Qobilning qulog'iga pichirlab uni vasvasaga sola boshladi:
- Nega qarab turibsan? Ukangni o'ldir. Hobilni o'ldir!
Qobil aqldan ozgandek ukasiga yetib olish uchun tez-tez qadam tashlashga tushdi. Shayton ham undan bir qadam orqada qolmay u bilan yonma-yon borar, uni qotillikka undar edi. Qobil ukasiga yetib borib baqirdi:
- To'xta seni o'ldiraman!
Hobil xech narsaga tushunmay hayron bo'lib qoldi.
- Nega men o'ldirmoqchisan?- deb so'radi.
Qobil jaxli bilan tishlarini g'ichirlatib shunday dedi:
- Chunki otam seni mendan ko'poq sevadi. Alloh ham sening hadyangni qabul qildi.
Hobil unga javoban yumshoq ovoz bilan:
- Meni o'ldirganing bilan xech narsa o'zgarib qolmaydi-ku. Agar meni o'ldirsang unda otam seni umuman yaxshi ko'rmaydi. Alloh Taolo ham sendan g'azablanadi, bu ish uchun seni xech qachon kechirmaydi, - dedi.
Bu gaplar Qobiga zarracha ta'sir qilmadi. Hasad o'ti uning butun vujudini qoplab olgan edi. Jahl bilan kelib ukasining yoqasidan tutib:
- Seni o'ldirmasam ko'nglim joyiga tushmaydi. Seni o'ldiraman, o'ldiraman!- deya baqira boshladi.
- Agar meni o'ldirsang, hech qachon halovat topmaysan, Sen mani o'ldirish uchun qo'l ko'tarib turibsan. Lekin men sendan kuchliroq bo'lsam ham, qo'l ko'tarmayman. Olamlarning Robbi bo'lgan Alloh taolodan qo'rqaman.
Keyin Hobil asta-sekin yurib ukasidan uzoqlashdi. Qobil esa boshini yerga egib nafrat bilan: << Baribir uni o'ldiraman!>> deb tong'illar edi.
Qobil g'am-alamga botib uyiga qaytdi. lekin xech uxlay olmadi. Bo'lib o'tgan voqealar bir-bir ko'z oldidan o'tar edi. La'nati shayton yana qulog'iga kelib pichirlashga tushdi:
- Hobildan qutulish uchun uni o'ldirishing kerak. Hobilni o'ldir! Hobilni o'ldir!
Shayton tinmay vasvasaga solar edi. Ertalab o'rnidan shahd bilan turib ukasi qo'y o'tlayotgan dalaga yo'l oldi. U endi nima bo'lsa ham, Hobilni o'ldirishga ahd qilgan edi.
Hobil har doimgidek hushchaqchaq bir kayfiyatda qo'ylarini o'tlatardi. Qobil uni xursandligini ko'rib yana ham qattiqroq jahli chiqdi. Yana shayton kelib:
- Uni o'ldir, maqsadingga yetasan, - dedi.
Qobil atrofiga qaradi. Katta bir toshga ko'zi tushdi. Uni olib telbalarday ukasiga hamla qildi. Toshni ast ko'tarib uning boshiga tushirdi. Hobil yerga yiqildi. Shu tariqa yer yuzida birinchi marotaba jinoyat sodir bo'lib, ilk bor tuproqqa qon to'kilgan edi.
Qobil o'ziga kelib ukasining qonga belanib yotganini ko'rdi. Juda yomon ish qilgandi. O'z ukasini aybsiz o'ldirgan edi. Endi nima qiladi? O'z ukasini o'ldirib nimaga erishdi? Shaytonning gapiga kirib nima qilib qo'yfi?
Qobil endi pushaymon bo'la boshladi. Go'yoki shamol, daraxtlar, hayvonlar va atrofdagi butun mavjudot unga bir ovozda:
- Sen qotilsan! Sen qotilsan! - deb hayqirayotgandek edi.
Bu ovozlar qulog'i ostida tinmay sado berar, boshi gangib qolgandi:
- Qotil! Qotil! Qotil!...
Qobil qo'rquvdan titrar , oyoqlaridan kuchi ketib ukasining yoniga yiqildi. Ukasini siltab:
- Hobil! Hobil! Tur o'rningdan, - deb yolvorardi. Ammo Hobil jonsiz va sassiz yotgancha akasiga javob bermas, allaqachon o'lgan edi.
- Endi nima qilaman? Jonsiz jasadini qaerga qo'yaman? - deb yig'lardi Qobil.
Axir, uni bu ahvolda tashlab ketish mumkin emasku! Vahshiy hayvon va qushlarga yem bo'ladimi endi? Yo'q bunday bo'lishi mumkin emas.
Qobil o'rnidan turib ukasining jsadini yelkasig ortdi. Keyin yurib keta boshladi. Bir joyga borib charchab qoldi va jasadni yerga qo'yib o'tirib oldi. Ukasining tepasida ko'z yosh yo'kib, nima qilish haqida o'ylar edi. O'zini o'zi la'natlab, << Qani endi uni o'ldirmasam>> deb yig'lardi.
Bir oz o'tirib o'ziga kelgach yana ukasini yelkasiga olib telbalarday boshi oqqan tomonga keta boshladi. Nihoyat madori qolmay yana jasadni yerga qo'yib o'tirdi. U jasadni nima qilishni bilmay boshini changallar edi.
Shu payt bir qarg'aga ko'zi tushdi. Uning yonida yana bir o'lik qarg'a bor edi. Qobil ularni kuzata boshladi. Qarg'a tumshug'i va oyoqlari bilan yerni kavlab chuqur qazdi. Keyin o'lik qarg'ani sudrab chuqurga tushirdi va tuproq bilan ustini yopdi.
Qobil buni ko'rib o'ziga-o'zi:
-La'nat bo'lsin menga. Bir qarg'achalik ham bo'lolmadim,- dedi
Darhol o'rnidan turib bir chuqur qazdi va jasadni unga ko'mib, ustiga tuproq tortdi. Endi bir oz o'ziga kelganday bo'ldi. Shu paytda Odam Ato bolalarining kech qolganidan tashvishlanib, ularni qidirishga tushgan edi. Qobil uzoqdan otasini ko'rib qo'rqib ketdi. Bu qilmishini otasi aslo kechirmasligini o'ylab qocha boshladi. Odam Ato o'g'li o'zidan qochayotganini ko'rib shubhalandi. Atrofga qarab yerdagi qon izlariga ko'zi tushdi. Bu Hobilning qoni edi. Odam Ato Qobil ukasini o'ldirganini bildi. Yuragi orqaga tortib ketdi. Ko'zlaridan duv-duv yosh to'kildi. Alam bilan Qobilning orqasidan chopib baqira boshladi:
- Qobil! Ukangni nima qilding?
Uning ovozi shunday sado berdiki, go'yoki butun dunyo Qobilga hayqirayotgandek tuyulardi.
Qobil qo'rquv va dahshat ichida qochishda davom etib, tog' etagiga tushdi.
Otasi hamon orqasidan tinmay baqirar edi:
- Qobil! U dunyo bu dunyo halovat topmaysan! Sen o'zingga o'zing zulm qilding. Bu qo'rquv eshigini o'zing ochding. Endi bir umr qo'rquv bilan yasha. Ket, ko'zimga ko'rinma, daf bo'l!
Otasining qarg'ishiga qolgan Qobil uchun endi dunyo zindonga aylangan edi, u bir la'natga qolib, dunyodan xor- zorlikda o'tdi.