Xush Kelibsiz Mehmon |RSS
| Kirish
 

[ · Forum Yangiliklari  ·  Forumchilar ·  Qoida  · Izlash  ·  RSS ]


  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Rapper_Asalya, MoniKa, Andi_JoN  
Ayol aslida kim?
MoNiKa
Sana: Yakshanba, 10-Октября-2010, 17:43 | Xatlari # 1
๑۩Miss Forum۩๑
Ism:
[UyGuRKa]
Maqomi:
[Miss Forum]
Guruxi:
[ENG ENG ENG]
Postlari:
[34081]
Xulqi: +
[2672] ±
Xulqi: -
[0%] ±
User xozir:
[Forumda emas]
Yurt:
[Нидерланды]
Jins:
[Ayol]
Mukofotlar:

Zamona zayli bilan ayollarning jamiyatdagi o'rni davlat miqyosida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Deputatlarning ma'lum foizini ayollar tashkil qilishi, ayol tadbirkorlarga imkoniyatlarning kengaytirilishi, ayollar va erkaklar huquqlari tengligini ta'minlash masalalari hatto Mingyillikni rivojlantirish maqsadlarida sakkiz maqsadning biri deb belgilangan. Ayolning bunday yuqori martabalarni egallashi aksariyat hollarda ularning vazifalarini erkaklar vazifasiga almashtirganday tuyuladi. Ammo ko'p o'zbek oilalarida ayol jamiyatda o'z o'rnini topishga intildimi oiladagi vazifasini ham mukammal ado etishi tabiiy ravishda talab etiladi. Demakki, ayollarimizga jamiyatda faol bo'lish yengillikdan ham ko'ra vazifa va ma'suliyatlarini ikki barobar oshirishdek bo'lib qoladi.

Ayol kishining joni qirqta, deyishadi. Chindanam shundaymikin? Yoki bechora ayol qulogí tinchligin oylab, oilasi butunligi haqida qaygúrib, farzandlari uchun kunda bir jonini qurbon qilarmikin?

Kitoblarda, she'ru gazallarda ayolnu ulug'lashadi, "nozik xilqat (mavjudot)", "ko'ngli guldan nozik" va hokazo deya ta'riflar bilan. Aslida ham shunday "nozik xilqat" so'ngsiz vazifalar dastidan oxir-oqibat robotga aylanadi. Poytahtimiz Toshkentda ham ko'p oilalarda kelinlar ustidan hokimlardek muomala qilinishi, ayol kishi FAQAT uy ishlari bilan mashgúl bo'lishi yozilmagan qonundek qabul qilingan. Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham ko'plab ayollarni o'ziga o't qoygani, suvga tashlagani, o'z-o'zini osishi, farzandlarini ham oylamay joniga qasd qilganini eshitamiz. Nimaga? Insonni o'zi uchun shunday vahshiy hukm qabul qilishga nima sabab? Ayolga to'laqonli, teng huquqli inson deb qarash shunchalik qiyinmi? Ayrim qaynona, qaynota, erlarni kelinlari, ayollari ustidan kulishlari, haqoratlashlari, kamsitish va xo'rlashlarini ko'p eshitamiz. Aksar shunday qiyin sharoitlarda yashayotgan ayollar ajrashishni oylamaydilar - bitta bilan o'taman, qaytgan qiz degan nomni olmay, o'rtada farzandlarim bor, uzatay deb qoldim, uylantiradiganman va shu kabi cheksiz istiholayu andishalar oila rishtasini ushlab turadi. Aslida bunday rishtani oila rishtasi deb atab bo'larmikin? Bunday oilada qanday farzandlar voyaga yetadi? Baxtli, qiziquvchan, aqllimi yoki gamnok, qaygúli, alamzadami? Bunday oilada doimiy haqoratu cheklashlar ostida yashayotgan ayol farzandlariga nima bera oladi? Ular qanday tarbiya oladi? Bunday bolalar keyinchalik hayotda ham qo'rqoq, ojiz va o'ziga ishonchsiz bo'lib voyaga yetmaydilarmi?

Men ajralishlar soni oshishi tarafdori emasman, lekin bunday ezilib yashayotgan ayollarga kim ko'mak beradi? Kimning dodi uzoqqa yetadi - puldor va zolim qaynonayu erlarnimi yoki ojiza ayolnimi? Insof degan tushunchani puldan ustun qoyadigan ma'sul xodimlar, gamxo'r va jonkuyar qo'shnilar, mahalla faollari bormi? Qachongacha eshitib eshitmaganga, ko'rib ko'rmaganga olamiz bunday noxush hodisalarni? Yoki ayol barcha adolatsizliklarni yutib ketaveradigan quduqmi? Bunday asabbuzarliklar natijasida aziyat chekadigan sog'ligíchi? "Temir xotin" kinofilmini ko'rmagan odam bo'lmasa kerak. Xulosa bir: Ayol robot emas, balki INSON. Shoira Tursunoy Sodiqova bejizga ayolni "HAZRATI AYOL" deb atamagan. Unga xizmatkordek emas, insondek muomala qilinishi shart. Uning huquqlari, qiziqishlari va intilishlari hurmat qilinishi, ayol ham barobar imkoniyatlarga ega bo'lishi shart.
Buning uchun eng avvalo qulay sharoit yaratilishi lozim.Yuqoridagi fikrlar hamma o'zbek oilalari uchun tegishli emas, albatta. Ammo guruch kurmaksiz bo'lmaydi. Jamiyatimizning rivoji va uni toza saqlash uchun "kurmaklar" ni oramizdan terib tashlash vaqti kelgan.

O'zbek xonadonida erkak kishi oila boshligí sanaladi va tabiiyki, barcha o'gíl farzandlar ham oila davomchisi deya alohida e'tiborga sazovor bo'ladilar. Ayrim xonadonlar qizlari chiroyli, uy ishlarida uquvli, chaqqon bo'lishiga e'tibor beradilaru, ammo "qiz bolaga o'qish nima kerak" degan fikrga asoslanib, maktab yoki kolledj bilan cheklanadilar. Ammo maktab va kolledjlarimizdagi o'qish qanchalik sifatli? Ta'lim berish darajasi talabga javob beradimi? Qolaversa, qizlari o'qishda fan bilan mashgúlmi yoki oyin-kulgi bilanmi? Bunday muhim masalalar ikkinchi o'ringa suriladi. Axir qizlar - bo'lajak onalar, hayot davomchilari-ku! farzand tarbiyasi deyarli 100 foiz onaga bog'liq. Usti yaltiroq, ichi qaltiroq qizlardan qanday ona, oila bekasi, kasb egasi chiqadi?

Butun dunyoda hozir genderlar tengligi haqida bong urishayotgani bejiz emas. Ayol kishining ham erkaklar bilan barobar imkoniyatlarga va aksar hollarda ortiq darajada qobiliyatlarga ega bo'lishi uchun eng avvalo lozim sharoit yaratilmogí kerak.

Ayollar naslni davom ettiradilar. Bu bizga tabiatan tuhfa etilgan bebaho ma'suliyat va inóm! Tabbiyki, qizlar boy yetishi bilan ostonasidan sovchilar arimay qoladi. Agar "joyi chiqsa", institutga endi kirgan qizini ham uzatib yuboraveradilar. O'zga xonadonga kelin bo'lib borgan qiz oldida ikki tog' - bir tarafdan mutlaqo yangi hayot, ikkinchi tarafdan o'qish. Albatta, o'zbek qizlarining ko'pi oilani ustun qoyadi va o'qish ikkinchi o'rinda. Aksariyat hollarda quyidagi suratni kuzatamiz. Badavlat kuyov bola kelinni institutga yubormaydi va qizning familiyasi pulning kuchi bilan kursdan-kursga o'taveradi. Ha-hu deguncha chaqaloq yigísi uyni to'ldiradi, o'qish tamoman oxirgi unutiladi. Juda ko'p uchraydigan bu holatda qiz deyarli yutqazmaydi: 2 yoki 3 yil ichida oilali, farzandli va diplomli! Barakalla! Kichkina salbiy tarafi shundaki, 4 yillik institut programmasi qiz uchun xuddi bo'lmaganday, qiziquvchan talaba qiz esa pulni Xudodek biluvchi bilimsiz "mutaxassis" ga aylanadi qoladi.

Bunday oqibatga olib kelmasligi uchun qizlarning o'qishi alohida ahamiyat berish kerak. Turmush qurishga esa shoshilmasdan, balki oqishni bitirgach kirishilsa ayni muddao bo'lar edi. O'qimishli, ongli, aqlli va albatta tarbiyali qizlardan esa zombi robotlar emas, balki oqila ayol, vafoli yor va munosib onalar yetishib chiqaridi.

Www.hidoyat.com saytidan olindi.



Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

UzCinema  O'zbekona Forum © 2007-2024