| Sana: Yakshanba, 20-Января-2008, 20:41 | Xatlari # 1 |
Ism:
| [Amatulloh]
| Maqomi:
| [Smotritel Forum]
| Guruxi:
| [Chaqqon Forumchi]
| Postlari:
| [1485]
| Xulqi: +
| [123] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Швеция]
| Jins:
| [Ayol]
| |
| Bu voqea Andalusda bo'lib o'tgan. To'qson yil atrofida hukm surgan umaviylar davlati qulab, o'rniga abbosiylar davlati o'rnatilgan davrda, Andalusda umaviylardan tirik qolgan amirlar katta islomiy davlat barpo qilishadi. Sakkiz yuz yil atrofida Andalusda Islom gullab yashnaydi. Tarqoqlik, ichki nizolar va boshqa sabablarga ko'ra 800 yil gurkiragan etuk davlat parchalanadi. Oxirgi qulagan shahar G'ornata shahridir. Andalus hozirda Ispaniya va Partugaliya davlatlarini o'z ichiga olgan. Andalusda xristianlashtirish ishlari avj oladi. Musulmonlar ayovsiz qirib tashlanadi. Hikoya qilmoqchi bo'lganimiz o'sha mudhish davrda sodir bo'lib o'tgan. Voqeani yosh o'spirin yigit hikoya qiladi: "Onamning ko'zi yorib o'g'il tug'di. Suyunib ketdim. Ochig'ini aytsam sevinchim ichimga sig'masdi. Lekin onam ham, otam ham xursand emas. Go'yo uyimizda bola tug'ilmay, balki o'lganga o'xshash ota-onam motamsaro. Men hech nimaga tushinmadim. Bola tug'ulgan kuni otam chaqaloqni kichik bir uychaga olib kirib ketdi. Shu yoshga kirib o'sha uyga kirganim yo'q. Ota-onam kirishadi xolos, menga ruxsat berilmaydi. Bugun esa negadir chaqaloqni o'sha uyga olib kirishdi. Kunlar o'tib yakshanba keldi. Uyimizga cherkovdan pop kelib bolani cho'qintirdi. Ota-onam esa boyagidek ma'yus va mahzun. Bir kuni otam menga arzimagan bir gapni aytib "bu– sir, hech kimga aytma, onang ham bilmasin", deb qoldi. Ertasi kuni onam meni yoniga chaqirib "o'g'lim, otang nima dedi?" deb qoldi. Men "bu – sir, hech kimga aytmayman", dedim. Onam mendan gap olishga rosa urindi. Men otam sirini aytmadim. Shunda onam: "mening ham senga aytadigan gapim bor, hech kimga ayta ko'rma, hatto otang so'rasa ham aytma", deb oddiy bir gapni aytdi. Onam sir, deb pichirlab aytgan gapi sirlikka arzimaydigan oddiy gap edi. Noiloj uni ham sir saqladim. Bu gal otam kelib onam menga aytgan gapni bilishni istadi. Aytmadim. Ko'p urindi, lekin mendan bir dona kalima ololmadi. Shunda onamni chaqirib: "Onasi, o'g'ling sir saqlaydigan katta yigit bo'lib qolibdi. Endi unga qo'rqmay, bor gapni aytsak ham bo'laveradi, - deb menga yuzlandi. – O'g'lim, onang bilan mening sir aytib, u sirni bilishga urinishimiz seni sinash, imtihon qilish edi. Shukurkim, sir saqlaydigan mard yigit bo'libsan. Biz senga hozir boshqa bir katta sirni aytmoqchimiz. Men bilan yur",- deb meni boyagi kichik uy tomon boshladi. Nahot men ham shu uyga kiraman-a, deb o'yladim. Uyga kirdik. Uy qopqorong'i edi. Otam chiroq yoqdi. Menga uzoq tikilib turdi. Nimalardir demoqchi bo'ldi, negadir gapirmadi. Tokchaga borib lattaga o'ralgan bir narsa oldi. So'ng so'z boshladi. "O'g'lim, biz xristian emasmiz. Biz musulmonmiz. Muhammad alayhis salomning ummatimiz. Mana bu – muqaddas kitob Qur'oni Kariym",-dedi. Va menga tahorat, namozlikni o'rgatdi. Keyinchalik bilsam, ota-onam bu uyga kirib namoz o'qir ekan, Qur'on tilovat qilar ekan. Ukam tug'ilganda bu xonaga kirishining sababi, ukamga o'sha kuni o'ng qulog'iga azon chap qulog'iga iqomat aytishgan ekan. Otam so'zida davom etib:"O'g'lim, amakingga qattiq itoat qil", deb tayinladi. Ertasi men maktabga keldim. Dars payti amakim kelib, meni chaqirdi. – Jiyan, yur ketdik, - dedi shoshilib. – Qayoqqa? – Qayoqqaligini so'rama, tezroq bo'l! – Kitoblarimni olay axir. – Yo'q, kitob-pitob olmay, tezroq men bilan yur,-dedi. Men amakim bilan shoshib dengiz sohiliga keldik. Kemaga mindik. Men shunda hayratlanib: –Amaki, qayoqqa ketayapmiz? Ayam-dadamdan izn so'ramaysizmi? – dedim. – Dadang "amakingga itoat qil"deb aytganmi? – Aytgan. – Bo'lmasa, har-xil savol bermay jim ket. – Xo'p bo'ladi. Kema bizlarni men bilmaydigan joyga tashladi. Kemadan tushganimizdan keyin amakim xo'rsinib gap boshladi: –Ukaginam, og'ir bo'l. Ota-onangni musulmonligini bilib qolishdi, sabr qil. Otang menga "o'g'limni olib tezroq qochinglar. Bizni endi tinch qo'yishmaydi", degani uchun seni shu erga – musulmonlar yurtiga olib keldim. Andalus qulagandan keyin musulmonligi aniqlangan erkagu ayol vahshiylarcha o'ldirilar edi. Tahqiq yo'llari esa ko'p. Uyida hammom bo'lishi, juma kuni cho'milishi, xatna qilinishi kabilar bilan kishining mo'min yo mo'min emasligi aniqlanar edi. Qissa qahramoni ota-onasi qanday o'ldirilganidan bexabar. Qaerga ko'milganini ham bilmaydi. Aslida ular ko'milganmi yoki yirtqich hayvonlarga em qilinganmi, unisi ham qorong'u. Chaqaloq taqdiri noma'lum. Yigit esa katta musulmon olim bo'lib etishadi. Muslimaat.uz saytidan olindi!
|
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Umar Hayyom... | |
|
|
| Sana: Juma, 22-Февраля-2008, 01:23 | Xatlari # 2 |
Ism:
| [G'irt Bekorchi]
| Maqomi:
| [USER]
| Guruxi:
| [Faol Forumchi]
| Postlari:
| [483]
| Xulqi: +
| [31] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Узбекистан]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Amatullah, rahmat | |
|
|
| Sana: Juma, 29-Февраля-2008, 15:39 | Xatlari # 3 |
Ism:
| [Sohibjon]
| Maqomi:
| [Ishonchga Kirgan]
| Guruxi:
| [Ashaddiy Forumchi]
| Postlari:
| [1913]
| Xulqi: +
| [44] ±
| Xulqi: -
| [0%] ±
| User xozir:
| [Forumda emas]
| Yurt:
| [Соединенные Штаты]
| Jins:
| [Erkak]
| |
| Allon rozi bolsin! | |
|
|