Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa, Andi_JoN  
Mo’jizaviy qorishiq: ona suti
ZaRniGoR
Sana: Shanba, 11-Июля-2009, 15:40 | Xatlari # 1
Ism:
[ZaRniGoR]
Maqomi:
[Super User]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[2390]
Xulqi: +
[63] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) kutarib yurdi. Uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!» («Luqmon» surasi, 14-oyat)

Onaning suti Alloh tomonidan yaratilgan tengsiz birikma bo‘lib, u bolaning oziqlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi va uni har qanday infektsiyalardan himoya qiladi. Ona sutidagi oziqlarning me'yori ideal darajada bo‘lib, bolaning nozik tanasi uchun eng ma'qul ozuqa hisoblanadi.

Shu bilan birga, ona suti miya hujayralarining o‘sishini va asab tizimining rivojlanishini tezlashtiradigan ozuqalarga ham juda boy99 Bugungi kun texnologiyasi bilan go‘daklar uchun tayyorlangan sun'iy ovqatlar ona sutidek mo‘jizaviy ovqatning o‘rnini bosa olmaydi.

Ona sutining bola uchun ahamiyatli tomonlari kun sayin keng va chuqur aniqlanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar nafas yo‘llari va hazm qilish tizimlariga oid infektsiyalarga qarshi alohida himoyalangan bo‘ladi. Bu ona sutidagi antijism (himoyachi modda)larning infektsiyalarga qarshi bevosita himoyani ta'minlashi tufaylidir. Ona sutining yana boshqa infektsiyaga qarshi xususiyatlaridan biri shuki, u zaharli bakteriyalar, viruslar va parazitlarga to‘siq bo‘luvchi «normal flora» deb ataladigan «yaxshi» bakteriyalar uchun mo‘‘tadil muhit yaratib beradi. Bundan tashqari, ona sutida infektsiyali kasal-liklarga qarshi immun tizimini chiniqtiradigan va uning yaxshiroq ishlashiga imkon beradigan omillar mavjudligi ham aniqlangan.100

Ona suti maxsus yaratilganligi bois, u chaqaloqlar uchun eng oson hazm bo‘ladigan ovqatdir. Oziqjihatdan juda boy bo‘lishiga qaramay, u chaqaloqning nozik hazm qilish tizimi tomonidan osonlikcha hazm qilinadi. Chaqaloq hazm qilish uchun uncha ko‘p energiya sarflamasligi sababli, u bu energiyani boshqa tana funktsiyalari faoliyatini tiklash, a'zolarning o‘sishi va rivojlanishi uchun ishlatadi.

Muddatidan oldin ko‘zi yorigan onalarning suti chaqaloqning ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori darajadagi yog‘, oqsil, qand, natriy, xlorid va temir moddalarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Ona suti bilan boqilgan erta tug‘ilgan chaqaloqlardak o‘z funktsiyasining yaxshiroq rivojlanishi va ular aqliy testlarni yaxshiroq bajarishi aniqlangan. Shuningdek, ular juda ko‘p boshqa ustunliklarga ham ega.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivojlanishi uchun ona sutining ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, u omega-3 yog‘ alfa linoleik kislotalarni o‘z ichiga oladi. Inson miyasi va ko‘zning to‘r pardasi uchun muhim birikma bo‘lishi bilan birga, ona suti yangi tug‘ilgan chaqaloqlar nuqtai nazaridan olib qaraganda juda katta ahamiyatga ham egadir. Omega-3 homiladorlik va chaqaloqlikning dastlabki bosqichlari davomida miya va asablarning normal rivojlanishi uchun ayniqsa ahamiyatlidir. Olimlar ona sutini omega-3 ning tabiiy va mukammal manbai deb, uning ahamiyatligiga alohida urg‘u berishadi.101

Bundan tashqari, Bristol universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ona sutining uzoq muddatli foydalari bilan bir qatorda uning qon bosimiga nisbatan ijobiy ta'sirga ega ekanligini va shu sababli yurak xuruji xavfining kamayishini kashf qildi. Tadqiqotchilar guruhi ona sutining himoyaviy tabiati uning ozuqaviy tarkibiga borib taqaladi, degan xulosaga keldilar. Circulation nomli tibbiy jurnalda chop etilgan bu tadqiqotning natijalariga ko‘ra, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar yurak xastaliklari bilan deyarli og‘rimaydi. Ona sutida uzun halqa polito‘yinmagan yog‘li kislotalarning mavjudligi (bular arteriyalar qattiqlashuvining oldini oladi) hamda ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar kamroq natriy iste'mol qilishi (bu qon bosimi bilan bog‘liq) natijasida chaqaloqning ortiqcha cemirib ketmasligi ona sutining yurakka aloqador kasalliklarning oldini olishdagi manfaatlaridandir.102

Bundan tashqari, AQShning Sinsinatti Bolalar shifoxonasi salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi Doktor Liza Martin boshchiligidagi guruh ona sutida adiponektin deb ataladigan oqsil gormonining yuqori darajalarini topishdi.103 Adiponektinning qondagi yuqori darajalari yurak xuruji xavfini kamaytirish bilan bog‘liqtsir. Adiponektinning past darajalari juda semiz hamda yurak xuruji xavfi yuqori bo‘lgan odamlarda kuzatiladi. Shu bois, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda o‘ta semirib ketish xavfi shu gormon tufayli kamayishi isbotlangan. Shuningdek, ular ona sutida yog‘ moddalar almashinuvida asosiy o‘rin tutuvchi leptin deb nomlangan boshqa bir gormonning mavjudligini aniqlashdi. Leptin tanada yog‘ borligi haqida miyaga signal beradi, deb taxmin qilinadi. Doktor Martinning aytishicha, chaqaloqlikda ona suti orqali so‘rilgan bu gormonlar shuning uchun ham juda semizlik, 2-tur diabeti, insulin qarshiligi va yurak arteriya tomirlari xastaligi kabi kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.104

«Eng yangi ovqat» haqida dalillar

Ona suti haqidagi dalillar shu bilan cheklanib qolmaydi. Chaqaloqning sog‘ligi uchun ona sutining ahamiyati chaqaloqning o‘sish jarayonidagi ma'lum bir bosqichlarda qanday oziq-ovqat talab qilinishiga ko‘ra o‘zgarib boradi. Ona sutining tarkibi shu bosqichlarda zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun yangilanadi. Har doim va eng ma'qul haroratda tayyor ona suti qand va yog‘ni o‘z ichiga olganligi bois, miya rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari undagi kaltsiy kabi elementlar chaqaloq suyaklarining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.

Sut deb atalsa-da, bu mo‘jizaviy birikmaning aksariyat qismi aslida suvdan tashkil topadi. Bu juda muhim xossa demakdir, chunki ovqatga qo‘shimcha ravishda, chaqaloqlar suv shaklidagi suyuqlikka ham ehtiyoj sezishadi. Suv yoki boshqa oziq-ovqatlarda ona sutidan ustunroq gigiena ta'minlangan emas. 90% dan kam bo‘lmagan suvdan iborat ona suti eng gigienik tarzda bolaning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Ona suti va aql

Ilmiy izlanishlar ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanishi boshqa chaqaloqlarnikiga nis-batan yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Kentukki universiteti eksperti Jeyms U. Andersonning ko‘krak suti bilan oziklanuvchi va sun'iy oziq-lanuvchi chaqaloqlar o‘rtasidagi qiyosiy tahlili ko‘krak suti bilan oziqla-nadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanish darajasi boshqa chaqaloqlarga nisbatan 5 ball yuqoriroq ekanini isbotlaydi. Uning tadqiqoti natijasida shu narsa aniqlandiki, ona suti orqali 6 oygacha aqlga ijobiy ta'sir ko‘rsatiladi va 8 haftadan kam emizilgan bolalarda aqliy rivojlanish darajasi ijobiy tarafga o‘zgarmaydi.105

Onaning suti saraton kasalligiga qarshi kurashadimi?

Amalga oshirilgan barcha tadqiqotlarda ona suti chaqaloqlarni saraton kasalligidan himoya kilishi isbotlangan (bu haqida yuzlab maqolalar chop etilgan). Shunday bo‘lsa-da, uning mexanizmiga hali to‘liq tushunib yetilgani yo‘q Ona sutidagi oqsil labo-ratoriyalarda o‘stirilgan o‘simta hujayralarini, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasdan, o‘ldirgandan so‘ng, tadqiqotchilar juda katta potentsial imkoniyat paydo bo‘lganligini ma'lum qilishdi. Ona sutidagi bu mo‘jizaviy sir-asrorlarni oshkor qilgan tadqiqotchi guruhga Shvetsiyaning Land universitetidagi klinik immuniologiya professori Katarina Svanborg boshchilik qildi.106 Land universitetidagi bu guruh ona suti saraton kasalligining ko‘p shakllaridan himoya qila olishini mo‘jizaviy kashfiyot sifatida isbotlab berdi.

Dastavval, tadqiqotchilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan olingan ichak shilliq hujayralarini ona suti bilan davolashdi. Ular pnevmokokk bakteriyasi keltirib chiqaradigan kasallik, ya'ni zotiljam ona suti bilan samarali to‘xtatilganligini kuzatishdi. Bundan tashqari, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarda sun'iy oziqlanadigan chaqaloqlarga qaraganda ancha kamroq eshitish qobiliyatining sustligi uchraydi va ular nafas olish yo‘llari infektsiyalaridan kamroq azob chekadilar. Qator izlanishlardan so‘ng ona suti saraton kasalligiga qarshi himoyani ham ta'minlashi isbotlandi. Bolalikda kuzatiladigan limfa saratoni kasalligi sun'iy oziqlanadigan bolalarda 9 martagacha ko‘proq uchrashi isbotlangandan so‘ng tadqiqotchilar shu natija saraton kasalligining boshqa shakllari uchun ham bir xil bo‘lganligini sezib qolishdi. Natijalarga ko‘ra, onaning suti saraton hujayralariga qulaygina joylashib olib, keyinchalik ularni bartaraf qiladi. Saraton hujayralariga joylashib, ularni o‘ldiradigan modda alfalak (alfalaktalbumin) bo‘lib, u ona sutida ko‘p miqdorda uchraydi. Alfalak sutdagi qand laktozaning ishlab chiqilishida yordam beruvchi oqsillar tomonidan hosil qilinadi.107

Bu betakror ne'mat Allohning tuhfasidir

Ona sutining boshqa bir mo‘jizaviy fazilati u bilan ikki yil oziqlanadigan chaqaloq uchun uning nihoyatda foydaliligidir.108 Fan orqali yaqinda kashf qilingan bu muhim ma'lumot 14 asr ilgari Alloh tomonidan oyatda «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu muddat) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar uchundir ...» («Baqara» surasi, 23-oyat) deb vahiy qilingan edi.

Onaning tanasidan ovqatlanishga muhtoj norasida go‘dak uchun eng ma'qul ozuqa manbai bo‘lmish sutni ishlab chiqarish onaning ixtiyorida emas va u sut tarkibidagi turli ozuqaviy darajalarni belgilab berishga qodir ham emas. Har bir jonzotning ehtiyojini bilguvchi va ularga behad mehribonlik ko‘rsatguvchi hamda onaning tanasida bola uchun ona sutini yaratib qo‘ygan Zot hamma narsaga Qodir Allohning O'zidir.


sch
Sana: Shanba, 11-Июля-2009, 15:42 | Xatlari # 2
Ism:
[Sch]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Chaqqon Forumchi]
Postlari:
[1226]
Xulqi: +
[200] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Alloh rozi bulsin zizdan zarnigor



Mini_MasteR
Sana: Shanba, 11-Июля-2009, 15:44 | Xatlari # 3
Ism:
[М.Мастер]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[10641]
Xulqi: +
[1344] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

katta raxmat

MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:53 | Xatlari # 4
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Burundan tomizilgan sut ham razo’ hukmini sobit qiladi, chunki sut burun orqali oshqozonga borib, oziq bo‘ladi.

Erga tegmagan qizning suti, quloq yoki ko‘zga tomizilgan sut va o‘lgan ayolning suti ham razo’ni sobit qiladi.

Ikki yarim yoshdan o‘tgan bolalarda va undan yuqori necha yoshda bo‘lmasin, har qanday ayolning sutini qay holda ichsa ham razo’ sobit bo‘lmaydi. Bilmoq lozimki, ayolga boshqa bolani emizish zarurati tug‘ilsa, albatta, erining roziligini olishi shart. Vallohu a’lamu bissavob.

MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:54 | Xatlari # 5
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

azo’ning hukmi shunday: begona ayolning sutini emgan chaqaloqqa o‘sha ayol – ona, u ayolning eri – ota hukmida bo‘ladi. Chunki ayolning suti eridandir. Sut emgan bola shu er-xotinning asl farzandlaridek hisoblanib, qavmi qarindoshlari ham bu bolaga mahram bo‘ladi. Sut emgan bola o‘g‘il yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, ularga nikohlanishi mutlaqo mumkin emas.

Agar sut emgan bola katta bo‘lib uylansa, eru xotin, farzandu nabiralarining ham sut emizgan ayol va uning eriga nikohlari harom bo‘ladi. Zero, sut emgan bola o‘g‘il bo‘lsa, uning xotini bularga kelin, agar sut emgan bola qiz bo‘lsa, uning eri kuyov, farzandlari nabira hisoblanadi. Ammo sut emgan bolaning boshqa qarindoshlari begona hukmidadir.

Mazkur masalalar quyidagi forscha bayt va o‘zbekcha she’rda go‘zal shaklda ifodalangan.

Bayt:

Az jonibi shirdeh hama xesh shavand
V-az jonibi shirxora zavjonu furo‘’.
Sut emizgan jonibidin xesh bo‘lgaylar bari,
Ya’ni sut bergan eri birla aning farzandlari,
Ikkisi volidayni ham alar singillari,
Ham ikovini ako ham uko dilbandlari,
Ushbular emguchiga bo‘lgusidir mahramlari,
Sut emgon jonibidin er-xotin farzandlari,
Ul bayon bo‘lganlari bo‘lgay bular mahramlari.

MulloSunatullo
Sana: Chorshanba, 09-Декабря-2009, 21:55 | Xatlari # 6
Ism:
[MulloSunatillo]
Maqomi:
[USER]
Guruxi:
[Ashaddiy Forumchi]
Postlari:
[1504]
Xulqi: +
[145] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Узбекистан]
Jins:
[Erkak]
Mukofotlar:

Onaning farzandga sut emizishi ham muhim sunnatlardan biridir. Qur’oni karimning “Baqara” surasi 233-oyatida: “Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchundir”, deyilgan. Hadisi sharifda: “Bola uchun onasining sutidan yaxshiroq oziq yo‘q”, deb marhamat qilingan.

Agar ona ba’zi bir sabablar bilan emizishga qodir bo‘lmasa, otasi soliha bir ayol topib, chaqaloqni ma’lum muddatgacha emizdirmog‘i lozim. Aksincha, badxulq va nodon ayolga emizdirmasinki, u ayolning yomon fe’lu xo‘ylari sut orqali bolaga o‘tib, farzandning ham yomon fe’lu atvorli bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Rivoyat qilishlaricha, podshoh bir asirni o‘limga hukm qilibdi. Shunda asir: “Ey shahanshoh! Meni o‘ldirishdan ne naf? Undan ko‘ra, mening hunarlarim ko‘p, ulardan foydalansangiz yaxshi bo‘lardi. Saroyingizdagi otlarni mening oldimdan o‘tkazsangiz, men har qaysisining fazilat va kamchiliklarini aytib beraman”, debdi.

  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2025